• 15.15-rasm. Oddiy to’lqinsimon asbesttsement varaq (shifer) larni tayyorlash va
  • Asbesttsement tom qoplamalari. Po’latli profil to’shamalardan qoplamalar




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet21/28
    Sana26.01.2024
    Hajmi0,74 Mb.
    #146279
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28
    Bog'liq
    14 – Ma’ruza Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi

    2. Asbesttsement tom qoplamalari. Po’latli profil to’shamalardan qoplamalar. 
    Tom qoplamasi elementlarini po’lat listlar bilan qoplash. Sifat nazorati. 
    To’lqinsimon varaqli tom qoplamalari turar-joy, jamoat, ishlab chiqarish va qishloq 
    xo’jaligi binolarining tomlarida qo’llaniladi. 
    Asbesttsement tom qoplamasi materiali asbest, tsement va suv aralashmasidan tarkib 
    topadi. Bunda 100 qism tsementga 10 dan 25 qismgacha asbest tolasi qo’shiladi. Asbesttsement 
    varaqlarning egilishdagi mustahkamligi 10...25MPa ni tashkil etadi. Asbesttsement varaqlarning 
    afzalliklari: yengil, uzoqqa chidamli, olovbardoshli, suv o’tkazmaydi, ishqorlar ta’siriga 
    bardoshli. Asbesttsement varaqlar qo’llanilganda tom nishabligi 40...60% ni tashkil etadi. 
    Qurilishda qo’llanilgan va qo’llanilayotgan asbesttsement varaqlar uch turga bo’linadi: 
    birinchi turga uzunligi 1200mm, kengligi 678mm, o’rtacha massasi 9,8kg bo’lgan oddiy profilli 
    to’lqinsimon varaqlar kiradi; ikkinchi turga VU-1 va VU-2 markali uzunligi mos ravishda 2800 
    va 2300mm, qalinligi 8mm, eng katta massasi 43kg bo’lgan kuchaytirilgan profilli varaqlar 
    kiradi; uchinchi turga sanoat va fuqaro binolarining tomlarida qo’llaniladigan UV markali 
    uzunligi 1750, 2000, 2500mm, kengligi 1125mm, qalinligi 6 va 7,5mm, massasi 24...34kg 
    bo’lgan unifikatsiyalangan to’lqinsimon varaqlar kiradi. 
    To’lqinsimon varaqlar tom qiyaligida bir-birini ko’ndalang yo’nalishda bitta to’lqinga, 
    bo’ylama yo’nalishda kamida 140mm bosib tushadigan qilib mahkamlanadi. To’lqinsimon 
    varaqlar choklarini ikki xil usulda bostirish mumkin. Birinchi usulda ikkinchi qatordagi birinchi 
    chetki varaq bitta to’lqinga surib mahkamlanadi. Ikkinchi usulda varaqlarning chokka to’g’ri 
    keladigan burchaklari qirqib chiqiladi (15.15-rasm). 


    15.15-rasm. Oddiy to’lqinsimon asbesttsement varaq (shifer) larni tayyorlash va 

    Download 0,74 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   28




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Asbesttsement tom qoplamalari. Po’latli profil to’shamalardan qoplamalar

    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish