|
-rasm. Falьtsli birikmalarni shakllantirishBog'liq 14 – Ma’ruza Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi 15.19-rasm. Falьtsli birikmalarni shakllantirish
a-yakka yotiq falьts chetini bukish; b-varaqlarni yakka yotiq falьts bilan
biriktirish; v-qo’sh yotiq falьts chetini bukish; g-varaqlarni qo’sh yotiq falьts bilan
biriktirish; d- yakka tik falьts chetini bukish; ye- varaqlarni yakka tik falьts bilan
biriktirish; j-qo’sh tik falьts uchun varaqlar chetini bukish; z- qo’sh tik falьts uchun oraliq
bukish; i-varaqlarni qo’sh tik falьts bilan uzil-kesil biriktirilishi.
Po’lat varaqlar bir-biriga falьtsli qilib biriktiriladi. Falьtslar tashqi ko’rinishiga ko’ra
yotiq va tik, zichlanish darajasiga ko’ra yakka va qo’sh falьts ko’rinishida bo’ladi (15.19-rasm).
15.20-rasm. Po’lat varaqli tom qoplamasi elementlari
a-po’lat varaqlarni to’shash; b-tom qoplamasining devorga birikishi; v-tom
cho’qqisidagi tik falьts; g-fronton qatoridagi varaqlarning mahkamlanishi;
1-qatordagi po’lat varaq; 2-yakka yotiq falьts; 3-yakka tik falьts; 4-tom
cho’qqisidagi tik falьts; 5-taxta; 6-yog’och brus; 7- fartuk;8-devor ichiga kiritilgan yog’och
brus; 9-mix; 10-tsement-qumli qorishma; 11-qisqich; 12-mix.
Po’lat varaqlarning qisqa tomonlari bir-biriga yotiq falьtslar,uzun tomonlari esa tik
falьtslar ko’rinishida biriktiriladi. Tik falьtslar tom qiyaligi yo’nalishida, yotiq falьtslar esa tom
qiyaligiga ko’ndalang, ya’ni tom cho’qqisiga parallel joylashadi (15.20-rasm).
Tom qoplamasining zamonaviy konstruktsiyalari
CHerepitsali tom qoplamalarida tom nishabligi 60...80% ni tashkil etadi. CHerepitsalar
olovga bardoshli, uzoq muddat xizmat qiluvchi, tejamli hisoblanadi. Asosiy kamchiligi
cherepitsali tomlarning katta massaga ega bo’lishi va mehnat sarfining ko’pligi hisoblanadi.
CHerepitsalar yog’och bruslardan hosil qilingan panjaralarga pastdan yuqoriga qatorma-
qator qilib chokni qochirib mahkamlanadi. CHokni qochirish uchun qator oralatib yarimtalik
cherepitsa qo’yiladi.
O’yiqli (pazovaya) cherepitsa bir qatlam qilib o’ngdan chapga qarab qatorda 20mm,
qatorlar orasida 65mm chok bostirib mahkamlanadi.
|
| |