Tom asosi qor, qirov yoki muz bilan qoplangan hollarda gruntovka qilish va o’rama
materiallarni yopishtirishga ruhsat etilmaydi. Bunday hollarda tom yuzasiga texnik osh tuzi
sepiladi va 6...7 soat o’tgach yog’och qirindisi to’shaladi va 2...3 soatdan so’ng supurib
tashlanadi. SHundan so’ng nam asosni ko’chma kaloriferlar yordamida quritiladi.
Qish paytida havo harorati -20oS dan past bo’lmagan hollarda faqat ostki to’shama
qatlam hosil qilinadi. Bunda o’rama materialni sovuq mastika bilan yopishtirish tavsiya etiladi.
Tom qoplamasining qolgan qatlamlari issiq kunlar kelgandan so’ng hosil qilinadi. Qish
sharoitida o’rama tom qoplamasini hosil qilishda eriydigan qatlamli ruberoiddan ham
foydalanish mumkin.
Qish sharoitida himoya qatlamini hosil qilishga yo’l qo’yilmaydi. Issiqlik izolyatsiyasi
qatlamini yig’ma issiq saqlagich plitalardan qilinishi tavsiya etiladi. Plitalar oralig’idagi choklar
asbest tola aralashtirilgan sovuq bitumli mastika bilan to’ldiriladi. Bunday mastika mustahkam
va monolit asos hosil qilish imkonini beradi.
Qish sharoitida tekislovchi katlamni yig’ma plitalarni qaynoq bitumli mastika bilan
yopishtirib hosil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Asfalьtbetonni to’shash paytidagi
harorati 170
o
S dan kam bo’lmasligi kerak.
Qish sharoitida tsement-qumli tekislovchi qatlam hosil qilinadigan bo’lsa, qorishma
tarkibiga muzlashga qarshi qo’shimcha (potash) qo’shiladi va daryo qumi o’rniga keramzit qumi
ishlatiladi. Qorishmani to’shash paytidagi harorati 40...60o ni tashkil etadi.
O’rama materiallarni yopishtirishda asosan sovuq bitum-polimerli mastikalardan
foydalaniladi. Eriydigan qatlamli o’rama materiallarning qoplama qatlamini eritishda suyuq yoki
gaz yoqilg’isida ishlaydigan yondirgichli qurilmalar qo’llaniladi.
Barcha o’rama materiallar yopishtirishdan oldin yozilgan holatda issiq xonada 20....25
o
S
haroratda 1...2 kun saqlanadi. Sovuq bitum-polimerli mastikalarni surtishdan avval 70...80
o
S
gacha qizdirib olinadi.
Mastikali tom qoplamalari uchun qish sharoitida qo’llaniladigan mastika tarkibiga
antifrizli va plastiklovchi qo’shimcha qo’shiladi. Antifrizli (spirtli) qo’shimcha sifatida etil yoki
metil spirti ishlatilib, bu qo’shimchalar sovuq mastikalarning muzlash haroratini -5oS dan -30oS
gacha pasaytirish va mastikaning qurishini jadallashtirish imkonini beradi. Plastiklovchi
qo’shimcha (etillanmagan benzin, ishlab chiqqan aftol, transformator moyi) manfiy haroratda
mastikadagi bitum zarralarining oquvchanligini, surtilgan mastikaning yaxshi qurishini
ta’minlaydi va tom qoplamasining sovuq bardoshligini oshiradi.
Qish sharoitida qo’llaniladigan asfalьtli mastika tarkibiga quyidagilar kiradi:
Suvda eritilgan ohak-bitumli pasta _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ 85%
Asbestli yoki shisha tola _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ 5%
Tez qotuvchi tsement _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _10%
Qo’shimcha:
Antifriz (spirtli qo’shimcha) _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _3...7%
Plastiklovchi qo’shimcha (benzin)_ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ _ 1,5...3%
Odatda qish sharoitida o’rama materiallarni yopishtirishda sovuq mastikalar
qo’llanilmaydi. Istisno tariqasida bitum-lateks-kukersolli mastikadan foydalanish mumkin. Bu
mastika tarkibiga quyidagilar kiradi: bitum - 40%, “kukersolь” laki – 50%, lateks – 3%, asbestli
yoki shisha tola – 7%. Mastika 70oS haroratgacha qizdiriladi. O’rama materiallarni mashinalar
yordamida yopishtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.