Tom ishlarini bajarishda mehnat muhofazasi
Tom ishlarini bajarishda quyidagilarga ahamiyat berish zarur:
tomdan materiallar va
ishchilarning tushib ketishi mumkinligiga;
yuqori haroratli materiallar, yoqilg’ilar va yengil
alangalanuvchi eritgichlarning ishlatilishiga.
Mehnat muhofazasi bo’yicha asosiy chora-tadbirlar:
− Stropila, yog’och panjaralar va to’siqlarning mustahkam mahkamlanganligini
tekshirish;
− Ishlarni bajarishda
sirpanmaydigan oyoq kiyimi, zarur hollarda ko’zoynak va
respiratorlardan foydalanish;
− Ishlarni bajarish jarayonida ishchilarning diametri kamida 15mm bo’lgan arqon
bilan tomning qo’zg’almas elementlariga bog’langan bo’lishi;
− Mastikalarni tayyorlash va qizdrishda alohida shartlarga amal qilish;
− Qaynoq mastikalarni
yopiq idishlarda tashish, ularning to’kilib ketishiga yo’l
qo’ymaslik;
− Yaxmalak, jala, tuman, kuchli qor paytida va shamolning tezligi 15m/s dan ortiq
bo’lganda tom ishlarini bajarishni ta’qiqlash.
Tekis va egri sirtli tomlarda tom perimetri bo’ylab balandligi 1m bo’lgan
vaqtinchalik
to’siqlar o’rnatilishi kerak.
Benzin, kerosin, emulьsiya va mastikalarni tashish va saqlashda foydalaniladigan
idishlarning qopqoqlari zich berkiladigan bo’lishi kerak. Yuklash va tushirish paytida idishlarni
transport vositasidan tashlash ta’qiqlanadi.
Tom ishlarini bajarish jarayonida elektr tarmog’i soz holatda bo’lishi kerak.