mastikalar hamda emulsiyalar) va donador materialli (asbesttsement listlar, cherepitsa, tom
po’lati) bo’lishi mumkin (15.1-rasm).
15.1- rasm. Tom qoplamalarining turi va elementlari
a - po’lat varaqli; b,v - tekis asbesttsement varaqlardan; 2 - o’rama materialli;
d - cherepitsali; ye - to’lqinsimon asbesttsement varaqlardan; 1 - suv qabul qiluvchi
voronka; 2- tarnov; 3 - tarnov o’stirmasini tutib turuvchi po’lat element (kostilь);
4 - devorli tarnov; 5 - kartina; 6 - tik falьtslar; 7 - yotiq falьtslar; 8 - yog’och panjara
(obreshetka); 9 - chordoq to’sini (stropila); 10 - mauerlat; 11 - ilmoq; 12 - qo’sh tik falьts;
13, 16 - asbesttsement varaqlar; 14 - o’rama materialli tom qoplamasi;
15 - cherepitsa
Tom ishlari texnologiyasida quyidagi atamalar ishlatiladi:
Tom yopmasi – xonalarni tashqi iqlim ta’siridan
himoyalovchi,
binoning yuqorisida
joylashgan to’siq (o’rovchi konstruktsiya).
Tom qoplamasi – binoni atmosfera yog’ingarchiliklaridan himoyalovchi, tom
yopmasining ustki elementi.
Tom qoplamasi osti asosi – suvdan himoyalovchi
qatlam yopishtiriladigan,
issiqlik
izolyatsiyasi ustida hosil qilingan tekislovchi qatlam sirti. Donador materialli tomlarda bu
vazifani shu materiallarni mahkamlash uchun tayanch bo’lib xizmat
qiladigan progonlar va
obreshetkalar bajaradi.