• 15.3- rasm Tom nishabligining tom qoplamasi materialiga bog’liqlik grafagi 1-taxtachalar; 2-cherepitsa, asbesttsement varaqlar; 3-to’rt qatlamli o’rama materialli tom
  • 7-unifikatsiyalangan to’lqinsimon asbesttsement varaqlar; 8-cherepitsa; 9-kuchaytirilgan profilli asbesttsement varaqlar; 10-po’lat varaq;
  • Eriydigan qatlamli o’rama materiallar
  • 14 – Ma’ruza. Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi. Ma’ruza rejasi




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet5/28
    Sana26.01.2024
    Hajmi0,74 Mb.
    #146279
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    14 – Ma’ruza Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi

    Gidroizolyatsiya o’rama materiallardan yoki mastikalardan hosil qilinadi. 
    Suv tez oqib ketishi uchun tomga ma’lum nishablik beriladi. Tom nishabligiga bog’liq 
    ravishda tom materiallari, qatlamlarning zaruriy soni tanlanadi (15.3-rasm). Grafikdan har bir 
    turdagi tom materiali uchun maqbul nishablikni aniqlash mumkin. 


    15.3- rasm Tom nishabligining tom qoplamasi materialiga bog’liqlik grafagi 
    1-taxtachalar; 2-cherepitsa, asbesttsement varaqlar; 3-to’rt qatlamli o’rama materialli tom 
    qoplamasi; 4-uch qatlamli o’rama materialli tom qoplamasi; 5-himoya qatlamisiz tom 
    qoplamasi; 6-ikki qatlamli o’rama materialli tom qoplamasi;
    7-unifikatsiyalangan to’lqinsimon asbesttsement varaqlar; 8-cherepitsa;
    9-kuchaytirilgan profilli asbesttsement varaqlar; 10-po’lat varaq;
    11-oddiy profilli asbesttsement varaqlar. 
    Tom nishabligi 2,5% gacha bo’lganda o’rama materiallar to’rt qatlam qilib, 
    foydalaniladigan tomlarda besh qatlam qilib olinadi. Tom to’shamasi sirtida 20mm qalinlikda 
    antiseptik mastikali himoya qatlami hosil qilinadi. Tom nishabligi 2,5...10% bo’lganda o’rama 
    materiallar uch qatlam qilib to’shaladi. Tom qiyaligiga bog’liq ravishda tom qoplamasi ikki 
    qatlamli va xatto bir qatlamli ham bo’lishi mumkin. 
    Eriydigan qatlamli o’rama materiallar tom nishabligi 0...1,5% bo’lganda uch qatlam, 
    nishablik 2% bo’lganda ikki qatlam qilib olinadi. Bunda ostki qatlam uchun changsimon sochma 
    qatlamli material, ustki qatlam uchun yirik donador sochma qatlamli material ishlatiladi. 
    Nishablik katta bo’lgan hollarda tom qoplamasini yirik donador sochma qatlamli materialdan bir 
    qatlam qilib olishga ruxsat etiladi. 
    SHisha mato bilan simlanadigan mastikali tom qoplamasi nishablik 2,5% gacha 
    bo’lganda to’rt qatlamli, 2,5...10% bo’lganda uch qatlamli qilib olinadi. Tom nishabligi 10...25% 
    bo’lganda ikki qatlam qilib olishga ruxsat etiladi. Bunda tom qoplamasi sirtida bitumli yoki 
    bitum-rezinali mastikaga mayda toshlarni sochish yo’li bilan himoya qatlami hosil qilinadi. 

    Download 0,74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14 – Ma’ruza. Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi. Ma’ruza rejasi

    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish