• Issiqlik izolyatsiyasi
  • Tekislovchi qatlam
  • 14 – Ma’ruza. Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi. Ma’ruza rejasi




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet4/28
    Sana26.01.2024
    Hajmi0,74 Mb.
    #146279
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28
    Bog'liq
    14 – Ma’ruza Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi

    Bug’dan himoyalovchi qatlam qish sharoitida bino xonalaridagi havo namligiga bog’liq 
    bo’ladi. Havoning nisbiy namligi 60% gacha bo’lganda bug’dan himoyalovchi qatlam hosil 
    qilinmaydi. Nisbiy namlik 75% gacha bo’lganda bug’dan himoyalovchi qatlam bir qavat o’rama 
    materialni mastika bilan yopishtirib, namlik 75% dan ortiq bo’lganda ikki qavat o’rama 
    materialni mastika bilan yopishtirib hosil qilinadi. Bug’dan himoyalovchi sifatida o’rama 
    materiallardan tolь, pergamin va ruberoid ishlatiladi. Bug’dan himoyalovchi qatlamning sirtiga 


    qatronli (tolь ishlatilganda) yoki bitumli (pergamin va ruberoid ishlatilganda) mastika surtiladi. 
    Bug’dan himoyalovchi qatlamning asosi changdan tozalanishi va qorishma bilan tekislanishi 
    kerak. 
    Issiqlik izolyatsiyasi sifatida odatda plitkasimon materiallar (penokeralit, g’ovakli beton, 
    keramzitbeton, tsementli fibrolit) ishlatiladi. Ayrim hollarda sochiluvchan materiallar – keramzit, 
    shlak va pemzadan foydalaniladi. Bu materiallar quruq holatda ishlatiladi va atmosfera 
    yog’ingarchiliklari ta’sirida namlanmasligi uchun ular sirtida gidroizolyatsiya qatlami hosil 
    qilinadi. Hozirgi paytda yuk ko’tarish va issiqlik izolyatsiyasi vazifalarini bajaruvchi kompleks 
    tom panellaridan keng qo’llanilmoqda. Bu panellarni zavodda tayyorlash jarayonida ular sirtida 
    bir qavat o’rama materialdan gidroizolyatsiya hosil qilinadi; qolgan qatlamlar esa qurilish 
    maydonida yopishtiriladi. 
    SHisha tola yoki alyuminiy folьgasi qoplangan yonmaydigan mineral paxtadan ham 
    foydalanilmoqda. Bu materialning erish harorati 1000oS dan yuqori va bazalьtli mineral paxta 
    yong’inga 3 soatgacha bardosh bera oladi. Zavod sharoitida bir yoki ikki qatlamli qilib, gidrofob 
    tarkiblar shimdirilib tayyorlangan bunday issiqlik izolyatsiyasi turli iqlim sharoitlarida va barcha 
    turdagi binolarda qo’llanilishi mumkin. 
    O’rama materialli gidroizolyatsiya asosi tekis va bikir bo’lishi uchun plitkali yoki 
    sochiluvchan issiq saqlagich sirtida tekislovchi qatlam hosil qilinadi. Tekislovchi qatlam 
    tsement-qumli qorishma, suyuq asfalьtbeton yoki tekis yig’ma temir-beton plitalardan hosil 
    qilinadi. 
    Markasi kamida 50 bo’lgan tsement-qumli tekislovchi qatlamning qalinligi plitkali issiq 
    saqlagichda 15...20mm, sochiluvchan issiq saqlagichda esa 25...30mm ni tashkil etadi. TSement-
    qumli tekislovchi qatlam shablon yordamida rejalovchi reykalar bo’ylab, kengligi 2m gacha 
    bo’lgan polosalarga bo’lib hosil qilinadi. Tom nishabligi 15% gacha bo’lgan polosalar tom 
    cho’qqisiga parallel, 15% dan ortiq bo’lganda tom cho’qqisiga perpendikulyar qilib hosil 
    qilinadi. Dastlab toq polosalar hosil qilinadi; qorishma ma’lum mustahkamlikni olgach 
    rejalovchi reykalar olib tashlanadi va juft polosalarga qorishma to’shaladi. Yendova va suv 
    ayirg’ichlarda nishablik kamida 1% bo’lishi va ichki suv oqizish quvurlari atrofida nishabligi 
    kamida 5% bo’lgan botiqliklar hosil qilinishi kerak. TSement-qumli tekislovchi qatlamni hosil 
    qilishda har 6m da harorat choklari qoldiriladi. 
    Tekislovchi qatlam sirtiga sovuq gruntovka surtib chiqiladi. Bu ishni qorishmaning 
    ushlashish jarayoni davom etayotgan paytda bajarish maqsadga muvofiq hisoblanadi. 
    Gruntovkani bo’yoq sochuvchi qurilma yordamida sochiladi; gruntovka sarfi 0,5...0,7 kg/m2 ni 
    tashkil etadi. 
    Asfalьtli tekislovchi qatlam 15...20mm. qalinlikda hosil qilinadi. Tom ishlarini kuz-qish 
    sharoitida bajarilganda va ishlarni jadallashtirish zarur bo’lgan hollarda asfalьtli tekislovchi 
    qatlam hosil qilinadi. Deformatsiyalanishdan himoyalash maqsadida tekislovchi qatlam tomoni 
    4m bo’lgan kvadratlarga bo’linadi va kengligi 10mm bo’lgan harorat-cho’kish choklari hosil 
    qilinadi. Bu choklar bitumli mastika bilan to’ldiriladi va ustiga kengligi 100mm bo’lgan o’rama 
    material yopishtiriladi. 
    Tekislovchi qatlam sifatida ishlatiladigan yig’ma temir-beton plitalar (betonli va 
    asfalьtbetonli) uchun beton sinfi kamida 12,5 bo’lishi kerak. Bunday plitalar odatda tom ishlarini 
    qish sharoitida bajarilganda qo’llaniladi. Plitalar gidrofob zola yoki elangan shlak qatlami ustiga 
    to’shaladi. Plitalar choklariga qaynoq bitum yoki qaynoq mastika quyiladi. Yendova va suv 
    ayirg’ichlar yengil beton yoki asfalьt bilan tekislanadi. Birikish joylari beton qorishmasi bilan 
    monolitlanadi yoki tsement qorishmasi bilan suvaladi. So’ngra butun tom yuzasiga sovuq 
    gruntovka purkab chiqiladi. O’rama materiallarni gruntovka qurigandan so’ng (taxminan 10 
    soatdan keyin) yopishtirish mumkin. 

    Download 0,74 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   28




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    14 – Ma’ruza. Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi. Ma’ruza rejasi

    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish