|
14 – Ma’ruza. Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi. Ma’ruza rejasiBog'liq 14 – Ma’ruza Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi SHisha mato – shisha asosga bitumli, rezinobitumli yoki beton-polimerli plenkalarni
biriktirish yo’li bilan hosil qilinadigan material. Material yuzasi bir yoki ikki tomonidan sochma
qatlam bilan qoplanadi.
Izol – rezinabitumli bog’lovchi, mineral to’ldiruvchi va antiseptik aralashmasidan
tayyorlanadigan asossiz o’rama material. Izol -15oS da ham elastiklik xususiyatini yo’qotmaydi
(uzayishi 200% gacha), chirishga bardoshli, issiqbardoshligi +150oS gacha. CHordoqsiz
tomlarda bitumli va rezinabitumli mastikalar bilan yopishtirib gidroizolyatsiya hosil qilishda
ishlatiladi.
Tolь – kartonni mineral to’ldiruvchili, qiyin eriydigan qatronli mahsulotlarga shimdirish
yo’li bilan hosil qilinadigan material. Yirik donador sochma qatlamli tolь qaynoq qatronli
mastika bilan tom qoplamasining tashqi qatlamini hosil qilishda ishlatilishi mumkin. Qumli
sochma qatlamli tolь vaqtinchalik binolarda ishlatiladi.
Keyingi yillarda tom qoplamasi uchun ishlatiladigan o’rama materiallar turi ortib
bormoqda. Ular qatoriga filizol, steklomast, buterol, izoplast, bikrost, gidrostekloizol, folьgoizol,
krovlen va elonni kiritish mumkin. SHuni ta’kidlash kerakki, organik asosli o’rama
materiallarning uzoqqa chidamliligi noorganik asosli yoki asossiz o’rama materiallarga nisbatan
ancha kam. Qalinligining orttirilganligi, qatlamlarining soni va asosga yopishtirishning o’ziga
xosligi bilan odatdagi o’rama materiallardan farq qiluvchi eriydigan qatlamli o’rama materiallar
ham qo’llanilib bormoqda.
Tom ishlarini bajarishdan avval o’rama materiallarni tayyorlab olinadi. Bunda o’rama
materiallarni tozalash va qayta o’rash maxsus stanoklarda amalga oshiriladi. Tayyorlangan
o’ramlar tik holatda konteynerlarda saqlanadi.
Mastikalar. Mastikalar deb organik bog’lovchilarni mineral to’ldiruvchilar va mastika
sifatini oshiruvchi turli qo’shimchalar bilan aralashtirib hosil qilingan gidroizolyatsion
materiallarga aytiladi.
Mastikalar tom qoplamasi ostini shpatlevka qilish, bug’dan himoyalovchi qatlam hosil
qilish, o’rama materiallarni yopishtirish, shuningdek, himoya qatlamlarini xisol qilishda
ishlatiladi. Mastikalar bog’lovchining turiga ko’ra bitumli, bitum-polimerli, rezinobitumli,
qatronli, qatronpolimerli, gudrokamli va gudrokampolimerli bo’lishi mumkin.
Ishlatilish usuliga ko’ra barcha mastikalar qaynoq va sovuq mastikalarga bo’linadi.
Qaynoq mastikalarni ishlatishdan avval quyidagi haroratlargacha qizdirib olinadi: bitumli –
160...180oS, rezinabitumli – 170...180oS, qatronli va gudrokamli – 130...150oS,
gudrokampolimerli – 70oS. Qish sharoitida qizdirish haroratini qisqa muddatga 10...15oS ga
oshirishga yo’l qo’yiladi.
Vazifasiga ko’ra mastikalar yopishtiruvchi va gidroizolyatsiyalovchi turlarga bo’linadi.
Yopishtiruvchi mastikalar o’rama materiallarni yopishtirib tom qoplamasini hosil qilishda,
gidroizolyatsiyalovchi mastikalar o’rama materialsiz tom qoplamalarini hosil qilishda
qo’llaniladi. Mastikalar odatda zavodda tayyorlanadi va tarkibidagi to’ldiruvchilar miqdori
10...30% ni tashkil etadi.
|
| |