Zvenolar 8...10m oraliqni saqlagan holda ishlaydi. Bu usulda ishni tashkil etish ish fronti
katta bo’lgan hollarda, masalan, katta yuzali sanoat binolarida samarali hisoblanadi. Har bir tom
ishchilari zvenosi zaruriy mexanizatsiya vositalari bilan ta’minlangan bo’lishi kerak.
O’rama materiallarni yopishtirish jarayonini mexanizatsiyalash
Tom ishlarini bajarishda turli mexanizmlar qo’llaniladi. Yopishtiruvchi mashina sig’imi
30l bo’lgan ko’p bo’lmali bakdan va o’rama materialni zichlovchi zichlagichdan iborat. Bu
elementlar o’zaro sharnirli bog’langan. Ish jarayonida mashinani bir tekis harakatlantirish kerak.
Smena davomida mashina yordamida 1500m
2
ga yaqin yuzaga o’rama
materiallarni bir qatlam
qilib yopishtirilishi mumkin. Mashinaning og’irligi 40kg atrofida bo’lib, mastika va o’rama
material bilan birgalikda 80kg gacha yetadi.
Mastika qatlami yopishtiriladigan yuzaga bir tekis surtilishi va mastika sarfi 120g/m
2
dan
ortib ketmasligi kerak. Asos sirtiga faqatgina mastika surtiladigan bo’lsa,
bu ishni bajaruvchi
maxsus mashinalardan foydalaniladi (15.10-rasm). Mashina baki ikkita bo’lmadan iborat bo’lib,
birinchi bo’lmaga mastika va ikkinchi bo’lmaga dizel yoqilg’isi quyiladi. Mastika bo’lmasiga
haroratni 70...200oS da ushlab turuvchi uchta elektrqizdirgich o’rnatilgan. Dizel yoqilg’isi
nasosni, quvurlarni va purkagichni qizdirish va yuvish uchun ishlatiladi.
O’rama materiallar yopishtirilgandan so’ng massasi 100kg ga yaqin bo’lgan zichlagich
bilan zichlab chiqiladi (15.11-rasm).