• 11- birinchi qatlam yopishtirilgan nuqtalar; 12- chordoq orayopma paneli.
  • 4.7-rasm Tom qoplamasi asosidan suvni so’rib oluvchi mashina 1- so’rgich (nasadka); 2-bak; 3- suv to’kish shlangi; 4- elektr dvigateli; 5- elektr kabeli.
  • -rasm. Tom qoplamasining devorga birikishi




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet13/28
    Sana26.01.2024
    Hajmi0,74 Mb.
    #146279
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28
    Bog'liq
    14 – Ma’ruza Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi

    15.6-rasm. Tom qoplamasining devorga birikishi 
    1- tashqi devor paneli; 2- mineral paxtali plita; 3- tsement-qumli qorishma;
    4- dyubellar; 5- germetiklovchi mastika; 6- metall shayba; 7- himoyalovchi fartuk;
    8- qo’shimcha ruberoid qatlamlari; 9- havo qatlami; 10- o’rama materialli tom qoplamasi; 
    11- birinchi qatlam yopishtirilgan nuqtalar; 12- chordoq orayopma paneli. 


    Tom ishlarini bajarishning barcha bosqichlarida asosning quruq holda bo’lishi nazorat 
    qilib boriladi. Agar tom yuzasida suv to’plansa uni maxsus mashina yordamida chiqarib 
    tashlanadi (15.7-rasm) va asos quritiladi. 
    4.7-rasm Tom qoplamasi asosidan suvni so’rib oluvchi mashina 
    1- so’rgich (nasadka); 2-bak; 3- suv to’kish shlangi; 4- elektr dvigateli; 5- elektr kabeli. 
    Issiq saqlagichni binoning yuqori qavat xonalarida hosil bo’ladigan suv bug’lari ta’sirida 
    namlanishidan himoyalovchi bug’dan himoyalovchi qatlam yuk ko’taruvchi asos (tom yopma 
    plitasi) sirtida hosil qilinadi. Bug’dan himoyalovchi qatlam yopishtiriladigan va surtiladigan
    turlarga bo’linadi. Yopishtiriladigan bug’dan himoyalovchi qatlam ruberoidni qaynoq bitumli 
    yoki sovuq bitum-kukersolli mastika bilan yopishtirib hosil qilinadi. Surtiladigan bug’dan 
    himoyalovchi qatlamni hosil qilishda qaynoq bitumli yoki sovuq bitum-kukersolli mastikadan, 
    shuningdek polivinilxloridli yoki xlorkauchukli lakdan foydalaniladi. 
    Issiqlik izolyatsiyasi sifatida ishlatiladigan plitkasimon materiallar ularning turi, 
    xususiyatlari va qalinligiga bog’liq ravishda bir yoki ikki qatlam qilib yotqiziladi. Mineral 
    paxtali plitkalar qaynoq bitumli mastika bilan yopishtirilsa, boshqa turdagi (perlitbitumli, yengil 
    betonli) plitkalarni quruqlayin yotqizish mumkin. Plitkasimon issiq saqlagichlarni yotqizishda 
    ularni bir-biriga va asosga zich tegib turishi nazorat qilib boriladi. Issiqlik izolyatsiyasi sifatida 
    sochiluvchan materiallar ishlatilganda dastlab har 2...4m oraliqda rejalovchi reykalar o’rnatiladi 
    va ular oralig’iga 6sm dan ortmaydigan qalinlikda issiq saqlagichning birinchi qatlami 
    to’shaladi. Agar issiq saqlagichning loyihaviy qalinligi 6sm dan katta bo’lsa navbatdagi qatlam 
    dastlabki qatlamni shibbalagich yordamida zichlangandan so’ng to’shaladi. Sochiluvchan issiq 
    saqlagich sirtida tekislovchi qatlam hosil qilinadi. 
    Monolit issiqlik izolyatsiyasi rejalovchi reykalar bo’ylab, polosalarni oralatib to’shaladi. 
    Polosalar kengligi 4...6m ni, uzunligi 6...12m ni tashkil etadi. Yengil betonli issiq saqlagich 
    to’shalgandan so’ng titratgichli reyka bilan zichlanadi va silliqlanadi. Beton zaruriy 
    mustahkamlikni olgach, qoldirilgan polosalar betonlanadi. Monolit issiqlik izolyatsiyasi ishlari 
    tashqi havo harorati +5oS dan yuqori bo’lgan hollarda bajariladi. Yilning issiq oylarida 
    yotqizilgan beton qorishmasi tarkibidagi suv jadal bug’lanib ketmasligi uchun beton sirtiga qum, 
    yog’och qipig’i, matolar to’shaladi va kuniga 1-2 marta suv quyib turiladi. Yangi yotqizilgan 
    beton dastlabki soatlarda suyultirilgan bog’lovchi bilan gruntovka qilinadi. Agar monolit issiq 
    saqlagich sirti tekis, silliq va zaruriy nishabliklar hosil qilingan bo’lsa unga o’rama material yoki 
    mastikani to’g’ridan-to’g’ri, ya’ni tekislovchi qatlam hosil qilmasdan to’shash mumkin. 



    Download 0,74 Mb.
    1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   28




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -rasm. Tom qoplamasining devorga birikishi

    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish