Noqulay joylarda material sidirgich bilan yoki qo’lda zichlab chiqiladi. Tom ishlarini
bajarishda foydalaniladigan inventarь va asboblar 15.12-rasmda keltirilgan.
15.12-rasm. Tom ishlarini bajarishda foydalaniladigan asboblar va inventarlar
a-metall sidirgich; b-bigiz; v-mastika surtuvchi cho’tka; 2-rezina qo’yilmali xaskash;
d-bolg’acha; ye-chelak; j-bachok; z-termos; i-cho’mich; k-mastika surtuvchi katta
xaskash;
l-pichoq; m-o’rama materiallarni qirquvchi qaychi.
Zavod sharoitida sirtiga bir qatlam o’rama material yopishtirilgan kompleks tom
panellarida tom qoplamasini hosil qilish ishlari quyidagi tartibda bajariladi:
CHoklarni monolitlash va ular sirtiga choklarni bosib tushadigan kenglikdagi ruberoidni
yopishtirish;
Yog’in suvlari voronkasini o’rnatish va mahkamlash;
Gidroizolyatsiya osti asosini hosil qilish;
Gidroizolyatsiya to’shamasining asosiy va qo’shimcha qatlamlarini tayyorlash;
Tom-himoya qatlamini hosil qilish.
Himoya qatlami yuqori qatlamdagi o’rama material himoya qoplamasiga ega bo’lmagan
hollarda hosil qilinadi. Himoya qatlami ko’pchilik hollarda antiseptiklangan qaynoq bitumli
mastikaga yirik qum yoki shag’alni sochish yo’li bilan hosil qilinadi. Himoya qatlami polimer va
polimerbitumli materiallardan (epoksid-bitumli kompozitsiya, bitumning ksiloldagi qorishmasi
va alyuminiyli pudra) ham hosil qilinishi mumkin.
Alyuminiy pudrasi, BT-177 laki va kerosin aralashmasi sochilganda uzluksiz metall
plenka hosil qiladi. Bu qoplama yuqori darajada himoyalash xususiyatiga ega bo’lib, yorug’lik,
ulьtrabinafsha va infraqizil nurlarni o’tkazmaydi; qoplama xuddi ko’zgu kabi tushayotgan
nurlarni qaytaradi. Qoplama mexanizatsiyalashgan usulda, ikki qatlam qilib hosil qilinadi.
Qoplama sekin quriydi, ikki haftadan so’ng uning ustida yurish mumkin bo’ladi.
Tom ishlari yog’ingarchiliklar bo’lmagan paytda, musbat va manfiy haroratlarda
bajarilishi mumkin. Qish sharoitida havo harorati -20
o
S dan past bo’lganda o’rama materiallarni
yopishtirish ta’qiqlanadi va faqat bir qatlam gidroizolyatsiya to’shamasi hosil qilish tavsiya
etiladi. Qolgan qatlamlarni yopishtirish ishlari yilning issiq vaqtida bajariladi.