• Bitum mastikali tom qoplamasida
  • Mastikali (o’rama materialsiz) tom qoplamasini hosil qilish




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/28
    Sana26.01.2024
    Hajmi0,74 Mb.
    #146279
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28
    Bog'liq
    14 – Ma’ruza Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi

     
     Mastikali (o’rama materialsiz) tom qoplamasini hosil qilish 
    Qaynoq bitumli mastikalar bilan o’rama materiallarni yopishtirib tom qoplamasini hosil 
    qilish ishlari narxining yuqoriligi, mehnat sarfining kattaligi, mehnat unumdorligining pastligi, 
    asosni tekislash, quritish, gruntovka qilish kabi qo’shimcha jarayonlarning bajarilishi bilan 
    ajralib turadi. Bundan tashqari yuqori harorat, o’zgaruvchan harorat-namlik sharoitida karton 
    asosli o’rama materiallarning chirishi, yopishtirilgan o’rama materiallarning yumshashi, bitumli 
    mastikaning oqib chiqishi kuzatiladi. 
    Mastikali tom qoplamasi sanab o’tilgan kamchiliklardan holi bo’lib asosni tayyorlashda 
    quritilgan asosga bitumli gruntovka surtib chiqiladi. 
    Bitum mastikali tom qoplamasida mastika sifatida bitumli bog’lovchining tolasimon 
    yoki mayda tuyilgan to’ldirgich bilan aralashmasidan foydalaniladi. Mastika (emulьsiya) 3...4 
    qatlam qilib surtiladi. Har bir qatlam o’zidan avvalgi qatlam qurigandan so’ng surtiladi. 
    Mastikali tom qoplamasi simlanmagan yoki simlangan bo’lishi mumkin. Simlovchi material 
    sifatida shisha to’r, shisha mato va qirqilgan shisha tola ishlatiladi. 
    SHisha mato asosga surtilgan mastika qatlami ustiga to’shaladi. To’shash paytida shisha 
    matoning ichki sirtiga qo’shimcha mastika surtiladi. So’ngra shisha matoning ustki sirtiga ham 
    shisha mato pishilguncha mastika surtib chiqiladi. 
    Mastikali tom qoplamasining asosi temir-beton yopma plitasi, monolit issiq saqlagich 
    qatlam va tsement-qumli tekislovchi qatlamdan iborat. 
    Mastikali tom qplamasini shisha to’r bilan simlashda shisha to’r o’ramlari bo’ylama va 
    ko’ndalang yo’nalishda 100mm chok bostirib to’shaladi. 
    Mastikali tom qoplamasini qirqilgan shisha tola bilan simlashda shisha tolani berilgan 
    o’lchamda qirqib, mastika bilan aralashtirib sochuvchi qurilmadan foydalaniladi. 
    Mastikali tom qoplamasining uzoqqa chidamliligini oshirish uchun uning sirti alyuminiyli 
    bo’yoq bilan bo’yaladi, qumdan yoki mayda toshdan sochma himoya qatlami hosil qilinadi. 

    Download 0,74 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   28




    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mastikali (o’rama materialsiz) tom qoplamasini hosil qilish

    Download 0,74 Mb.
    Pdf ko'rish