15.14- rasm. Eriydigan qatlamli ruberoidni olovli usulda yopishtirish
a) -ko’p funktsiyali gaz gorelkasi yordamida; b) - bir forsunkali gaz gorelkasi
yordamida;1-zichlagich; 2-o’ram; 3-gaz gorelkasi; 4-forsunka.
Bu usulda tom qoplamasini hosil qilish quyidagi tartibda amalga oshiriladi. O’ramning
0,3...0,5 m uzunlikdagi qismi gaz gorelkasi yordamida,
mastika qatlamini eritib, asosga
yopishtiriladi. O’ramning yopishgan qismiga to’shovchi-zichlovchi qurilma o’rnatiladi (15.14-
rasm). Mastika qatlami o’ramning asosga tutashgan qismi bo’yicha eritiladi.
Mastika qatlami
oquvchan holatga kelgach, to’shovchi-zichlovchi qurilma
va gaz gorelkasi bir xilda
harakatlantiriladi. Natijada o’ramning to’shalishi va gruntovka qilingan asosga yoki avvalgi
yopishtirilgan qatlam ustiga yopishishi yuzaga keladi.