Asbesttsement tom qoplamalarini hosil qilishda ishlar hajmi ko’p bo’lgan hollarda, tom
qamrovlarga bo’linadi va bir vaqtning o’zida bir necha zvenolar ishlashi mumkin. Bunda tom
ishlari gorizontal va vertikal yo’nalishda bajarilishi mumkin. Kuchaytirilgan va
unifikatsiyalangan profilli varaqlar gorizontal yo’nalishda bino karnizidan tom cho’qqisiga
tomon qatorma-qator mahkamlab boriladi. Asbesttsement varaqlarni mahkamlashni tomning
shamolning davriy yo’nalishiga qarama-qarshi tomonidan boshlash tavsiya etiladi.