|
Gidroizolyatsiyalovchi asosiy to’shama –Bog'liq 14 – Ma’ruza Himoya qoplamalarini barpo etish texnologiyasi Gidroizolyatsiyalovchi asosiy to’shama – mastika bilan yopishtiriladigan o’rama
materiallar qatlami yoki shisha materiallar bilan simlanadigan mastika qatlami; bu qatlamlar tom
qoplamasi osti asosiga ma’lum ketma-ketlikda bajarish yo’li bilan hosil qilinadi.
Gidroizolyatsiyalovchi qo’shimcha to’shama – asosiy to’shamani kuchaytirish
maqsadida tom yendovasi, karnizi va devorlarga tutash qismlarida hosil qilinadigan o’rama
materiallar yoki mastika qatlamlari.
Himoya qatlami – suvdan himoyalovchi asosiy to’shamani mexanik shikastlanishlardan,
quyosh radiatsiyasidan va tom sirtida yong’inning tarqalishidan himoyalovchi element (15.2-
rasm).
15.2- rasm. Tom nishabligining konstruktiv elementlari
1 - to’sin; 2 - tom yopma plitasi; 3 - himoya qatlami; 4 - ko’p qatlamli tom qoplamasi;
5 - tekislovchi qatlam; 6 - issiq saqlagich; 7 - bug’dan himoyalovchi qatlam
O’rama materialli tomlar odatda ustma-ust joylashadigan quyidagi elementlardan tarkib
topadi:
Asos (yuk ko’taruvchi konstruktsiya).
Bug’dan himoyalovchi qatlam – issiqlik izolyatsiyasini xona ichida hosil bo’ladigan bug’lar
ta’sirida namlanishdan himoyalovchi, bir-ikki qatlam ruberoid yoki ohak-bitumli mastikadan
hosil qilingan qatlam.
Issiqlik izolyatsiyasi qatlami – keramzit, shlak, gazobeton, penobeton kabi issiq saqlagich
materiallardan hosil qilinadigan qatlam.
Gidroizolyatsiyalovchi to’shamaga asos bo’lib xizmat qiluvchi tekislovchi qatlam.
Tom qoplamasining suv o’tkazmasligini ta’minlovchi, o’rama yoki mastikali materiallardan
hosil qilingan gidroizolyatsiya qatlami.
Gidroizolyatsiyani atmosfera ta’siri va mexanik shikastlanishlardan saqlovchi, mastikaga
shag’al yoki shlakni sochish yo’li bilan hosil qilinadigan himoya qatlami.
Ayrim hollarda bu elementlardan ba’zilari bo’lmasligi ham mumkin. Masalan, binoning
yuqori qavat xonalarida harorat-namlik tartibi me’yorida bo’lgan hollarda bug’dan himoyalovchi
qatlam hosil qilinmasligi mumkin. Tom yopma plitasi sifatida yengil betonli plitalar
ishlatilganda (keramzitli, shlakli, ko’pikli, pemzobeton) gidroizolyatsiyalovchi qatlam bevosita
plitalar ustiga yopishtirilishi mumkin, ya’ni tekislovchi qatlam hosil qilinmaydi. Bunda o’rama
materialli yoki mastikali qatlamni plitalarni zavodda tayyorlash jarayonida hosil qilish tavsiya
etiladi.
Tom asosi odatda yig’ma elementlardan tarkib topadi. Yig’ma plitalar choklari markasi
kamida 100 bo’lgan tsementli qorishma bilan monolitlanadi. Tom nishabligini yuk ko’taruvchi
asosning nishabligiga bog’liq holda hosil qilish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Harorat choklari
yig’ma konstruktsiyalarda 60 m da monolit konstruktsiyalarda 40 m da qoldiriladi.
|
| |