|
Саноат биноларининг юқоридан ёритиш ва шамоллатиш конструкциялари
|
bet | 1/7 | Sana | 19.12.2023 | Hajmi | 219,88 Kb. | | #124165 |
Bog'liq Gulnoza - organik bog\'lovchi asosida materiallar Organik bog’lovchilar turlari, xossalari, ishlab chiqarish usullari. REJА : - Organik bog’lovchi moddalar haqida umumiy ma’lumot.
- Bitumli va qatronli bog’lovchilar. Xom ashyosi va ishlab chiqarish texnologiyasi, xossalari va ishlatilish sohasi.
- Polimer bog’lovchi moddalar. Xom ashyosi, ishlab chiqarish texnologiyasi, xossalari va ishlatilish sohalari.
- Foydalandan adabiyotlar.
Tayanch so’z va iboralar: organik modda, xossasi, minerologik tarkib, ishlab chiqarish, sanoat chiqindilari, ishlatilish sohasi, bog’lovchi modda, bitum, qatron, polimer va h.k. Bogʻlovchi materiallar (qurilishda) — suv qoʻshib qorishtirganda yopishqoq, hamirsimon muloyim massa hosil qilib, keyin toshdek qotadigan kukunsimon materiallar. - Anorganik (mineral) va organik xillari bor. Anorganik Bogʻlovchi materiallar havoda qotadigan va gidravlik xillarga boʻlinadi. Havoda qotadigan Bogʻlovchi materiallar faqat ochiq havoda qotadi, namda esa qisman qotadi yoki umuman qotmaydi. Bularga ohak, gips, eruvchan shisha, gil va boshqa kiradi. Gidravlik Bogʻlovchii materiallar ochiq havodagina emas, balki nam va suvda ham qotadi. Bularga gidravlik ohak, portlandsement va boshqa kiradi.
Organik Bogʻlovchi materiallar (mas, bitum) asfaltga qoʻshiladi, tomlarni yopishda ishlatiladi. Bitumlarga quyidagilar kiradi: Bitumlarga quyidagilar kiradi: -Tabiiy bitumlar-yuqori malekulali uglevodlar va ularning metalmas moddalar (S,N,O) bilan birikmasi bo‘lib, suyuq yoki qattiq bo‘lishi mumkin. Tabiiy bitumlar cho‘kindi tog‘ jinslariga shimilgan bo‘lib, neft konlariga yaqin joyda bo‘ladi va tabiatda neftdan paydo bo‘lgandir. -Asfalt jinslar-g‘ovak tog‘ jinslari (oxaktosh, dolomit, tuproq, qum, qumtosh) ga bitum shimilgan bo‘ladi. Ulardan bitumni ajratib olish, ularni maydalab asfalt sifatida ishlatish mumkin.
|
| |