Mavzu: Mahalliy betonlar va qorishmalar REJA:
1. Qurilish qorishmalari uchun materiallar
2. Qurilish qorishmasining xossalari
3. Qurilish qorishmasining turlari
:
Bog‘lovchi moddalar. Qurilish qorishmalari olishda portlandsementdan tashqari shlakli portlandsement, pussolanli portlandsement, past markadagi (M200) sement va xususiy hollarda kirishmaydigan, kengayuvchi sementlar ishlatiladi. Yuqori markadagi sementlarni qurilish qorishmalari (ayniqsa, past markadagi qorishma) olishda ishlatish qorishmaning suv ushlashlik, qatlamlanish kabi xususiyatlarini yomonlashtiradi. Qorishmaning texnologik xossalarini yaxshilash va bog‘lovchilarni tejash maqsadida ikki va uch komponentli qorishmalar keng ko‘lamda ishlatiladi. Havoyi va gidravlik ohak qurilish qorishmalari olishda ohak xamiri yoki ohak suti ko‘rinishida qo‘llaniladi. Qurilish gipsi binolarning ichki va tashqi bezagi uchun oddiy va murakkab qorishmalar tayyorlashda qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.
1. Qurilish qorishmalari uchun materiallar
Mayda to‘ldirgich. Og‘ir qurilish qorishmalari uchun kvars va dala shpati qumlari ishlatiladi. Yengil qorishmalar uchun keramzit, agloporit, perlit, vermikulit va sh.k. qumlari; pemza, tuf, shlaklar qumlari ishlatiladi. Qum tarkibidagi eng yirik donalar diametri 2 mm gacha. Uning markasi M100 va undan yuqori bo‘lsa, chang, loy aralashmalari 10% gacha markasi M50 va undan past bo‘lsa, buyurtmachi bilan kelishilgan holda chang, loy aralashmalari 20% gacha bo‘ladi. Qum tarkibida organik aralashmalar me’yordan ortiq bo‘lmasligi kerak.
Suv. Qurilish qorishmalari tayyorlashda ichimlik suvi yaroqli hisoblanadi. Boshqa suvlar ishlatilsa, tarkibida kislota, ishqor, tuz eritmalari, uglevodorod birikmalari va bog‘lovchi qotishiga zararli ta’sir ko‘rsatadigan aralashmalar bo‘lmasligi kerak
Plastifikatsiyalovchi qo‘shimchalar. Qorishmaning qulay joylanuvchanligini oshirish maqsadida tarkibiga mineral va polimer plastifikatorlar kiritiladi. Sement va ohakli qorishmalar tarkibiga giltuproq kukuni yoki loy mineral plastifikatorlar sifatida qo‘shiladi. Ularga trepel, gliyej, diatomit, tuffit kabi kukun va ruller kiradi. 158 8.1-rasm. Qorishma aralashmasining harakatchanligini aniqlash uchun standart konus asbobi: 1 – shtativ; 2 va 3 – ushlagichlar; 4 – prujinali tugma; 5 – siljiydigan sterjen; 6 – konus; 7 – siferblat; 8 – qorishma aralashmali idish.
Organik sirtaktiv moddalar qurilish qorishmasini plastifikatsiyalash, havo pufakchalari kiritish maqsadida qo‘shiladi. Plastifikatorlar sifatida lignosulfonat, milonaft, kanifol sovuni kabi moddalar bog‘- lovchi massasiga nisbatan 0,1–0,3% qo‘shiladi
2. Qurilish qorishmasining xossalari
Qulay joylanuvchanlik. Qorishmaning qulay joylanuvchanligi yuzada bir jinsli yupqa qatlam bo‘lib, quyilish xususiyati bilan izohlanadi. Qorishma aralashmasining qulay joylanuvchanligi harakatchanlik darjasiga va suv ushlashlik xususiyatiga bog‘liq bo‘ladi. Qorishma aralashmasining harakatchanligi massasi 300 g li o‘tkir burchagi 300 bo‘lgan metall konusning qorishmaga botish chuqurligi bilan aniqlanadi (8.1- rasm). Konus uchi qorishma yuzasiga tekkiziladi va prujinali tugma bo‘shatiladi. Bunda konus qorishma ichiga botadi. Botish chuqurligi qorishmaning quyuqligiga bog‘liq bo‘lib, qorishma suyulgan sari 159 konus chuqurroq cho‘ka boshlaydi. Qorishmaga konusning cho‘kishi (sm) uning harakatchanligini ifodalaydi. Harakatchanlik bog‘lovchilarning turiga, mayda dispersligiga va suvning miqdoriga bog‘liq.
Qurilish qorishmasi harakatchanligi ishlatilish sohasi qishki va yozgi sharoitlarga moslab belgilanadi. Suv ushlashlik xususiyati qorishmaning g‘ovakli asosga yotqizganda suvni saqlash va tashish jarayonida qatlamlanmaslik xossasiga aytiladi. Suv ushlashlik xususiyati aktiv mineral kukunlar yoki polimer strukturali adsorbentlar (gelpolimerlar va sh.k.) qo‘shilib oshiriladi
Mustahkamlik. Qorishmaning mustahkamligi mineral bog‘lovchining aktivligiga, suv-sement nisbatiga, qotish muddati va sharoitiga bog‘liq:
R28=0,4Rsm(Sm/S–0,3).
Ushbu formula yordamida mustahkamlikni aniqlash g‘ovak buyumlar ustiga yoyiladigan sementli qorishmalarga taalluqli bo‘ladi
G‘isht, beton va sh.k. lar g‘ovak buyumlarga yoyiladigan sementli qorishmalar mustahkamligi sement-suv nisbatiga bog‘liq bo‘lmay, sementning sarfiga bog‘liq bo‘ladi va quyidagicha aniqlanadi:
R28=kRsm(Sm–0,05)+4.
Binolarning tashqi devorlariga g‘isht, tosh terishda sementohakli va sement-giltuproqli aralash 10, 25 va 50 markadagi qorishmalar ishlatiladi. Bino karnizlari, stolbalari, deraza va eshik ustidagi g‘isht va toshlar terishda 100 markadagi qorishma ishlatiladi.
3. Qurilish qorishmasining turlari
G‘isht-tosh terish va montaj qorishmalari:G‘isht-tosh terish sementli aralash qorishmalarining harakatchanligi ularning ishlatilish sohasi va yotqizish usuliga qarab quyidagicha bo‘ladi: keramik g‘isht, beton, tosh va g‘ovak tabiiy toshlar terish uchun 9–13 sm, kovakli g‘isht, keramik toshlar terish uchun 7–8 sm, devorlarni beton bloklar va panellardan montaj qilishda gorizontal choklarni to‘ldirish uchun 5–7 sm, xarsangtosh va bloklarni terish uchun 4–6 sm, ular oraliq bo‘shlig‘ini to‘ldirish uchun 13–15 sm. Zich buyumlar terilsa, harakatchanligi kam qorishmalarni ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qorishmaning harakatchanligini belgilashda teriladigan buyumlarning namligi hisobga olinadi.
Pardozlash qorishmalar: Pardozlash qorishmalari sementlar, ohak, gips, sement-ohak, ohak-gips, gipssementpussolan va boshqa bog‘lovchilar asosida tayyorlanadi. Ular ikki asosiy turga: odatdagi suvoq qorishmalari va manzarali qorishmalarga bo‘linadi. Ishlatilish sohasiga ko‘ra suvoq qorishmalari tashqi suvoq va ichki suvoq qorishmalariga bo‘linadi. G‘isht-tosh va beton asosida qurilgan bino hamda inshootlarni tashqi tomondan suvash uchun sementli, sement-ohakli qorishmalar ishlatiladi. Quruq issiq iqlim sharoitida yog‘och yuzalarni suvashda ohak-gipsli qorishmalar ishlatiladi
Gidroizolatsion qorishmalar, odatda, sement, sulfat muhitiga chidamli sement, gidrofob va kengayuvchi sement asosida tayyorlanadi. Ularning tarkibiga 1:2,5 yoki 1:3,5 (sement: qum, massasi 164 bo‘yicha) bo‘lib, suv o‘tkazmaslik xususiyatini yanada yaxshilash uchun tarkibiga turli zichlashtiruvchi moddalar (natriy aluminati, xlorli temir, bitum emulsiyasi, polimerlar, latekslar va boshq.) kiritiladi. Qorishmalar doimo nam, suv yoki agressiv muhitlar ta’sirida bo‘ladigan bino va inshootlarning qismlarini hamda yuzalarini suvashda ishlatiladi
Inyeksion qorishmalar armaturasi avvaldan taranglanadigan temirbeton konstruksiyalar tayyorlashda armaturani korroziyadan himoyalash maqsadida kanallarni to‘ldirish uchun ishlatiladi. Ular sement xamiri yoki sement-qum aralashmasi sifatida tayyorlangan pasta holatida bo‘ladi. Mayda to‘ldirgich sifatida yiriklik moduli kichik, yuvilgan kvars qumi ishlatish maqsadga muvofiq. Mineral bog‘lovchi sifatida M400 va undan yuqori markali sement ishlatiladi. Sementning sarfi 1m3 qorishma uchun 1100–1400 kg va 1 m3 sement xamiri uchun 1300–1600 kg. Inyeksion qorishmaning siqilishga mustahkamligi bo‘yicha markasi kamida 300.
Tamponaj qorishmalar neft va gaz quduqlarini, tonnellarni gidroizolatsiya qilishda, tog‘ jinslari yoriqlari va bo‘shliqlarini to‘ldirishda va boshqa joylarda ishlatiladi. Bu qorishmalarni tayyorlashda maxsus tamponaj portlandsementi, agressiv muhitlarda esa sulfat muhitiga bardoshli portlandsement ishlatiladi. Òamponaj qorishmalar juda tez qotuvchanlik xususiyatiga ega.
Rentgen nurlaridan himoyalovchi qorishmalar barit qumi (BaSO4 ) asosida tayyorlanadi. Bog‘lovchi sifatida sement va shlakli sement ishlatiladi. Qorishma tarkibiga litiy, bor, kadmiy kabi yengil elementlar qo‘shimcha sifatida kiritiladi. Barit qumining eng yirik donasi 1,25 mm dan kichik bo‘lishi kerak. Qorishmaning o‘rtacha zichligi 2200 kg/m3 . Ular rentgen kabinalari va boshqa maxsus binolar devorlari hamda shiftlarini suvashda ishlatiladi
|