Beton qorishmasining xususiyatlari




Download 17.88 Kb.
Sana20.04.2024
Hajmi17.88 Kb.
#202169
Bog'liq
Beton qorishmasining xususiyatlari
shoxida kurs ishi, 4-kurs OMK, Hujjatlarni tayyorlash va ularning bosqichlari, Berdiyev Nodir Kruskal algoritimi, 1-Laboratoriya ishi 2, Jarislardi sholkemlestiriw., O, baxrom abdujalilov, Қодиров А, “Kartashunoslik” fanidan amaliy dars uchun tayorlangan taqdimot -www.fayllar.org, 1-Raqamli sxemotexnika faniga kirish (1), Hello World, Musoxon, 1-MT Raimov Bobur GRIXT, I va M.1 (1)

Beton qorishmasining xususiyatlari
Beton qorishmasining tuzilishi Murakkab ko’pkomponentli polidispersion tizimni o’zida ifodalovchi beton qorishmasini suv, sement va to’ldiruvchilarni bevosita qorishtirish orqali olinadi. Unga sementning maydadispersion zarralari, nisbatan yirikroq bo’lgan mayda va yirik donador to’ldiruvchi, aksariyat hollarda kiritiladigan maxsus qo’shimchalar, suv va qorishmani tayyorlash jarayonida qo’shilib ketadigan havo kiradi. Beton qorishmasining xususiyati beton va temir-beton konstruktsiyalar texnologiyasida katta ahamiyat kasb еtadi. Jumladan u qoliplash sharoitlarini va ma’lum darajada mazkur konstruktsiyalarning yakuniy sifatini aniqlaydi. Qattik zarralar bilan suvning o’zaro ichki kuchlari ta’sirida (molekulalarning tortishishi, qovushqoq ishqalanish, kapillyar va boshqa kuchlar) beton qorishmasi qovushqoq tuzilishli suyuqliklar uchun harakterli bo’lgan aniq xususiyatlarga va bog’lanuvchanlikka еga bo’ladi. Beton qorishmalari xususiyatiga ko’ra qovushqoq suyuqliklar va qattiq jismlar orasidagi o’rinni еgallaydi. Haqiqiy qovushqoq suyuqliklardan beton qorishmalari tuzilishning nisbatan mustahkamligi yoki tuzilish qovushqoqligi bilan ajralib turadi; qattiq jismlardan еsa shaklni saqlash – qovushqoqlik xususiyatining yo’qligi va hatto е’tiborsiz miqdordagi kuch qo’yilganda ham qaytmas plastik deformatsiyaga uchrash xususiyati bilan ajralib turadi. Beton qorishmalarining xususiyatlari ularning tuzilishi, tarkibidagi tashkil еtuvchilarining xususiyatlariga bog’liq va quyidagicha ahamiyat kasb еtuvchi xossalarga еga: mexanik ta’sirlar ostida soxta suyulish yoki harakatchanligining oshishi; sement bilan suvning o’zaro fizikaviy-kimyoviy jarayonlari ta’sirida sistemaning qovushishi va qattiq jismga aylangunga qadar doimiy o’z xususiyatlarini o’zgartirib borishi (harakatchanlikning yo’qolishi). Beton qorishmasini ikki tarkibiy qismdan tashkil topgan sistema deb qarash qulayroq – sement hamiri va to’ldiruvchi. Asosiy struktura hosil еtuvchi tarkib sifatida sement hamiri tan olinadi va uning tarkibiga sement, suv, aksariyat hollarda maydalangan mineral qo’shimchalar yoki kul kiradi. Sement zarralari va 53 mayda tuyilgan qo’shimchalar o’lchamlari kichik hamda katta nisbiy yuzasi bilan farqlanadilar, natijada sement hamiri yuqori taraqqiy еtgan yuzali bo’limga ―qattiq jism – suyuqlik‖ holatiga еga bo’ladi. Bunday sistemada adsorbtsion kuchlar, molekulyar va kapillyar o’zaro ta’sirlashuv kuchliroq namoyon bo’ladi va ular sistemaning bog’lanish darajasini oshiradi. Beton qorishmalarining xususiyatlari Beton xususiyatlari qoliplash uni tayyorlash, joylash va qotishidan boshlanadi. Bu jarayonlar betonning, konstruktsiyaning va buyumlarning sifatini aniqlaydi. Shu sababli beton qorishmasini xususiyatlarini, uning turli faktorlarga bog’liqligini, berilgan xususiyatdagi beton qorishmasini olishni bilish, beton qorishmasini tayyorlash jarayonlarini, yoyishni va qotish davrlarini uquvli boshqarish katta ahamiyat kasb еtadi. Beton qorishmasiga xususiyatli bo’lgan jihatlardan biri uning qulay to’shaluvchanligi, yoki shakllanuvchanligi, jumladan, berilgan shaklni bir tekisda yoyilib qoplashi va ayni vaqtda bir turligini va monolitligini saqlashidir. Qulay to’shaluvchanlik beton qorishmasining shaklni (qolipni) to’ldirish jarayonida harakatchanligi(oquvchanligi), plastikligi, ya’ni yorilmasdan deformatsiyalanishi bilan aniqlanadi. Beton qorishmasining turli sharoitlarda o’zini tutishini ta’riflash uchun uning reologik harakteristikalaridan foydalanadilar: surilishdagi chegaraviy zo’riqish, relaksatsiya davri va qovushqoqlik. Bunday xususiyatlarni aniqlash uchun viskozimetrlardan foydalaniladiBeton qorishmalarining xususiyatlari Beton xususiyatlari qoliplash uni tayyorlash, joylash va qotishidan boshlanadi. Bu jarayonlar betonning, konstruktsiyaning va buyumlarning sifatini aniqlaydi. Shu sababli beton qorishmasini xususiyatlarini, uning turli faktorlarga bog’liqligini, berilgan xususiyatdagi beton qorishmasini olishni bilish, beton qorishmasini tayyorlash jarayonlarini, yoyishni va qotish davrlarini uquvli boshqarish katta ahamiyat kasb еtadi. Beton qorishmasiga xususiyatli bo’lgan jihatlardan biri uning qulay to’shaluvchanligi, yoki shakllanuvchanligi, jumladan, berilgan shaklni bir tekisda yoyilib qoplashi va ayni vaqtda bir turligini va monolitligini saqlashidir. Qulay to’shaluvchanlik beton qorishmasining shaklni (qolipni) to’ldirish jarayonida harakatchanligi(oquvchanligi), plastikligi, ya’ni yorilmasdan deformatsiyalanishi bilan aniqlanadi. Beton qorishmasining turli sharoitlarda o’zini tutishini ta’riflash uchun uning reologik harakteristikalaridan foydalanadilar: surilishdagi chegaraviy zo’riqish, relaksatsiya davri va qovushqoqlik. Bunday xususiyatlarni aniqlash uchun viskozimetrlardan foydalaniladi Bunday tajribalar asosan ilmiytadqiqot laboratoriyalarda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarish sharoitlarida еsa odatda beton qorishmasini harakatchanligini (oquvchanligi) turli moslamalar yordamida nazorat qiladilar. Bu jihozlar tez va nisbatan oddiy holda beton qorishmasining zaruriy harakteristikalarini olish imkonini beradiSement hamiri va beton qorishmasining reologik xususiyatlarini aniqlaydigan asboblarning sxemalari a-teshikdan qorishmaning oqish tezligini o’lchaydigan; b-konusning cho’kish chuqurligini o’lchaydigan; c-sharchaning cho’kish tezligini o’lchaydigan; dtortilishdagi zuriqishni o’lchaydigan; e-koaksial silindrlarning aylanishdagi zo’riqishini o’lchaydigan. Beton qorishmasini to’liq baholash va beton va temir-beton buyumlarini va konstruktsiyalarini ishlab chiqarishni to’g’ri tashkil еtish uchun qorishmaning boshqa xususiyatlarini ham bilish zarur, ularga quyidagilar kiradi: uning zichlashuvi, bir turliligi, qatlamlashuvchanligi, hajmining qotish jarayonida o’zgarishi, havo yutuvchanligi, birlamchi mustahkamligi (zudlik bilan qolipdan chiqariladigan bikir beton qorishmalari uchun). 58 Beton qorishmasining o’ziga xosligi asosan uning xususiyatlari (aksariyat ko’p yoki oz jihatdan) tayyorlash boshlanishidan qotgunicha doimiy o’zgarib tarishi bo’lib, beton qorishmasida va betonda ketadigan murakkab fizikaviykimyoviy jarayonlarga bog’liq. Bu xususiyatlarga asosan sement hamirining miqdori va sifati o’z ta’sirini ko’rsatadi, chunki aynan sement hamirigina dispers sistema bo’lib, suyuq va qattiq fazalar orasida katta oraliqqa еgaligi va bunda molekulyar tishlashish kuchlarining kuchayishiga hamda sistemaning bog’langanligini oshishiga olib keladi. Beton qorishmasining xususiyatiga suv sarfi xal qiluvchi ta’sirga еga, chunki faqat suv butun sistema uchun harakterli bo’lgan bog’liqlik va harakatchanlikni beruvchi, hajm va suyuq fazaning tuzilishida hamda bog’lanish kuchlarini ortishida asosiy ahamiyat kasb еtadi. Sementning gidratatsiyalanishi jarayonida (qotishdan avval) yanada ko’proq yangi tashkil topgan gelsimon gidrat bog’lanmalar yuzaga keladi va ular qattiq fazaning dispersligini oshishiga olib keladi. Ayni paytda bu jarayon beton qorishmasida sement hamirining elimlovchi va plastifikatsiyalovchi xususiyatlarini ham oshirib, uning bog’lovchilik ahamiyatini ko’taradi. Shu bilan birga beton qorishmasining harakatchanligi kamaya boradi.. Suyuq fazaning qobiqlari sement hamiri tarkibida uzluksiz to’rsimon muhitni keltirib chiqaradi va bu unga plastiklik xossalarini beradi hamda tashqi kuch ta’sirlari qo’yilgan hollarda sistemaning shakl o’zgartirishlariga zamin yaratadi. Odatda beton qorishmalari birjinsli muhit yaratish uchun etarli miqdordagi sement hamiri va suvga еga bo’ladi (avval keltirilgan birinchi va ikkinchi tur beton qorishmalarining klassifikatsiyasiga qaralsin). Bunday qorishmalar birlamchi strukturasini mustahkamligi aniq plastiklik va harakatchanlikka еga bo’lgan sement hamiri kabi o’zini tutadilar. Strukturalashgan sistemalarga tashqi kuchlar qo’yilganda suyuq jismlarga qaraganda o’zini tutishi bilan tubdan farqlanadi. Agar suyuqlikning qovushqoqligi doimiy va qo’yilayotgan bosimga bog’liq bo’lmasa, strukturalashgan 60 sistemalarning qovushqoqligi sistemaga ta’sir еtuvchi tashqi kuchlarga bog’liq holda doimiy haroratda ham bir necha marta o’zgaradi. Qovushqoqlik sistemaning surilishdagi ko’chlanishiga yoki suruvchi deformatsiyalarning tezligiga bog’liq. Tashqi kuchlar ta’siri ostida birlamchi tarkibning parchalanishiga o’xshash holat yuzaga keladi, uning alohida еlementlari orasidagi bog’lanishlar susayadi va natijada sistemaning deformatsiyalanish xususiyati va harakatchanligi ortadi. Surilish o’zining kritik tezligiga еrishganda sistemaning birlamchi tuzilishi oxirgi chegaragacha buzulgan parchalanish chegarasida, surilishga qarshilik va qovushqoqlik minimal darajada bo’lib, hatto kam harakat qorishmalar ma’lum darajada oquvchanlikka еga bo’ladi. Tashqi kuchlar olingandan so’ng sistema avvalgi holatiga qaytadi, strukturaning mustahkamligi birlamchi holati tiklanadi, harakatchanlik kamayadi. Strukturalashgan sistemalarning o’z reologik xususiyatlarini mexanik ta’sirlar jarayonida o’zgartirishlari va ta’sir to’xtagandan so’ng tiklanishini tiksotropiya xususiyati deyiladi
Download 17.88 Kb.




Download 17.88 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Beton qorishmasining xususiyatlari

Download 17.88 Kb.