International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities




Download 234.76 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/5
Sana15.12.2023
Hajmi234.76 Kb.
#119746
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 (9) (1)
Internetda ma’lumotlarni izlash”, Tarix majburiy (4), 1.1. Ma\'ruza, Mariya Montessori, Ismoilova Aziza (2), 4100tttttt, resume, iqtisodiyotni-modernizatsiyalash-sharoitida-qishloq-xo-jaligini-innovatsion-rivojlantirish-yo-nalishlari, 9-mavzu, kreditnaya politika UZB, export-to-pdf, Презентация на тему Экономика как наука Рахимова А 2
International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities 
Hosted from Washington, DC USA 
httpseconferencezone.org March 20
th
-21
st 
2022 

• qurilishni tayyorlov va asosiy davri uchun qurilishni bosh planlari. Ularda barcha mavjud 
va quriladigan binolar, kiruvchi yo’llar, konstruksiyalarni yiriklashtirib yig’ish maydoniga tegishli 
ombor yoki beton tayyorlovchi inshoot, ishchi-xodimlarga xizmat qiluvchi maishiy inventar 
shaharcha, vaqtinchalik va doimiy injener tarmoqlari bilan birgalikda elektr ta’minoti, montaj va 
boshqa mexanizmlarni turlari, ularni joylashishi va harakat yo’llari ko’rsatilishi kerak. Qurilish 
maydonidan chetda joylashgan omborlar va maishiy shaharchalar uchun joylashuv plani ishlab 
chiqiladi va unda barpo etiladigan ob’yektga tegishli barcha maydonlar ko’rsatiladi;
• ob’yektlar (barpo etiladigan majmua tarkibiga kiruvchi), montaj, umumqurilish va maxsus 
ishlarning ro’yxati;
• barcha majmuaga yoki asosiy inshootlarga kerakli konstruksiyalar, materiallar, buyumlar, 
jihozlarning talab qilinadigan ro’yxati;
• butun qurilish davri uchun asosiy qurilish mashinalari va transport vositalariga bo’lgan 
talab grafigi;
• asosiy mutaxassis ishchilarga talab grafigi;
• tushuntirish xati.
U erda qurilish sharoiti tavsifi, qabul qilingan ish usullarini asoslangani va turli ishlarni 
birgalikda bajarish imkonlari, material, asosiy mexanizmlar, transport vositalari, energetik 
resurslar, vaqtinchalik bino va inshootlar, omborlar maydoniga bo’lgan talablar keltiriladi. 
Tushuntirish xatida, shuningdek, inshootlar majmuasini asoslangan barpo etish muddati, 
o’zlashtiriladigan vositalarni yil va kvartallar bo’yicha taqsimlanishi, ishni bajarish muddatlari bilan 
bog’liq bo’lgan ishchi kadrlar, qurilish materiallari va boshqa narsalarga bo’lgan ehtiyojlar talabi 
beriladi. Qurilishni tashkil etish loyihasida quyidagilar ishlab chiqiladi, loyihalanadi va uzaro 
bog’lanadi:
• ob’yekt qurilishi ishtirokchilarini kelishilgan tarzda ishlashi va ularni bosh pudratchi 
tomonidan muvofiqlashtirilishi;
• ishlarni bajarish kalendar plani asosida bino, qavat yoki qamrovga hisob qilingan material 
resurslarni komplekt ta’minoti;
• qurilish, montaj va maxsus ishlarni oqim usulida bajarish;
• ishlarni yuqori madaniyat saviyasida olib borish va xavfsizlik texnikasi qoidalariga qat’iy 
amal qilish;
• atrof muhitni asrash talablariga rioya qilish. Qurilishni tashkil etish loyihasi buyurtmachi, 
pudrat tashkiloti, hamda mablag’ va moddiytexnik ta’minotni amalga oshiruvchi tashkilotlarga 
majburiy hujjatdir.
Ishlarni bajarish loyihasi (IBL). Ob’yektni jami ishlar majmuasiga va tayyorlov davridagi 
ishlariga ishlarni bajarish loyihasini QTEL asosida bosh pudratchi tashkilot ishlab chiqadi. Alohida 
murakkab yoki birinchi marta tadbiq etilayotgan ishlarga IBLni maxsus montaj yoki loyiha 
tashkilotlari ishlab chiqadi. Ishlarni bajarish loyihasi ob’yekt qurilishini rejalashtirilgan muddati, 
hajmi va ayrim ishlar murakkabligiga qarab qurilish tashkilotining qarori asosida ishlab chiqilishi 
mumkin:
• butun bino va inshoot qurilishiga;
• binoni ayrim qismini barpo etishga, ya’ni er osti yoki er usti qismi, seksiya, oraliq, qavat, 
yarus;
• texnik jihatdan murakkab ayrim qurilish ishlarini bajarish uchun;
• tayyorlov davri ishlari uchun.
Zamonaviy konstruksiyalar, montajning yoki bino va inshootlarning monolit 
konstruksiyalarini barpo etishdagi o’ziga xosligi, barpo etishda qo’llaniladigan nooddiy usullar, 
qurilishni tashkil etish, mexanizatsiyalashtirish va texnologiyasida maxsus muhandislik echimlarini 
qabul qilinishini taqoza qiladi. Montaj ishlarini bajarish uchun kerakli asosiy tashkiliy- texnologik 
echimlar IBL tarkibida bo’lib, u qo’yidagilar uchun ishlab chiqiladi.
• qurilish-montaj ishlarining eng samarali bajarish usulini aniqlash uchun;
• barcha xarajat turlarini kamaytirish uchun;
• qurilish muddatini qisqartirish uchun;



Download 234.76 Kb.
1   2   3   4   5




Download 234.76 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities

Download 234.76 Kb.
Pdf ko'rish