Beton va temir-beton rivojlanish tarixi va hozirgi kundagi




Download 149.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana30.05.2023
Hajmi149.28 Kb.
#67247
  1   2
Bog'liq
Independent work, Mustaqil ish AT va HXA, OAK jurnallari 2019-2022 yillar, 1-mustaqil ish Muzaffarov Nuriddin, 3-mavzu Pedagogik riskologiyaning 2 soat, 4, Iqtisodiy tahlil darslik (2), 1 topshiriq att, BOLTIBOYEVA RUXSHONA, 2 лаборатория (1), 1709922592, 1710515490, 10-sinf nazorat ishi 8, 524047.pptx



2-mavzu: 
BETON VA TEMIR-BETON RIVOJLANISH TARIXI VA HOZIRGI KUNDAGI 
HOLATI. BETON HAQIDA ASOSIY MA’LUMOTLAR
Reja: 
1. Beton va temir-beton texnologiyasini rivojlanish tarixi.
2. Beton va temir-beton ishlab chiqarish sohasidagi ilmiy texnologik rivojlanishining 
asosiy yo‘nalishi. 
3. Temir-beton sanoatini rivojlanishi va hozirgi kundagi holati. 
Beton va temir-beton texnologiyasini rivojlanish tarixi haqida qisqacha 
ma’lumot. Beton – eng qadimiy qurilish materiallaridan biri hisoblanadi. Eramizdan 3600 
yil ilgari Misr labirinti galereyalari, Ulug‘ Xitoy devorining bir qismi (eramizdan 3 asr 
ilgari), Hindiston, qadimiy Rim va boshqa joydagi qurilish va inshootlarda beton 
ishlatilgan. Ammo beton va temir-beton konstruksiyalar qurilishda keng ishlatilishi XIX 
asrning ikkinchi yarmidan boshlandi, bu esa beton va temir -beton uchun asosiy ashyo 
bo‘lgan sementni sanoatda ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlab chiqarishni yulga 
qo‘yilaboshlagan davrga to‘g‘ri keladi. 30 yillarda betonni titratish orqali zichlashtirish usuli 
yaratilgan-dan so‘ng betonlarni mustahkamligini oshirish, sement sarfini kamaytirish, 
chidamliligini oshirish va bikir hamda kam hara -katlanuvchi beton qorishmalarini zich 
joylashishini ta’minlash amalga oshdi. 
XIX asrning 80 yillarida prof. A.R. Shulyachenko gidravlik bog‘lovchi moddalar 
va sementni olish va ularni qotish nazariya -sini ishlab chiqdi va shuning asosida 
chidamli beton konstruk-siyalar olishni isbot qildi. Prof. N.A. Belelyubskiy 1891 yili 
temir-beton konstruksiyalar bilan keng miqyosda tajribalar o‘tkazib, shu konstruksiyalarni 
qurilishga tatbiq etgan. Prof. I.G. Malyuga 1895 yili yozgan ilmiy asarida yuqori 
mustahkamlikka ega bo‘lgan beton tarkibini tanlash va olishni hamda beton 
mustahkamligini asosiy qonuniyatlarini ko‘rsatib o‘tdi. 1912 yili N.A. Jitkevichning 
"Beton va beton ishlari" nomli kapital asari chop etildi. 
XX asr boshlarida turli ellarda ham beton texnologiyasiga tegishli ko‘p ishlar yaratildi, 
ulardan muhimlari quyidagilardir: R. Fere (Fransiya), O. Graf (Germaniya), I. Bolomey 
(Shveysariya), D. Abrams (AQSh). 
Yig‘ma temir-betonni rivojlanishiga sement, metallurgiya, mashinasozlik 
sanoatlarini rivojlanishi sabab bo‘ldi, hamda uning texnologiyasini rivojlanishi sement va 
betonlar haqidagi fanga mustahkam ilmiy asoslangan. 
Beton texnologiyasi va yig‘ma temir-beton konstruksiyalar ishlab chiqarishni 
rivojlantirishda asosiy yo‘llanmalar quyida-gilar bo‘lishi kerak: yig‘ma temir-beton 
konstruksiyalarni sifat darajasi va samarasini oshirish; ishlab chiqarishda mehnat 
sarfini va metall sarfini kamaytirish; bog‘lovchi moddalarning samarali turlari, armatura 
po‘latlari, yuqori sifatli to‘ldiruvchilar va kompleks kimyoviy qo‘shimchalarni ko‘plab 
ishlab chiqarishni tashkil etish va ishlabchiqarish, konstruksiyalarni og‘irligini 
kamaytirish va o‘lchamlarini kattalashtirish; beton va temir-beton konstruksiyalarini 
ishlab chiqarish texnologiyasini tubdan yaxshilash uchun eng zamonaviy texnologik 
jarayonlarni keng qo‘lamda tadbiq qilish; yuqori unumdor avtomatik uskunalarni
robotlarni, manipulyatorlarni ishlatish; betonlarning xossalarini aniqlashda mahsulotlarning 
sifatini boshqarish va nazorat sistemasini eng sifatlisini qo‘llash; hisoblash texnikasidan keng 
foydalanish; chiqindiga chiqarmaydigan va resurslarni tejamlash texnologiyasini qo‘llash; 



sanoat chiqindilari va ikkilamchi mahsulotlarni keng ko‘lamda qo‘llash; ishchi, energiya 
va material resurslarini tejamkorligini oshirish maqsadida ishlab chiqarish rezervlaridan 
foydalanish darkor. 
Beton deb bog‘lovchi moddalar, suv, mayda va yirik to‘ldiruvchilarning ma’lum 
proporsional miqdorlarda olingan qorishmani yaxshilab aralashtirish, zichlashtirish va qotishi 
natijasida olingan sun’iy tosh materialiga aytiladi. 
Qurilishda sement yoki boshqa noorganik bog‘lovchi moddalardan tayyorlangan betondan 
keng ko‘lamda foydalaniladi. Bu betonlar asosan suv bilan qorishtiriladi. Betonning faol tashkil 
etuvchilari sement va suvdir, ularning reaksiyaga kirishishi natijasida to‘ldiruvchi zarralarini 
biriktiradigan yaxlit quyma sement toshi hosil bo‘ladi. Sement va suv betonning faol tarkibiy 
moddalari hisoblanadi: ular orasidagi reaksiyalar natijasida to‘ldiruvchi zarralarini yaxlit 
monolitga bog‘lovchi sement toshi paydo bo‘ladi.
Sement va to‘ldiruvchi orasida kimyoviy ta’sirlashuv yuzaga kelmaydi (avtoklav ishlov 
berish orqali olinadigan silikat betonlardan boshqa). Shuning uchun to‘ldiruvchilarni inert
ashyolar deb ataydilar. Biroq, ular beton xususiyati va tarkibiga ta’sir qiladi va bu ta’sirni beton 
tarkibini loyihalashda hisobga olish taqazo etiladi.
To‘ldiruvchi sifatida asosan mahalliy tog‘ jinslari va ishlab chiqarish chiqindilari (shlaklar 
va boshqalar)dan foydalaniladi. Bunday arzon to‘ldiruvchilardan foydalanish betonning narxini 
arzonlashtiradi, chunki to‘ldiruvchi va suv betonning 85-90 % ni, sement esa 10-15 % hajmini 
tashkil etadi. Keyingi yillarda qurilishda g‘ovak sun’iy to‘ldiruvchilardan tayyorlangan yengil 
beton keng ko‘lamda qo‘llanilmoqda. G‘ovakli to‘ldiruvchilar beton zichligini pasaytiradi, bu esa 
uning issiqlikni tutib qolish xususiyatini yaxshilaydi. 
Beton va beton qorishmasining xususiyatlarini boshqarish uchun uning tarkibiga kimyoviy 
qo‘shimcha aralashtirilib, beton qorishmasining qotishi tezlashtiriladi yoki sekinlashtiriladi, uni 
ancha plastik va qulay quyiluvchanligi oshiriladi, qotish jarayoni tezlashtiriladi, uning 
mustahkamligi va sovuqqa chidamliligini ko‘tariladi. Zarur hollarda beton xususiyatlari boshqa 
yo‘nalishda o‘zgartiriladi. 
Beton – asosiy qurilish ashyosidir. Unga keng qamrovda turli xususiyatlar, jumladan 
mustahkamlik, zichlik, issiqlik o‘tkazuvchanlik va boshqa shu kabi xossalarni berish mumkin.

Download 149.28 Kb.
  1   2




Download 149.28 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Beton va temir-beton rivojlanish tarixi va hozirgi kundagi

Download 149.28 Kb.
Pdf ko'rish