International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities




Download 234,76 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana15.12.2023
Hajmi234,76 Kb.
#119746
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 (9) (1)

International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities 
Hosted from Washington, DC USA 
httpseconferencezone.org March 20
th
-21
st 
2022 

• mexanizatsiya vositalaridan to’liq foydalanish uchun;
• ishlarni bajarish xavfsizligini ta’minlash uchun.
Bino va inshoot qurilishi uchun ishlab chiqiladigan ishlarni bajarish loyihasi ishlarni 
bajaruvchi buyurtmachi sifatidagi qurilish yoki montaj tashkilotining topshirig’i asosida ishlab 
chiqiladi. IBLni ishlab chiqish uchun boshlang’ich ma’lumotlar quyidagilardir:
• buyurtmachidan IBLni ishlab chiqish uchun topshiriq;
• ob’yekt qurilishi uchun oldin ishlab chiqilgan QTEL;
• kerakli zaruriy loyiha hujjatlari−ishchi chizmalar, hisoblar;
• qurilishni o’ziga xosligini e’tiborga oluvchi omillar − konstruksiya, material va detallarni 
etkazib berish shart-sharoitlari, qurilish mashinalari va transport vositalarining mavjudligi, ishchi 
kadrlar bilan ta’minlanganligi;
• o’xshash bino va inshootlarning qurilishiga doir hujjatlar va hisoblar. 
Topshiriqda hujjatlarni tayyorlash muddati ko’rsatilgan bo’lishi kerak, shuningdek, IBLni 
ma’qul loyihalash uchun ishlarni bajarish grafigi va smetasi, metallkonstruksiyalar to’plamining 
ishchi chizmalari, yig’ma-temirbeton chizmalari, montaj tugunlarining chizmalari va ro’yxati, 
montaj konstruksiyalarining kelishilgan etkazish muddatlari. Alohida bino qurilishida IBL ning 
tarkibi va mazmuni.
1. Ob’yekt bo’yicha ishlarni bajarish kalendar plani yoki majmuali to’rli grafikda barcha 
ishlarni bajarish ketma-ketligi va ularni bajarish muddatlari imkon qadar ishlarni birgalikda 
bajarilishini e’tiborga olgan holda, qurilish mashinalarini me’yoriy ishlash vaqti, mehnat resurslari 
va mexanizatsiya vositalariga bo’lgan talab, alohida brigada yoki jamoalar zimmasiga yuklatiladigan 
ishlar, ularning miqdoriy va kasbiy tarkibi o’rnatiladi.
2. Qurilish bosh plani (QBP), u o’z ichiga oladi:
• qurilish maydonining chegarasi va uni to’sish devorining turlari;
• doimiy va vaqtinchalik tarmoqlar va kommunikatsiyalar;
• doimiy va vaqtinchalik yo’llar;
• transport vositalarini va qurilish mexanizmlarini harakat sxemalari;
• qurilish mashinalari va yuk ko’tarish mexanizmlarining ularning harakat yo’llari va ta’sir 
zonasini ko’rsatish bilan o’rnatilish joylari;
• quriladigan hamda vaqtinchalik bino va inshootlar;
• avtotransportni yuvish zonasi;
• maishiy xonalar joylashuvi;
• ishchilarni harakat yo’li, bino va inshootga kirish yo’lkalari;
• qurilish maydonining elektr ta’minoti va yoritish manbaalari;
• material va konstruksiyalarni joylashtirish maydonlari va asrash binolari;
• yong’inga qarshi joylashtirilgan suv quvurlari va gidrantlar;
• konstruksiyalarni yiriklashtirib yig’ish maydonlari; 
• qo’riqchilarni nazorat-o’tkazish punktlari.
3. Alohida ish va jarayonlarni bajarish texnologik xaritalari va sxemalari.
4. Konstruksiyalar, buyumlar va materiallarni ob’yektga keltirish grafigi.
5. Ob’yektdagi ishchilarga bo’lgan talab grafigi.
6. Asosiy qurilish mashinalarining ishlash grafigi.
7. Geodezik ishlarni bajarish bo’yicha echimlar.
8. Xavfsizlik texnikasi bo’yicha qarorlar.
9. Qurilish ishlarini bajarish uchun kerakli texnologik inventar va uskunalar ro’yxati, yuklar 
va konstruksiyalarni ildirish sxemalari.
10. Texnika-iqtisodiy ko’rsatkichlari bayon etilgan tushuntirish xati. Juda murakkab 
konstruksiyali yoki ishlarni bajarish usuli murakkab inshootlar qurilishi uchun IBLga qo‗shimcha 
ravishda maxsus yordamchi inshootlar uchun, moslamalar, konstruksiyalar va texnologik 
echimlarga mos ishchi chizmalar ishlab chiqiladi.



Download 234,76 Kb.
1   2   3   4   5




Download 234,76 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



International Conference on Developments in Education, Sciences and Humanities

Download 234,76 Kb.
Pdf ko'rish