Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni




Download 136,96 Kb.
bet4/23
Sana25.05.2024
Hajmi136,96 Kb.
#253366
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23
Bog'liq
Hudular davlat kadastri yakuniy javoblari

Ҳудудларнинг давлат кадастрини юритиш Геодезия ва картография миллий маркази, тегишли ҳудудий ер тузиш ва кўчмас мулк кадастри давлат корхоналари томонидан амалга оширилади.



  1. Kuchmas mulk kadastrlariga kiruvchi kadastr turlari haqida ma’lumot

1. Davlat yer kadastri yerlarning tabiiy, xo’jalik va huquqiy toifalari, sifat xususiyatlari va qiymati, yer uchastkalarining o’rni va o’lchamlari, va ularni yer egalari, yerdan foydalanuvchilar, ijarachilar va mulkdorlar o’rtasidagi taqsimoti to’g’risidagi ma‘lumotlar va hujjatlar tizimidan iboratdir.
O’zbekiston Respublikasining yer fondi davlat yer kadastri ob‘ekti hisoblanadi. Yerning tabiiy xossalarini, huquqiy holatini va undan foydalanishni har tomonlama o’rganish va baholash davlat yer kadastrining mavzusi hisoblanadi.
Yer kadastri axborotini ishlab chiqish texnologiyasini doimiy ravishda takomillashtirish, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va foydalanuvchilarga ishonchli va tejamli axborot berish davlat yer kadastrining asosiy vazifalari hisoblanadi.Davlat yer kadastrini yuritish aerokosmik suratga olish, topografik-geodezik, kartografik, tuproq, agrokimyoviy, geobotanik va boshqa tadqiqotlar olib borish asosida, yerlarning miqdor va sifat jihatidan hisobga olish va baholash, yuridik va jismoniy bilan ta‘minlanadi.
Davlat yer kadastri yer munosabatlarini tartibga solish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni yer to’g’risidagi axborot bilan ta‘minlash, yerdan oqilona foydalanishni, qayta tiklash va muhofaza qilishni, yer tuzishni tashkil etish, yer uchun haq to’lash miqdorlarini asoslash, xo’jalik faoliyatini baholash uchun mo’ljallangan.
Quyidagilar davlat yer kadastrining tarkibiy qismlari hisoblanadi: yer uchastkalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni ijaraga yoki mulk etib olish huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazish to’g’risidagi ma‘lumotlarni, shuningdek servitutlarni va ushbu huquqlarga doir boshqa cheklashlarni hisobga olish; yer miqdorini hisobga olish; yer sifatini hisobga olish (tuproq bonitetini aniqlash); yerni qiymat jihatidan baholash.
Quyidagilar davlat yer kadastrini yuritishning asosiy tamoyillari hisoblanadi: respublikaning butun hududini qamrab olish; fazoviy koordinatlarning yagona tizimini qo’llash; yer kadastriga doir axborot ishlab chiqilishi uslubiyatining birligi va uzluksizligi; yer kadastri axborotining ishonchliligi va tejamliligi.
Davlat yer kadastri ma‘lumotlari asosiy (dastlabki) va joriy ma‘lumotlarga bo’linadi. Asosiy ma‘lumotlar dastlabki ro’yxatdan o’tkazish vaqtida olingan va davlat yer kadastriga kiritilgan ma‘lumotlar hisoblanadi.Davlat yer kadastri ma‘lumotlarini qayta ro’yxatdan o’tkazish va (yoki) o’zgartirish jarayonida olingan ma‘lumotlar joriy ma‘lumot hisoblanadi. Davlat yer kadastri Davlat kadastrlarining yagona tizimini, boshqa kadastr tizimlari va monitoringlarini yaratish va yuritish uchun fazoviy-huquqiy asos hisoblanadi.
Davlat kadastrlarini yagona tizimga kiritish uchun yer-kadastr axborotining tarkibi va taqdim etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo’mitasi tomonidan belgilanadi.Yer kadastri axborotidan yer munosabatlarini tartibga solishda, yerdan foydalanish bilan bog’liq ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik vazifalarni hal etishda foydalanilishi kerak.
2. Binolar va inshootlar davlat kadastri hududiy prinsip bo’yicha tashkil etiladi va bu ob‘ektlarning huquqiy, xo’jalik va arxitektura-qurilish maqomi to’g’risidagi ma‘lumotlar tizimini mujassamlashtiradi. Binolar va inshootlar davlat kadastri binolar va inshootlardan samarali foydalanishni va ularni muhofaza qilishni, mulk egalarining va bu ob‘ektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazilishini ta‘minlash uchun yuritiladi.
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo’yicha munosabatlar O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinadi. Binolar va inshootlar davlat kadastri ma‘lumotlari barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga egadir.
Kadastr hujjatlari binolar va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirishda, ularni loyihalashtirishda va boshqa yuridik harakatlarda huquqiy, iqtisodiy va texnik ma‘lumotlar sifatida qabul qilinishi kerak.Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bu ob‘ektlar to’g’risidagi kadastr ma‘lumotlarini shakllantirishdagi ishonchli hujjatlar va boshqa ma‘lumotlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Binolar va inshootlar to’g’risidagi kadastr ma‘lumotlari mulk egalari, ularga ashyoviy huquqlarga ega bo’lgan shaxslar, uchinchi shaxslar, davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ va boshqa davlat organlari tomonidan sudda talashishi mumkin.
Binolar va inshootlarning davlat kadastrini yurituvchilar hamda bunda qonun buzilishlarini aniqlaganlar, bu haqida tegishli davlat organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokuraturaga xabar berishga majburdirlar.
Mulk egasi bo’lgan binolar va inshootlarga ashyoviy huquqlarga ega yuridik va jismoniy shaxslar o’z huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi hujjatlarga ega bo’lishlari shart. Bino va inshootlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish majburiyati mulk egasiga yoxud bino yoki inshootga ashyoviy huquqlarga ega bo’lgan shaxsga yuklanadi. Ular bino yoki inshootni davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha barcha yoki ayrim majburiyatlarini uchinchi shaxslarga yuklashlari mumkin. Bu huquqlarni va majburiyatlarni ro’yobga chiqarish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik yoki jismoniy shaxslar yoki ular tomonidan vakolat berilgan shaxslar bino yoki inshootga bo’lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo bo’lgandan, o’zgargandan va to’xtagandan yoxud huquqiy holati o’zgargandan keyin bino va inshootga kadastr yig’ma jildini tayyorlash va uni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun «Davyergeodezkadastr» qo’mitasining tuman (shahar) yer tuzish va ko’chmas mulk kadastri davlat korxonasiga, huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtma berishlari shart.
Binolar va inshootlar davlat kadastri tuman, shahar kadastr daftaridan, kadastr rejasidan, kadastr hujjatlaridan va geofondlardan, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan tartibda shakllantiriladigan kompyuter ma‘lumotlaridan iborat bo’ladi. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ham an‘anaviy (kadastr daftarida ro’yxatdan o’tkazish, kadastr rejasiga kiritish) va ham avtomatlashtirilgan (ma‘lumotlar kompyuter bankini yaratish) usullarda uch bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich — binolar va inshootlarning tuman, shahar darajasidagi huquqiy, xo’jalik va arxitektura-qurilish maqomi to’g’risida ma‘lumotlar to’plash va kadastr daftarida ro’yxatdan o’tkazish;
2-bosqich — ob‘ektlarni chizmada joylashtirib kadastr planini tuzish;
3-bosqich — oldingi bosqichlarda olingan ma‘lumotlarni hisobga olgan holda ma‘lumotlar kompyuter bazasini yaratish.
3. Madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri madaniy meros ob‘ektlarining davlat muhofazasini hamda ulardan oqilona foydalanishni ta‘minlash maqsadida yuritiladi. Ushbu kadastr madaniy meros ob‘ektlarining geografik joylashishi, huquqiy maqomi, miqdoriy, sifat tavsiflari va bahosi to’g’risidagi yangilab turiladigan ma‘lumotlar va hujjatlar tizimini ifodalaydi.
Quyidagilar Davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
respublikaning butun hududida madaniy merosning barcha ob‘ektlarini kadastr bilan qamrab olish; kadastr axborotini shakllantirishning yagona metodologiyasi; kadastr yuritishni markazlashtirilgan tarzda boshqarish; kadastrlar yagona tizimi talablarini ta‘minlash; kadastr axborotining ishonchliligi hamda uni to’ldirish va yangilab borishning uzluksizligi; kadastr axborotidan foydalanish mumkinligi. Davlat kadastrini yuritish madaniy meros ob‘ektlariga mulkchilik huquqini va boshqa huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni, madaniy meros ob‘ektlarini miqdoriy va sifat tavsiflarini hisobga olishni, madaniy meros ob‘ektlarini sifat va qiymat jihatidan baholashni, kadastr axborotini turkumlashtirish, saqlash va yangilashni, madaniy meros ob‘ektlarining holati to’g’risidagi hisobotlarni tuzishni, Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborotni taqdim etishni, foydalanuvchilarni kadastr axboroti bilan ta‘minlashni o’z ichiga oladi. O’zini tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o’zga madaniy qimmatiga ega bo’lgan yodgorliklar, ansambllar va diqqatga sazovor joylar Davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi.
Ushbu kadastrni O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish mintaqaviy davlat inspeksiyalari tomonidan yuritiladi. Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo’yicha ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati: madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastrining yuritilishini muvofiqlashtiradi; normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi; kadastr yuritilishini nazorat qiladi; mintaqaviy inspeksiyalar kadastr hisobotlarini turkumlashtiradi; kadastr xizmatlarini moddiy-texnik ta‘minlaydi; madaniy meros ob‘ektlarining davlat kadastri avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqadi; manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastr materiallaridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi; Davlat kadastrlari yagona tizimiga zarur kadastr axborotini beradi. Mintaqaviy inspeksiyalar: madaniy meros ob‘ektlari, mulkchilik ob‘ektlari va sub‘ektlari, madaniy meros ob‘ektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ular ijarasi, ulardan maqsadli foydalanish to’g’risidagi ma‘lumotlar hisobini hamda ulardan foydalanish rejimini yuritadi; madaniy meros ob‘ektlari to’g’risidagi miqdor va sifat axborotini to’playdi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha madaniy meros ob‘ektlari ro’yxatini tuzadi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniy meros ob‘ektlari bo’yicha kadastr daftarini yuritadi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniy meros ob‘ektlarining joylashishi sxemasini tuzadi. Davlat kadastrini yuritish ishlari davlat byudjeti hisobiga mablag’ bilan ta‘minlanadi va unda respublika hududidagi barcha madaniy meros ob‘ektlari to’g’risidagi ma‘lumotlar yig’iladi.
4. Davlat shaharsozlik kadastri - ushbu kadastr ob‘ektlari, ularning geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to’g’risidagi yangilab boriladigan ishonchli ma‘lumotlar tizimidir.
Davlat shaharsozlik kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaharlar, aholi punktlari hamda qishloqlar orasidagi hududlarni rivojlantirishni, ular to’g’risidagi shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya qilish asosida hayotiy faoliyatning qulay muhitini, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirishni axborotlar bilan ta‘minlash maqsadida yuritiladi. Shaharsozlik faoliyati amalga oshiriladigan aholi punktlari, qishloqlar va ular orasidagi qismlari Davlat shaharsozlik kadastrining ob‘ektlari hisoblanadi. Shaharsozlik faoliyati deyilganda davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarnishahar va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish faoliyati, yer uchaskalaridan foydalanish turlarini belgilash, fuqarolar, jamoatchilik va davlat manfaatlarini, shuningdek hududlar va aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, binolar, inshootlar va boshqa ob‘ektlarni loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo’mitasi (keyingi o’rinlarda "Davarxitektqurilish" qo’mitasi deb yuritiladi) Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Davlat shaharsozlik kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni kadastr ob‘ektlari to’g’risidagi ishonchli ma‘lumotlar bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan.
Quyidagilar Davlat shaharsozlik kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasining butun hududini to’liq qamrab olish;
makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qo’llash; kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish qulayligi. Hududlardan foydalanilish, foydalanish shartlari, shaharsozlik qoidalari va hududda amal qiladigan shaharsozlik reglamentlari to’g’risidagi ishonchli ma‘lumotlar Davlat shaharsozlik kadastrining asosini tashkil qiladi. Shaharsozlik reglamenti deyilganda aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalari bilan belgilangan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchaskalaridan hamda aholi punktlari va qishloqlar orasidagi hududlarning ko’chmas mulki boshqa ob‘ektlaridan foydalanish parametrlari va turlari yig’indisi tushuniladi. Davlat shaharsozlik kadastri material va ma‘lumotlari quyidagilardan iborat bo’ladi: topografiya-geodeziya va kartografiya materiallari; hududlarning ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik holati to’g’risidagi ma‘lumotlar; muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlari, shuningdek hududlarning obodonlashtirilganligi to’g’risidagi ma‘lumotlar; hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni va ularni qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to’g’risidagi ma‘lumotlar; hududlarni zondlash va hududiy zonalarning shaharsozlik reglamentlari to’g’risidagi ma‘lumotlar; uy-joy fondining texnik holati to’g’risidagi ma‘lumotlar; shaharsozlik faoliyati ob‘ektlari monitoringi ma‘lumotlari. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish hududiy arxitektura va qurilish hamda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan kadastr ob‘ektlari to’g’risidagi ma‘lumotlarni majburiy ravishda tekin berishni nazarda tutadi.
Kadastr hujjatlari Davlat shaharsozlik kadastri ob‘ektlari to’g’risidagi huquqiy, iqtisodiy, texnik va rejalashtirish ma‘lumotlarining boshlang’ich manbai sifatida qabul qilinadi va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda barcha davlat boshqaruvi organlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy kuchga ega bo’ladi.
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish qog’oz vayoki elektron manbalarda amalga oshirilib kadastr ob‘ektlari to’g’risidagi tizimlashtirilgan axborotlar belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi. Ushbu kadastrni yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat byudjeti hisobiga amalga oshiriladi. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish "Davarxitektqurilish" qo’mitasining quyidagi tarkibiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi: "Davarxitektqurilish" qo’mitasining vakolatli tashkiloti; hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli idoralari. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik va metodik ta‘minlash "Davarxitektqurilish" qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladi. "Davarxitektqurilish" qo’mitasining vakolatli tashkiloti: Davlat shaharsozlik kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni va uning faoliyatini ta‘minlaydi; ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli bo’linmalariga berishni amalga oshiradi, ma‘lumotlar bazasining to’g’ri to’ldirilishini nazorat qiladi; hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli bo’linmalari xodimlarini Davlat shaharsozlik kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o’qitishni tashkil qiladi; hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotlarini tizimlashtirishni va kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishni amalga oshiradi; Kadastrni yangi ob‘ektlari to’g’risidagi hisobga olish va baholash axborotlarini nazorat qiladi; kadastr axborotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berishni amalga oshiradi; Kadastr ob‘ektlarining holati va ulardan foydalanish to’g’risidagi hisobotni Davlat kadastrlari yagona tizimiga har yili belgilangan tartibda taqdim etadi.
5. O’zbekiston Respublikasi Gidrotexnika inshootlarining kadastri Gidrotexnika inshootlarining texnik holatini hisobga olish va baholash, ularning bexatar ishlashini ta‘minlash maqsadida yuritiladi.
Gidrotexnika inshootlari kadastri inshootning tabiiy shart-sharoitlari, joylashgan o’rni, texnik, sifat va miqdor tavsifnomalari, xizmat qilish muddati, egasi to’g’risidagi va boshqa ma‘lumotlarni tashkil etuvchi ma‘lumotlar tizimi va hujjatlardan iborat bo’ladi. Davlat mulki bo’lgan gidrotexnika inshootlari, shuningdek korxonalarning respublika va mintaqalar suv xo’jaligi va energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlari kadastr ob‘ekti hisoblanadi. Gidrotexnika inshootlari kadastri inshootlarning texnik holatini har tomonlama o’rganish va baholash, sifat va miqdor tavsifnomalarini va foydalanish darajasini hisobga olish maqsadida yuritiladi. Ma‘lumotlarni ishlab chiqish, turkumlash, saqlash, yangilash va ob‘ekt haqida axborot taqdim etish texnologiyasini takomillashtirish gidrotexnika inshootlari kadastrining asosiy vazifasi favqulodda vaziyatlarning paydo bo’lish xavfini tug’diruvchi gidrotexnika inshootlarini qamrab olish, yuritish uslubining yagonaligi, axborotlarning haqqoniyligi esa kadastrni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi. Gidrotexnika inshootlari kadastri manfaatdor organlarni ehtimoli bo’lgan avariyalarning oldini olish maqsadida inshootlarni xavfsizligini, foydalanishni to’g’ri tashkil etish, ularning texnik holatini baholash to’g’risidagi axborotlar bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan.
Kadastrini yuritish topogeodeziya qidiruvlarini, gidrologiya, geologiya, gidrogeologiya, geofizika, naturada kuzatishlar inshootlar tarkibi, suv xo’jaligi, suv-energetika, texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar, konstruktiv chizmalar, inshoot holatini belgilovchi defektlarni aniqlash va boshqa maxsus tadqiqotlarni olib borish, shuningdek gidrotexnika inshootlarini maxsus reestrda ro’yxatdan o’tkazish bilan ta‘minlanadi. Bunda kadastrni yuritish ishlari davlat byudjetidan mablag’ bilan ta‘minlanadi. Gidrotexnika inshootlari kadastrida har bir inshootga kadastr raqami bergan holda inshootni maxsus reestrda ro’yxatdan o’tkazish, turkumlash, sifat va miqdorga oid tavsifnomalarni hisobga olish hamda inshoot bo’yicha ma‘lumotlarni tegishli shakllarga kiritish, saqlash, yangilash va axborotlarni foydalanish uchun berish nazarda tutiladi. Gidrotexnika inshootlari kadastrining mazmun bo’yicha shakllari O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, "O’zdavenergonazorat" davlat inspeksiyasi bilan kelishgan holda gidrotexnika inshootlari (suv ombori, nasos stansiyasi, gidrouzel, kanal, kollektor va boshqalar)ning aniq turiga muvofiq "Davsuvxo’jaliknazorat" inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Mukammalligi I, II, III klassgacha davlat mulki bo’lgan, shuningdek respublika va mintaqalar suv xo’jaligi va energetika tizimiga kiruvchi gidrotexnika inshootlari kadastri ―Davsuvxo’jaliknazorat‖ inspeksiyasi tomonidan, mukammalligi III klassdan past bo’lgan boshqa gidrotexnika inshootlari bo’yicha inshootlarning mansubligiga qarab O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi, "O’zbekenergo" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan yuritiladi. Gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish yuklangan organlar gidrotexnika inshootlarining texnik holati va xavfsizligi ustidan nazorat (monitoring)ni ta‘minlaydilar.
Gidrotexnika inshootlari kadastr ma‘lumotlarini yangilashda inshootning tavsifnomasiga va texnik holatiga ta‘sir qiluvchi rekonstruksiya qilish va kapital ta‘mirlash va boshqa omillar natijasida ro’y bergan o’zgarishlar aniqlanadi va ro’yxatdan o’tkaziladi. Inshootlar egalari bir oy muddatda gidrotexnika inshootlari kadastrini yuritish yuklangan organlarga ko’rsatib o’tilgan o’zgarishlar haqida axborot taqdim etishga majburdirlar.

Download 136,96 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   23




Download 136,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni

Download 136,96 Kb.