|
Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni
|
bet | 5/23 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 136,96 Kb. | | #253366 |
Bog'liq Hudular davlat kadastri yakuniy javoblari3-variant
Yer resurslaridan foydalanishni boshqarishning maqsadi nima?
Yer fondi toifalari necha xil buladi, har biri haqida ma’lumot bering?
Pichanzorlar qaysi yer fondi toifasiga kiradi?
Avtomobil yo’llar kadastri haqida ma’lumot bering
Avtomobil yo’llari davlat kadastri - avtomobil yo’llari ob‘ektlarini, geografikholati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to’g’risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi. "O’zavtoyo’l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi kadastrni yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Avtomobil yo’llari ob‘ektlarining miqdor va sifat tavsiflarini hisobga olish uchun "Davyergeodezkadastr" qo’mitasi bilan kelishuv bo’yicha "O’zavtoyo’l" davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan texnik parametrlar va kadastr axborotini taqdim etish formatlari ishlab chiqiladi. Hisobga olish axboroti korxonaning kadastr daftariga yoziladi va avtomobil yo’llari davlat kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritiladi.
4-variant
Yaylovlar qaysi yer fondi toifasiga kiradi ?
Davlat yer kadastrini yuritish to‘g‘risidagi qaror qachon qabul qilingan va vazifalari?
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 31.12.1998 y. ―O’zbekiston Respublikasida davlat yer kadastrini yuritish to’g’risida‖gi № 543-sonli qarori
O‘rmon kadastrini yuritish nima uchun zarur hisoblanadi?
Davlat o’rmon kadastri kadastr ob‘ektlarining, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to’g’risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
Kadastr o’rmonlarning himoyalanganlik toifasini aniqlash maqsadida, o’rmonlardan oqilona foydalanishni, qo’riqlashni, muhofaza qilishni va qayta tiklashni tashkil etish, davlat o’rmon fondi yerlari tuzilmasida ro’y beradigan o’zgarishlar hujjatlarini yuritish va nazorat qilishning yagona tartibini belgilash uchun yuritiladi. O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan barcha o’rmonlar o’rmon kadastrining ob‘ektlari hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi huzuridagi O’rmon xo’jaligi bosh boshqarmasi kadastrni yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Davlat o’rmon kadastri o’rmon munosabatlarini tartibga solish, o’rmonlarni qo’riqlash, muhofaza qilish, ulardan oqilona foydalanish va ularni qayta tiklashni tashkil etish maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni o’rmonlar to’g’risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan.
Quyidagilar Davlat o’rmon kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha o’rmonlarni to’liq qamrab olish; makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografiya asosini qo’llanish; o’rmonlar to’g’risidagi kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi.
Bino va inshootlar davlat kadastri nima uchun zarur?
Binolar va inshootlar davlat kadastri hududiy prinsip bo’yicha tashkil etiladi va bu ob‘ektlarning huquqiy, xo’jalik va arxitektura-qurilish maqomi to’g’risidagi ma‘lumotlar tizimini mujassamlashtiradi. Binolar va inshootlar davlat kadastri binolar va inshootlardan samarali foydalanishni va ularni muhofaza qilishni, mulk egalarining va bu ob‘ektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazilishini ta‘minlash uchun yuritiladi.
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo’yicha munosabatlar O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinadi. Binolar va inshootlar davlat kadastri ma‘lumotlari barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga egadir.
Kadastr hujjatlari binolar va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirishda, ularni loyihalashtirishda va boshqa yuridik harakatlarda huquqiy, iqtisodiy va texnik ma‘lumotlar sifatida qabul qilinishi kerak.Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bu ob‘ektlar to’g’risidagi kadastr ma‘lumotlarini shakllantirishdagi ishonchli hujjatlar va boshqa ma‘lumotlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Binolar va inshootlar to’g’risidagi kadastr ma‘lumotlari mulk egalari, ularga ashyoviy huquqlarga ega bo’lgan shaxslar, uchinchi shaxslar, davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ va boshqa davlat organlari tomonidan sudda talashishi mumkin.
Binolar va inshootlarning davlat kadastrini yurituvchilar hamda bunda qonun buzilishlarini aniqlaganlar, bu haqida tegishli davlat organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokuraturaga xabar berishga majburdirlar.
Mulk egasi bo’lgan binolar va inshootlarga ashyoviy huquqlarga ega yuridik va jismoniy shaxslar o’z huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi hujjatlarga ega bo’lishlari shart. Bino va inshootlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish majburiyati mulk egasiga yoxud bino yoki inshootga ashyoviy huquqlarga ega bo’lgan shaxsga yuklanadi. Ular bino yoki inshootni davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha barcha yoki ayrim majburiyatlarini uchinchi shaxslarga yuklashlari mumkin. Bu huquqlarni va majburiyatlarni ro’yobga chiqarish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik yoki jismoniy shaxslar yoki ular tomonidan vakolat berilgan shaxslar bino yoki inshootga bo’lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo bo’lgandan, o’zgargandan va to’xtagandan yoxud huquqiy holati o’zgargandan keyin bino va inshootga kadastr yig’ma jildini tayyorlash va uni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun «Davyergeodezkadastr» qo’mitasining tuman (shahar) yer tuzish va ko’chmas mulk kadastri davlat korxonasiga, huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtma berishlari shart.
Binolar va inshootlar davlat kadastri tuman, shahar kadastr daftaridan, kadastr rejasidan, kadastr hujjatlaridan va geofondlardan, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan tartibda shakllantiriladigan kompyuter ma‘lumotlaridan iborat bo’ladi. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ham an‘anaviy (kadastr daftarida ro’yxatdan o’tkazish, kadastr rejasiga kiritish) va ham avtomatlashtirilgan (ma‘lumotlar kompyuter bankini yaratish) usullarda uch bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich — binolar va inshootlarning tuman, shahar darajasidagi huquqiy, xo’jalik va arxitektura-qurilish maqomi to’g’risida ma‘lumotlar to’plash va kadastr daftarida ro’yxatdan o’tkazish;
2-bosqich — ob‘ektlarni chizmada joylashtirib kadastr planini tuzish;
3-bosqich — oldingi bosqichlarda olingan ma‘lumotlarni hisobga olgan holda ma‘lumotlar kompyuter bazasini yaratish.
|
| |