• 1. Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilishni boshqarish, davlat organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlarini tahlil qilish.
  • 1. Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilishni boshqarish, davlat organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlarini tahlil qilish




    Download 113,5 Kb.
    bet1/5
    Sana20.05.2024
    Hajmi113,5 Kb.
    #245890
      1   2   3   4   5
    Bog'liq
    mish2


    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
    MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
    TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI


    Mavzu: Hayotiy faoliyat xavfsizligining huquqiy va tashkiliy asoslari


    Bajardi:Keldiyev Axror
    Tekshirdi:Xaydarbekova Mohira
    Guruh:430-21

    Reja:
    1. Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilishni boshqarish, davlat organlarining vakolatlarini tahlil qilish.
    2. Tashkilotning mehnatni muhofaza qilish xizmatlari.
    3. Mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan davlat va jamoatchilik nazoratini amalga oshirish usul va vositalarini o’rganish.
    4. O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat tizimining asosiy vazifalari, kuch va vositalari, rejimlarini o’rganish.
    1. Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilishni boshqarish, davlat organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlarini tahlil qilish.
    Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish deganda ko‘zda tutilgan natijalarga erishish “inson-muhit” tizimiga tashkiliy ta’sir qilishni tushunamiz.
    Hayot faoliyati xavfsizligini boshqarish - bu obektni ongli ravishda bir holatdan (xavfli) boshqa bir (xavfsiz) holatga o‘tkazishdir. Bunda ob’ektiv ravishda iqtisodiy va texnik shartlarga amal qilish maqsadga muvofiqdir.
    Tizimlilikka bo‘lgan talab shundan iboratki, bunda xavfsizlikni aniqlashda muhim va yetarli bo‘lgan tashkil qiluvchilar sonini hisobga olish ko‘zda tutiladi.
    Tizimli tahlil qilishning muhim prinsiplari quyidagilarga olib keladi:
    - qaror qabul qilish jarayonida oxirgi maqsadni aniqlash va aniqlik kiritishdan boshlanmog‘i kerak;
    - butun muammolarni to‘laligicha qarash muhimdir;
    - maqsadga erishishning alternativ yo‘llarini tahlil qilish lozim;
    - qo‘shimcha maqsadlar umumiy maqsadga to‘sqinlik qilmasligi kerak. Bunda maqsad - reallik, predmetlilik, sonli aniqlik, adekvatlik, samaralilik, nazoratlilik talablarini qondirishi kerak.
    Maqsadlarni vujudga keltirish - xavfsizlikni boshqarishda juda murakkab masaladir. Maqsadni har doim ierarxik tushuncha deb qarash kerak. Reja har doim aniq tugallangan maqsadni amalga oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Bu bosh maqsaddir. Bosh maqsad qism maqsadlarga bo‘linadi va o‘z navbatida muhimlik darajasiga qarab joylashtiriladi.
    Bosqichlarda, xavfsizlikning barcha talablari hisobga olingan holda, to‘liq faoliyat sikli hosil qilinadi, ya’ni: ilmiy fikr, ilmiy izlanish ishlari, konstruktorlik ishlari, loyiha, loyihani amalga oshirish, sinash, ishlab chiqarish, tashish, foydalanish, takomillashtirish va tuzilishini o‘zgartirish, saqlashga qo‘yish va bartaraf qilish, yo‘q qilish.
    Xavfsizlik talablarini o‘z vaqtida hisobga olish faqat texnik shartlargagina emas, balki iqtisodiy qarashlarga tayanadi.
    Boshqarish - bu shunday jarayonki, uni bir qancha bosqichlarga bo‘lish mumkin:
    1. Obektning holatini tahlil qilish va baholash;
    2. Boshqarishning maqsad va masalalarini amalga oshirish uchun tadbirlarni rejalashtirish va oldindan aniqlash;
    3. Boshqaruvchi va boshqariladigan tizimlarni bevosita tashkil qilish;
    4. Nazorat, ya’ni boshqarishni tashkil qilish ustidan kuzatish va tekshirish;
    5. Tadbirlarning samaradorligini aniqlash;
    6. Rag‘batlantirish, ya’ni boshqarish qatnashchilarini boshqaruv muammolarini muvaffaqiyatli hal qilishga undovchi ta’sir shakllari.
    HFXni boshqarish vositalarini quyidagi jihatlarga ajratish mumkin: fiziologik, psixologik, ijtimoiy, tibbiy, texnik, tashkiliy-operativ, huquqiy va iqtisodiy, tarbiyaviy, ergonomik, ekologik, ommani o‘qitish; xavfsizlik madaniyatini tarbiyalash; kasbiy o‘qitish; kasbiy tanlash; boshqarish subektiga psixologik ta’sir qilish; dam olish va ishlash rejimlarini qulaylashtirish; kollektiv himoyalanishning texnik va tashkiliy vositalari; shaxsiy himoya vositalari; yengillik va kompensatsiya to‘lovlari tizimi va boshqalar.

    Download 113,5 Kb.
      1   2   3   4   5




    Download 113,5 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    1. Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilishni boshqarish, davlat organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlarini tahlil qilish

    Download 113,5 Kb.