|
1. Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilishni boshqarish, davlat organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlarini tahlil qilish
|
bet | 5/5 | Sana | 20.05.2024 | Hajmi | 113,5 Kb. | | #245890 |
Bog'liq mish2FVDT rahbar organlari - bu aholini va hududlarni favqulodda vazi-yatlardan muhofaza qilish masalalarini hal etish vakolatiga kiradigan davlat boshqaruvi, mahalliy hokimiyat organlari va ob’ektlar ma’muriyatidir.
FVDTning kundalik boshqaruv organlari - bu FVDTning tegishli hududiy va funksional quyi tizimlariga hamda uning bo‘g‘inlariga bevosita kundalik boshqaruvni amalga oshiruvchi boshqaruv organlaridir. Ular quyi-dagilarni o‘z ichiga oladi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar favqulodda vaziyatlar boshqarmalari; shaharlar va tumanlar favqulodda vaziyatlar bo‘limlari; ob’ektlarning favqulodda vaziyatlar bo‘limlari (sho‘balar yoki maxsus tayinlangan mansabdor shaxslar); vazirliklar va idoralarning davlat nazorati organlari (nazorat-inspeksiya xizmatlari); vazirliklar va idoralarning favqulodda vaziyatlar bo‘limlari (sho‘balar yoki maxsus tayinlangan mansabdor shaxslar); Favqulodda vaziyatlar vazirligining favqulodda vaziyatlarni boshqarish markazi; favqulodda vaziyatlar boshqarmalari (bo‘limlari)ning tezkor-navbatchilik xizmatlari; vazirliklar, idoralar va ob’ektlarning navbatchi-dispetcherlik xizmatlari.
FVDTning asosiy vazifalari:
1. Tinchlik va harbiy davrda aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida huquqiy va iqtisodiy me’yoriy hujjatlarning yagona konsepsiyasini belgilash, ishlab chiqish va amalga oshirish.
2. Respublika hududida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan texnogen va tabiiy xususiyatli favqulodda vaziyatlarni prognozlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini baholash.
3. Favqulodda vaziyatlarning oldini olishga, odamlar xavfsizligini ta’minlashga, xavfli texnologiyalar va ishlab chiqarishlarning tavakkalchiligini pasaytirish, mulkchilik shaklidan va idoraviy bo‘ysinishidan qat’i nazar, iqtisodiyot tarmoqlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlar faoliyat ko‘rsatishining barqarorligini oshirishga qaratilgan maqsadli va kompleks ilmiy-texnik dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirish.
4. Boshqaruv organlari va tizimlarning favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish uchun mo‘ljallangan kuch va vositalarining doimiy tayyorligini ta’minlash.
5. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasidagi axborotlarni yig‘ish, ishlab chiqish, almashish va berish.
6. Aholini, boshqaruv organlarining mansabdor shaxslarini, FVDT kuchlari va vositalarini favqulodda vaziyatlarda harakat qilishga tayyorlash.
7. Favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun moliyaviy va moddiy resurslar zaxiralarini yaratish.
8. Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida davlat ekspertizasi, nazorati va tekshiruvini amalga oshirish.
9. Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish.
10. Favqulodda vaziyatlardan zarar ko‘rgan aholini ijtimoiy muhofaza qilishga oid tadbirlarni amalga oshirish.
11. Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida aholining, shu jumladan ularning oqibatlarini bartaraf etishda bevosita qatnashgan shaxslarning huquq va majburiyatlarini amalga oshirish.
12. Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish sohasida xalqaro hamkorlik qilish.
13. Vujudga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlardan sug‘urta qilishning maqbul tizimini ta’minlash.
FVDTning kuch va vositalari quyidagilardan iborat bo‘ladi:
fuqaro muhofazasi qo‘shinlari;
FVVga to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan tuzilmalari, qutqaruv tuzilmalari;
vazirliklar va idoralarning professional ixtisoslashtirilgan bo‘linmalari va tuzilmalari, respublika, mahalliy va ob’ektlar darajasida FVDT tegishli hududiy va funksional quyi tizimlarining qutqaruv xizmatlari va qutqaruv tuzilmalari, xizmatlari va tuzilmalari;
O‘zbekiston Qizil Yarim oy Jamiyatining ko‘ngillilar otryadlari (komandalari, guruhlari), «Vatanparvar» mudofaaga ko‘maklashuvchi tashkiloti.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari FVVga bo‘ysunadi hamda o‘z tezkor yo‘nalishlariga muvofiq harbiy davrda respublikaning muhim mudofaa va sanoat ob’ektlarida favqulodda vaziyatlarni tugatishga doir ishlarni olib boradi.
Fuqaro muhofazasi qo‘shinlari yirik ko‘lamdagi ishlab chiqarish avariyalari, halokatlar, tabiiy ofatlar chog‘ida qutqaruv ishlarini hamda boshqa kechiktirib bo‘lmaydigan ishlarni amalga oshirish va maxsus priborlar, texnikalar, asbob-uskunalar va tayyorlangan mutaxassislarni talab etuvchi favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Oliy Bosh Qo‘mondonining farmoyishiga binoan jalb etilishi mumkin.
FVVga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi qutqaruv tuzilmalari malakali mutaxassislar bilan butlangan va maxsus texnika, asbob-uskunalar, aslaha-anjomlar va boshqa qutqarish vositalari bilan jihozlangan, qutqaruv ishlarini avtonom rejimda kamida 72 soat ichida ta’minlashga mo‘ljallangan, doimiy tayyor holatdagi qutqaruv tuzilmalarini o‘z ichiga oladi. Jumladan Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasining alohida murakkab va uzoq davom etadigan yong‘inlarni o‘chirish bo‘yicha respublika ixtisoslashtirilgan otryadi.
FVVga tezkor bo‘ysunuvchi respublika ixtisoslashtirilgan va qutqaruv tuzilmalari O‘zbekiston Respublikasi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasining Maxsus avariya-tiklash boshqarmasini, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika tezkor tibbiy yordam ilmiy markazini va uning filiallarini, «O‘zbekiston havo yo‘llari» milliy aviakompaniyasining qidiruvchi havo kemalarini, mahalliy davlat hokimiyati organlari avtotashuvchilari hududiy uyushmalari avtotransport va avtosanitariya otryadlarini, shuningdek favqulodda vaziyatlarni tugatishga hamda FVDT kuchlari harakati va tadbirlarini ta’minlashga mo‘ljallangan FVDT funksional quyi tizimlarining boshqa tarkibiy bo‘linmalarini o‘z ichiga oladi.
Xulosa
Hayotiy faoliyat xavfsizligi huquqiy va tashkiliy asoslari jamiyatning boshqa sohalariga o'xshash e'tibor talab etadi. Bu, shaxsiy, ijtimoiy va iqtisodiy faoliyatni muhofaza qilish, insonlarning hayoti va yig'ilish joylarini himoya qilish, qonun va tartibni saqlashning kafolati hisoblanadi.Huquqiy asoslarga oid, hayotiy faoliyat xavfsizligi insonlarning erk va erkinliklariga e'tibor beradi. Buning o'rniga, insonlarning hayotini va salomatligini ta'minlash uchun qonunlar, shuningdek, jinoyat profilaktikasi va profilaktik qo'llab-quvvatlash tizimlari mavjud.Tashkiliy asoslar esa, hayotiy faoliyat xavfsizligini amalga oshirishda jamoat, davlat va xususiy tashkilotlar orasidagi hamkorlikni o'z ichiga oladi. Masalan, politsiya va yig'ilish xizmatlari, davlat tibbiyoti va yangiliklarga tezlik bilan munosib reaglash uchun tegishli tashkilotlar hamkorlik qilish kerak. Bunday tashkilotlar hayotiy faoliyat xavfsizligini ta'minlash, jarayonlarni monitoring qilish va urg'ulash, muammo va xavfli holatlarga tezda reaglash imkonini yaratishlari lozim.Barcha bu tashkiliy va huquqiy mehanizmalar birgalikda, jamoatning umumiy xavfsizlikni ta'minlashda muhim rol o'ynaydi. Huquqiy va tashkiliy asoslar hayotiy faoliyat xavfsizligini ta'minlashda katta ahamiyatga ega, chunki ular jamoatni, insonlarni va ularning yashash muhitlarini himoya qilish uchun zarur bo'ladi.
Foydalanish uchun adаbiyotlаr
3. O’zbеkistоn Rеspublikаsini Mеhnаt kоdеksi Tоshkеnt, 1996 y.
4. O’zbеkistоn Rеspublikаsining “Mеhnаtni muhоfаzа qilish to’g’risidа”gi Qоnuni Tоshkеnt, 1993 y.
5. Tursunov Sh.Ch, Butayarov A.T., Yodgorov K.A.. “Hayot faoliyati xavfsizligi”. Darslik, T-2022 y. 250 b
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
1. Hayot faoliyati xavfsizligi va mehnatni muhofaza qilishni boshqarish, davlat organlarining mehnatni muhofaza qilish sohasidagi vakolatlarini tahlil qilish
|