|
Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni
|
bet | 6/23 | Sana | 25.05.2024 | Hajmi | 136,96 Kb. | | #253366 |
Bog'liq Hudular davlat kadastri yakuniy javoblari5-variant
Quvur transporti obektlari davlat kadastri kanday obektlarda yuritiladi
Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri - Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlarini, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari va iqtisodiy baholash to’g’risidagi yangilanib turiladigan ishonchli axborot tizimi. Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va ushbu ob‘ektlarni hisobga olish hamda holatini baholash maqsadida yuritiladi. Neft, gaz va gaz kondensatini Yetkazib berishga mo’ljallangan O’zbekiston Respublikasi hududidagi mavjud va qurilayotgan quvurlar va ularga xizmat ko’rsatish ob‘ektlari: armaturali Yetkazib berish quvurlarining chiziqli qismi, kompressor va nasos stansiyalari, elektrokimyoviy himoya vositalari, gaz taqsimlash stansiyalari, neft, gaz va gaz kondensati transporti korxonalari balansida bo’lgan, katta uzunlikdagi, yuqori bosimli, qo’riqlash zonasiga ega bo’lgan ularning yuqori xavfliligi munosabati bilan Yetkazib berish quvurlari davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi. "O’zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasi Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Kadastr markazi davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, "O’zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlari to’g’risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta‘minlashdan iborat. Quyidagilar Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasining butun hududida lokal va magistral quvurlarning butun tizimini va ularga xizmat ko’rsatish ob‘ektlarini qamrab olish; makon koordinatlarining yagona tizimini va yagona topografiya asoslarini qo’llash; barcha ob‘ektlar bo’yicha kadastr axborotlarini shakllantirishning yagona metodologiyasi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi. Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish quvur ob‘ektlarini ro’yxatga olish, baholash va davlat yer kadastri hamda bino va inshootlar davlat kadastri axborotlaridan majburiy foydalanilishini nazarda tutadi.
Yetkazib berish quvurlari ob‘ektlariga tegishli bo’lgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun belgilangan tartibda vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi. Yetkazib berish quvurlari davlat kadastrini yuritish qog’oz va/yoki elektron manbalarda olib boriladi va tizimlashtirilgan kadastr axboroti Davlat kadastrlari yagona tizimiga belgilangan tartibda beriladi. Kadastrni yaratish va yuritish ishlarini moliyalashtirish "O’zbekneftgaz" milliy-xolding kompaniyasining tegishli korxonalari mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
Bino va inshootlar davlat kadastri nima uchun zarur?
Binolar va inshootlar davlat kadastri hududiy prinsip bo’yicha tashkil etiladi va bu ob‘ektlarning huquqiy, xo’jalik va arxitektura-qurilish maqomi to’g’risidagi ma‘lumotlar tizimini mujassamlashtiradi. Binolar va inshootlar davlat kadastri binolar va inshootlardan samarali foydalanishni va ularni muhofaza qilishni, mulk egalarining va bu ob‘ektlardan boshqa foydalanuvchilarning huquqlarini, shuningdek binolar va inshootlarga egalik huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro’yxatidan o’tkazilishini ta‘minlash uchun yuritiladi.
Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bo’yicha munosabatlar O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlari va qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinadi. Binolar va inshootlar davlat kadastri ma‘lumotlari barcha davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy yuridik kuchga egadir.
Kadastr hujjatlari binolar va inshootlar bilan fuqarolik-huquqiy bitishuvlarni amalga oshirishda, ularni loyihalashtirishda va boshqa yuridik harakatlarda huquqiy, iqtisodiy va texnik ma‘lumotlar sifatida qabul qilinishi kerak.Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish bu ob‘ektlar to’g’risidagi kadastr ma‘lumotlarini shakllantirishdagi ishonchli hujjatlar va boshqa ma‘lumotlardan foydalanilgan holda amalga oshiriladi. Binolar va inshootlar to’g’risidagi kadastr ma‘lumotlari mulk egalari, ularga ashyoviy huquqlarga ega bo’lgan shaxslar, uchinchi shaxslar, davlat ro’yxatidan o’tkazuvchi organ va boshqa davlat organlari tomonidan sudda talashishi mumkin.
Binolar va inshootlarning davlat kadastrini yurituvchilar hamda bunda qonun buzilishlarini aniqlaganlar, bu haqida tegishli davlat organlariga, korxonalar, muassasalar, tashkilotlarga yoki prokuraturaga xabar berishga majburdirlar.
Mulk egasi bo’lgan binolar va inshootlarga ashyoviy huquqlarga ega yuridik va jismoniy shaxslar o’z huquqlarini davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi to’g’risidagi hujjatlarga ega bo’lishlari shart. Bino va inshootlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish majburiyati mulk egasiga yoxud bino yoki inshootga ashyoviy huquqlarga ega bo’lgan shaxsga yuklanadi. Ular bino yoki inshootni davlat ro’yxatidan o’tkazish bo’yicha barcha yoki ayrim majburiyatlarini uchinchi shaxslarga yuklashlari mumkin. Bu huquqlarni va majburiyatlarni ro’yobga chiqarish qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Yuridik yoki jismoniy shaxslar yoki ular tomonidan vakolat berilgan shaxslar bino yoki inshootga bo’lgan mulk huquqi yoki boshqa ashyoviy huquqlar paydo bo’lgandan, o’zgargandan va to’xtagandan yoxud huquqiy holati o’zgargandan keyin bino va inshootga kadastr yig’ma jildini tayyorlash va uni davlat ro’yxatidan o’tkazish uchun «Davyergeodezkadastr» qo’mitasining tuman (shahar) yer tuzish va ko’chmas mulk kadastri davlat korxonasiga, huquqni belgilovchi hujjatlarni ilova qilgan holda buyurtma berishlari shart.
Binolar va inshootlar davlat kadastri tuman, shahar kadastr daftaridan, kadastr rejasidan, kadastr hujjatlaridan va geofondlardan, shuningdek mazkur Nizomda belgilangan tartibda shakllantiriladigan kompyuter ma‘lumotlaridan iborat bo’ladi. Binolar va inshootlar davlat kadastrini yuritish ham an‘anaviy (kadastr daftarida ro’yxatdan o’tkazish, kadastr rejasiga kiritish) va ham avtomatlashtirilgan (ma‘lumotlar kompyuter bankini yaratish) usullarda uch bosqichda amalga oshiriladi:
1-bosqich — binolar va inshootlarning tuman, shahar darajasidagi huquqiy, xo’jalik va arxitektura-qurilish maqomi to’g’risida ma‘lumotlar to’plash va kadastr daftarida ro’yxatdan o’tkazish;
2-bosqich — ob‘ektlarni chizmada joylashtirib kadastr planini tuzish;
3-bosqich — oldingi bosqichlarda olingan ma‘lumotlarni hisobga olgan holda ma‘lumotlar kompyuter bazasini yaratish.
Bino va inshootlar davlat kadastrining obekti haqida ma’lumot bering.
1. Turar uy-joy, bino va inshootlarning mulkdorlari, foydalanuvchilari o’zlariga mulkiy huquq bilan tegishli bo’lgan ob‘ektlar bo’yicha kadastr axborotlarini Tuman (shahar) yer tuzish va ko’chmas mulk kadastr xizmatlariga taqdim etadilar. 2. Tuman (shahar) yer tuzish va ko’chmas mulk kadastri xizmatlari ob‘ektlar mulkdorlari va foydalanuvchilaridan turar-joy, bino va inshootlar bo’yicha kadastr axborotlarini to’playdi, o’z hududlari doirasida kadastr ishini shakllantiradi, ular bo’yicha kadastr axborotlarini Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining yer tuzish va ko’chmas mulk kadastr xizmatlariga beradi. 3. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining yer tuzish va ko’chmas mulk kadastr xizmatlari yer uchastkalari, bino va inshootlar to’g’risidagi axborotlarni ma‘lumotlar bazasiga kiritib, ularni "Davyergeodezkadastr" qo’mitasining DKYAT ma‘lumotlar bazasiga beradi. 4. Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining yer tuzish va ko’chmas mulk kadastr xizmatlari so’rov bo’yicha "Davyergeodezkadastr" qo’mitasining DKYAT ma‘lumotlar bazasidan yer uchastkalari, bino va inshootlar bo’yicha axborotlarni olishi mumkin. 5. DKYATdan foydalanuvchilar so’rov bo’yicha "Davyergeodezkadastr" qo’mitasining DKYAT ma‘lumotlar bazasidan yer uchastkalari, bino va inshootlar to’g’risidagi kadastr axborotlarini olishi mumkin.
Aloqa obektlari davlat kadastri:
Aloqa ob‘ektlari davlat kadastri ob‘ektlarni, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to’g’risidagi yangilab boriladigan ishonchli ma‘lumotlar tizimidir.
Quyidagilar Aloqa ob‘ektlari davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi: xalqaro, shaharlararo, viloyat va tuman ahamiyatiga ega bo’lgan telefon-telegraf stansiyalari, shu jumladan turg’un aloqa asbob-uskunalari va magistral liniyalari; aloqaning tarmoq uzellari; shahar aloqa telefon uzellari, shu jumladan stansiyalari va chiziqli inshootlari; tuman telekommunikatsiya uzellari, shu jumladan stansiya asbob-uskunalari, hududiy va qishloq chiziqli inshootlari; aloqa radiorele chiziqlari stansiya va inshootlari; yo’ldoshli aloqa stansiyalari; qabul qilish-uzatish radiostansiyalari; ko’chma ob‘ektlarga ega bo’lgan quruqlikdagi radioaloqa stansiyalari (shaxsan radiochaqiruv, radial tizimlar, uyali telefonlar); radiotelevizion stansiyalar va rentranslyatorlar; simli eshittirish stansiyalari va tarmoqlari; pochta va maxsus aloqa ob‘ektlari. O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Kadastr davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni aloqa ob‘ektlari to’g’risidagi ishonchli kadastr ma‘lumotlari bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan. Quyidagilar Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha aloqa ob‘ektlarini qamrab olish; makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qo’llanish; barcha ob‘ektlar bo’yicha kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi. Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish bu ob‘ektlarni ro’yxatdan o’tkazishni ta‘minlaydi, yer kadastri hamda bino va inshootlar davlat kadastrlari ma‘lumotlaridan majburiy foydalanishni nazarda tutadi.
|
| |