|
Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma
|
bet | 1/54 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 2,27 Mb. | | #143558 |
Bog'liq Mexanika
Do`stov Shavkatjon Nosirovich va
Do`stov G`ayrat Nosirovich.
Kitobning egasi:…………………………………………
Manzili:…………………………………………………
Telefon raqami:…………………………………………
3
2010-NAVOIY
Fizik doimiyliklar
g=9.8 m/s2 Erkin tushish tezlanishi.
G=γ=6.67∙10-11 N∙m2/kg2 Gravitatsion doimiy.
NA=6.02∙1023 mol-1 Avagadro doimiysi.
R=8.31 J/mol∙K Uneversal gaz doimiysi.
Vo= 22.4∙10-3 m3 Normal sharoitda 1 mol moddaning hajmi.
To=273 K Normal sharoitda harorat.
Po=105 Pa Normal bosim.
Pe=101320 Pa≈101300 Pa Atmosfera bosimi.
k=1.38∙10-23 J/К Boltsman doimiysi.
F=96500 C/mol Faradey doimiysi.
e=1.6∙10-19 C Elementar zaryad.
e=-1.6∙10-19 C Elektron zaryadi.
q=1.6∙10-19 C Prоton zaryadi.
me= 9.1∙10-31 kg Elektron massasi.
mp=1.672∙10-27 kg Prоton massasi.
mn=1.675∙10-27 kg Neytron massasi.
c=3∙108 m/s Yorug-likning vakumdagi tezligi.
h=6.62 yoki 6.63∙10-34 J∙s Plank doimiysi.
R=1.1∙107 m-1 Ridberg doimiysi.
1m.a.b.=1.66∙10-27 kg 1 massa atom birligi.
k=9∙109 N∙m2/C2 Kulon doimiysi.
0=8.85∙10-12 F/m Elektr doimiysi.
μ0=12.56∙10-7=4∙10-7 Gn/m Magnit doimiysi.
Lo=0.25 m=25 sm Yaxshi ko-rish masofasi.
Dk=4 dptr Normal ko-z optik kuchi.
Ryer=6400 km Yer radiusi.
Myer=6∙1024 kg Yer massasi.
................................................................................................................................................................................................................
αG
|
00
|
300
|
450
|
600
|
900
|
1200
|
1350
|
1500
|
1800
|
2700
|
3600
|
αR
|
0
|
π/6
|
π/4
|
π/3
|
π/2
|
2π/3
|
3π/4
|
5π/6
|
π
|
3π/2
|
2π
|
sin
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
cos
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
tg
|
|
|
|
|
M.E.
|
|
|
|
|
M.E
|
|
ctg
|
M.E.
|
|
|
|
|
|
|
|
M.E
|
|
M.E
|
M.E. — mavjud emas.
1§. Kirish.
Havo, suv, yer, insonlar, o’simliklar, hayvonlar, sayyoralar, Quyosh, yulduzlar — bizni o’rab olgan olam tabiat deb ataladi. Tabiat uzluksiz o’zgarib turadi yoki harakatda bo’ladi: sayyoralar va yulduzlar harakatlanadi, qishda qor yog’adi, bahorda qor eriydi va hokazo.
Fizika deb, tabiat hodisalarini, modda va maydon xossalari va qonuniyatlarini o’rgatuvchi fanga aytiladi.
Fizika eng qadimgi fanlardan biridir. Fizika so’zi grekcha “phusis” ( fyuzis) so’zilan kelib chiqqan bo’lib, tabiat degan ma’noni anglatadi. Bu so’zni fanga birinchi marta qadimgi yunon mutafakiri Aristotel kiritgan.
Tabiatni o’rganadigan boshqa fanlar ham mavjud: masalan, astronomiya, geografiya, kimyo, botanika, zoologiya.
Fizik jismlar deb, tabiatda uchraydigan turli moddalardan tashkil topgan barcha jismlarga aytiladi.
Fizik jisimlar to’g’ridan –to’g’ri jismlar deb ham ataladi. Jism o’lchamga va shaklga ega bo’lgan narsalardir.
Masalan: Quyosh, sayyoralar, uy, xonadagi havo, chang zarralari, suv tomchisi, dengiz, samolyot va xokazolar fizik jismlardir.
Fizikada mexanik, issiqlik,elektr,yorug’lik hodisalari o’rganiladi.
Fizik hodisalar deb, modda zarrachalari, atom yoki molekulalari o’zgarmas qolgan holda sodir bo’ladigan hodisalarga aytiladi.
Masalan: Toshning ko’chishi, suvning qaynaqshi yoki bug’lanishi, avtomobil harakati va shu kabilar fizik hodisalar.
Fizik kattaliklar deb, fizik hodisalarni, materiyaning harakat shakllari va hususiyatlarini miqdoriy harakterlovchi kattaliklarga aytiladi.
Har qanday fizik kattalik son qiymati va o’lchov birligini ko’paytmasi orqali ifodalanadi.
Fizk kattalik=son qiymati×o’lchov birligi.
Masalan: Vaqt=3sekund yoki t=3s bu esa vaqt sekundning 3 marta katta qiymatiga tengligini ifodalaydi.
Shuni esda tutish kerakki o’lchov birligini tashlab yozish, ya’ni kattalikni faqat son qiymat bilan ifodalab bo’lmaydi. Bu holda noaniqlik yuzaga kelishi mumkin.
Masalan: t=5 bu yerda 5 soat yoki 5 minut yoki 5 sekund ekanligi aniq emas.
Kvadrat qavslar [ ] ichidafizik kattalik belgisi bo’lsa, shu fizik kattalikni o’lchov birligini ifodalaydi.
Masalan: [t]=s bu esa quyidagicha o’qiladi: “Vaqtning o’lchov birligi sekund.”
Asosiy kattaliklar:
Uzunlik [l]=m metr
Massa [m]=kg kilogramm
Vaqt [t]=s sekund
Tok kuchi [I]=A amper
Temperatura [T]=K kelvin
Moddamiqdori [ν]=mol mol
Yorug’lik kuchi [I]=kd kandella
Qo`shimcha kattaliklar:
Yassi burchak [α]=rad radian
Fazoviy burchak [ω]=sr steradian
Qolgan kattaliklar hosilaviy kattaliklar deyiladi.
Hosilaviy kattaliklar asosiy kattaliklarni darajaga ko’tarish, ko’paytirish yoki bo’lishlar yordamida hosil qilinadi. Shuning uchun ular hosilaviy (hosil qilingan) kattaliklar deyiladi.
Skalyar kattaliklar deb faqat son qiymati bilan harakterlanadigan kattalikka aytiladi.
Masalan: t vaqt, T temperatura, A ish, q zaryad, I tok kuchi, potentsial, … .
Vektor kattaliklar deb son qiymati va yo’nalishi bilan harakterlanadigan kattalikka aytiladi.
Masalan: tezlik, tezlanish, kuch, -elrktr kuchlanganligi, -tok zichligi, … .
Old qo’shimchalar.
E eksa 1018
P peta 1015
T tera 1012
G giga 109
M mega 106
k kilo 103
g gekto 102
dk yoki da deka 101
|
ds yoki d detsi 10-1
s santi 10-2
m milli 10-3
μ yoki mk mikro 10-6
n nano 10-9
p piko 10-12
f femto 10-15
a atto 10-18
|
Har bir o’lchov birligini oldiga faqat bitta old qo’shimcha qo’yilishi mumkin.
Old qo’shimchali birlirkarning daraja ko’rsatgichi old qo’shimchaga ham tegishli bo’ladi.
Masalan:
7,8km2=7,8(km)2=7,8(103m)2=7,8 106 m2 7,8sm3=7,8(sm)3=7,8(10-2m)3=7,8 10-6 m3
Fizik qonun deb, hodisalarni harakterlovchi kattaliklar orasidagi aniq miqdoriy bog’lanishdan iborat bo’lgan ifodaga aytiladi.
Fizikada hodisalarni bevosita kuzatish va tajribada tekshirish asosida qonunlar yaratiladi.
Kuzatish deb, sodir bo’layotgan hodisaga ta’sir ko’rsatmasdan, uning hususiyatini va sharoit ta’sirini o’rganishga aytiladi.
Tajriba deb, tekshirilayotgan hodisalarni qaytadan hosil qilib o’zgaruvchan fizik kattaliklar orasidagi qonuniy bog’lanishlarni o’lchash asosida hosil qilishga aytiladi.
O’lchash deb, berilgan kattalikni tegishli o’lchov birliklar bilan taqqoslashga aytiladi.
Shunday qilib, kuzatish, o’lchash va tajribalar yordamida turli hodisalar bo’ysunadigan qonunlarni yaratish mumkin.
??? 1)Fizika deb qanday fanga aytiladi? 2)Fizik jism deb nimaga aytiladi? (Misollar keltiring.) 3)Fizik kattaliklar deganda nimani tushunasiz? 4)Qanday fizik kattaliklarni bilasiz? 5) Asosiy kattaliklarni aytib bering. 6)Hosilaviy kattalik deganda nimani tushunasiz? 7)Skalyar kattalik deganda nimani tushunasiz? 8)Vektor kattalik deganda nimani tushunasiz? 9)Fizik qonun deb nimaga aytiladi? 10)Kuzatish deb nimaga aytiladi? 11)Tajriba deb nimaga aytiladi? 12)O’lchash deb nimaga aytiladi?
Takrorlash uchun masalalar.
Quyidagi ifodalarning qaysi biri fizik kattalikni ifoda etadi?
Kilogramm. B) Gaz. C) Uzunlik. D) Harakat.
Quyidagi ifodalarning qaysi biri fizik jism hisoblanadi?
Stol. B) Harakat. C) Vaqt. D) Metr.
Quyidagi ifodalarning qaysi biri fizik hodisani ifoda etadi?
Bug’lanish. B) Suyuqlik. C)Metr. D) Vaqt.
|
| |