• Tezlik
  • Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma




    Download 2,27 Mb.
    bet5/54
    Sana23.01.2024
    Hajmi2,27 Mb.
    #143558
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
    Bog'liq
    Mexanika

    4§. Kinematika.
    Harakatni uning sabablarisiz tekshiradigan mehanikaning bo’limiga kinematika deyiladi.
    Bir hil masofani turli jismlar turli vaqtlarda bosib o’tadi. Masalan avtobusning bir bekatdan ikkinchi bekatga borishiga ketadigan vaqt, piyodaning shu vaqt shu masofani bosib o’tishga sarflaydigan vaqtga nisbatan ancha kam. Bu hodisani tushuntirish uchun tezlik degan tushuncha kiritiladi.
    Harakatning yo’nalishini va tezkorligini harakterlovchi fizik kattalikka tezlik deyiladi.

    — tezlik.

    υ tezlik [υ]=m/s.
    S yo’l(masofa) [S]=m.
    t vaqt [t]=s.

    1 soat=60 min=3600 s.
    1 min=60s.
    1 sutka=24 soat=1440 min =86400 s.



    Vaqt skalyar kattalik.
    Tezlik deb moddiy nuqtaning birlik vaqt (1 sekund, 1 soat) ichida bosib o’tadigan masofaga teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi.
    Tezlik deb —vaqt birligi ichida bosib o’tadigan masofaga teng bo’lgan fizik kattalikka aytiladi.
    Tezlik vektor kattalik bo’lib, uning yo’nalishi harakat yo’nalishi bilan mos tushadi.
    Shuni esda tutish kerakki tezlikning km/soat birligi hozirgi vaqtda km/h sifatida qo’llanilganligi uchun biz ham km/h deb ifodalaymiz.
    yoki b- berilgan son
    yoki
    1 m/s >1 km/h chunki 3, 6 km/h >1 km/h, ya’ni 1 m/s ni km/hga aylantirdik
    To’g’ri chiziqli tekis harakat deb,teng vaqtlar oralig’ida bir xil masofani o’tgan va traektoriyasi to’g’ri chiziqdan iborat bo’lgan harakatga aytiladi
    To’g’ri chiziqli tekis harakatda jismning tezligi kattalik va yo’nalishi jihatdan o’zgarishsiz qoladi.


    ??? 1)Kinematika deb nimaga aytiladi? 2)Vaqt qanday kattalik skalyarmi yoki vektor? 3)Tezlik qanday kattalik skalyarmi yoki vektor? 4)1 soat necha sekund? 5)2 soat necha minut? 6)5 min necha sekund? 7)3 sutka necha soat? 8)Tezlik deb nimaga aytiladi?


    Takrorlash uchun masalalar.

    1. Jismning 35 m/s tezligini km/h ga o’tkazing. A) 150 B)145 C) 140 D) 126

    2. 21, 6 km/h necha m/s bo’ladi? A)6 B) 5 C) 4 D) 8

    3. Uzunligi 480m bo’lgan poezd tekis harakatlanib, 720m uzunlikdagi ko’prikdan 2 minutda o’tdi. Poezdning tezligi qanday? A) 36 km/h B) 6 m/s C) 4 m/s D) 10 km/h


    Download 2,27 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




    Download 2,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma

    Download 2,27 Mb.