|
Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma
|
bet | 4/54 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 2,27 Mb. | | #143558 |
Bog'liq MexanikaTekis harakat deb, teng vaqt oralig’ida teng masofalar o’tiladigan harakatga aytiladi.
Notekis harakat deb, teng vaqt oralig’ida har hil masofalar o’tiladigan harakatga aytiladi.
Ilgarilanma harakat deb, jismdagi ihtiyoriy ikki nuqtaning birlashtiruvchi ihtiyoriy to’g’ri chiziq o’z-o’ziga paralleligicha qoladigan harakatga aytiladi.
Frizikaning mehanika bo’limi uch qismga bo’linadi:kinematika, dinamika va statika.
Kinematikada nuqta harakatining tashqi ko’rinishi, harakat manzarasi, uning geometriyasi o’rganiladi. Bunda harakatni keltirib chiqaradigan va o’zgartiradigan sabablar tekshirilmaydi.
Dinamikada esa jismlarni harakati va ularning boshqajismlar bilan o’zaro ta’sirlari bilan bog’liq bo’lgan masalalar o’rganiladi. Boshqacha qilib aytganda, dinamikada harakatni keltirib chiqaradigan va o’zgartiradigan sabablar o’rganiladi.
Statikada esa jismlarning muvozonat shartlari o’rganiladi
Mehanikadagi asosiy kattaliklar:
Uzunlik [l]=m metr
Massa [m]=kg kilogramm
Vaqt [t]=s sekund
??? 1)Mehanik harakat deb nimaga aytiladi? (misollar keltiring) 2)Harakat nisbiyligini tushuntiring? (misollar keltiring) 3)Moddiy nuqta deb nimaga aytiladi? (misollar keltiring) 4)Traektoriya deb nimaga aytiladi? 5)Qanday harakat to’g’ri chiziqli harakat deyiladi? 6)Qanday harakat egri chiziqli harakat deyiladi? 7)Yo’l deb nimaga aytiladi? 8) Yo’l qanday kattalik skalyarmi yoki vektor? 9)Ko’chish deb nimaga aytiladi? 10)Ko’chish qanday kattalik skalyarmi yoki vektor? 11)Ko`chish qachon nolga teng bo`ladi? 12) Qanday harakatda ko`chish va bosib o`tilgan yo`l teng bo`ladi? 13) Qanday harakatda bosib o`tilgan yo`l ko`chishdan katta bo`ladi? 14) Tekis harakat deb nimaga aytiladi? 15)Notekis harakat deb nimaga aytiladi? 16)Ilgarilanma harakat deb nimaga aytiladi? 17)Mehanika necha turga bo’linadi? 18)Mehanikadagi asosiy kattaliklarni aytib bering.
Takrorlash uchun masalalar.
Poezd Toshkentdan Navoiyga keldi. Bunda lokomativ bosib o’tgan yo’l bilan oxirgi vagon bosib o’tgan yo’l barovarmi? Ushbu masalada poezdni moddiy nuqta deb qarash mumkinmi?
Ha; mumkin B) Yo’q; mumkin C)Yo’q; mumkin emas D) Ha; mumkin emas
Tennis koptogi 3m balandlikdan erga tushdi va erdan qaytib ko’tarilayotganda 70sm balandlikda tutib olindi. Koptokning yo’li va ko’chishini toping.
3 m; 70 sm B) 3,07 m; 2,03 m C)3,7 m; 2,3 m D) 3 m; 2,3 m
Jism XOY tekislikda harakat qilmoqda. Quyidagi tenglamalarning qaysi biri uning harakat traektoriyasi bo’lishi mumkin. A) x=5t+6 B) Sx=5t , Sy= 6t C) x=x0+6t D) y=5t+6
Mexanikaviy kattaliklarning qaysi o’lchov birliklari xalqaro birliklar tizimida asosiy hisoblanadi.
Metr, Nyuton, sekund C) Metr, kilogramm, Joul
Kilogramm, mol, Amper D) Metr, kilogramm, sekund
|
| |