• Moddiy nuqta
  • Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma




    Download 2,27 Mb.
    bet3/54
    Sana23.01.2024
    Hajmi2,27 Mb.
    #143558
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
    Bog'liq
    Mexanika

    3§. Mexanika.
    Mehanika deb, materiyaning eng sodda harakati — jismlarning yoki ular qismlarining bir-birga nisbatan ko’chishi haqidagi ta’limotga aytiladi.
    Mehanik harakat deb, vaqt o’tishi bilan jism vaziyatining boshqa jismga nisbatan o’zgarishiga aytiladi.
    Jismlarning boshqa jismlarga nisbatan qilgan harakatiga nisbiy harakat deyiladi Masalan: harakatlanayotgan avtobusning ichida orqa o’rindiq tomon harakatlanayotgan odamning harakati, shu avtobus o’rindig’da o’tirgan yo’lovchi uchun avtobus yo’nalishiga qarama-qarshi bo’lsa, ularni bekatda kuzatib qolgan yo’lovchi uchun esa avtobus yo’nalishida bo’ladi.
    Jismlarning harakati ham, tinch holati ham nisbiydir. Ya’ni jism bir vaqtning o’zida ham harakatda, ham tinch holatda bo’lishi mumkin. Masalan: harakatlanayotgan avtobusda o’tirgan odam avtobusga nisbatan tinch holatda, Yerda turgan kuzatuvchiga nisbatan harakatda bo’ladi.
    Moddiy nuqta deb, kuzatilayotgan harakatda o’lchami va shakli hisobga olmasa ham bo’ladigan jismga aytiladi.
    Masalan: Navoiy shahridan biror tezlik bilan Toshkent shahriga jo’nagan avtomobilning 3 soatdan keyingi o’rnini aniqlashda avtomobil o’lchami xisobga olinmaydi. Chunki avtomobilning o’lchami uning 3 soat davomida bosib o’tgan masofaga nisbatan hisobga olinmas darajada kichik
    Oy radiusi uning orbita radiusidan ancha kichik bo’lganligi ucun Oy moddiy nuqta hisoblanadi.
    Moddiy nuqtaning vaziyati qandaydir qo’zg’almas moddiy jismga nisbatan aniqlanadi. Odatda bu jism sanoq boshi yoki sanoq jismi deyiladi. Sanoq jismi bilan bog’langan koordinatalar sistemasiva vaqtni o’lchaydigan asbob birgalikda sanoq sistemasi deyiladi. Agar moddiy nuqta to’g’ri chiziq bo’ylab harakatlanayotgan bo’lsa, uning o’rni biror o’qdagi (masalan OX o’qidagi) koordinatasi bilan aniqlanadi . Moddiy nuqta tekislikda harakatlanayotgan bo’lsa, uning o’rni ikkita ya’ni (x;y) koordinatalari bilan aniqlanadi.
    Agar moddiy nuqta fazoda harakatlanayotgan bo’lsa, uning fazodagi vaziyati uchta, ya’ni (x; y; z) koordinatalari bilan aniqlanadi. Har qanday harakat tanlab olingan sanoq sistemasiga nisbatan o’rganiladi.
    Yuqorida aytilgan xollarda nechta koordinata o`qlaridan foydalanilganligi erkinlik darajasi deyiladi.
    Moddiy nuqtaning mexanik harakati davomida bosib o’tgan nuqtalarning geometrik o’rni harakat traektoriyasi deyiladi.
    Buni quyidagicha ham ta’riflash mumkin Harakatlanayotgan jismning fazoda qoldirgan iziga harakat traektoriyasi deyiladi.
    Traektoriyasi to’g’ri chiziqdan iborat harakat, to’g’ri chiziqli harakat deyiladi.
    Traektoriyasi egri chiziqdan iborat harakat, egri chiziqli harakat deyiladi.
    Moddiy nuqtaning biror vaqt oralig’ida uning harakati davomida chizilgan chiziq uzunligi yo’l deb ataladi.
    Ya’ni traektoriyaning uzunligi yo’l (masofa) deyiladi.
    Yo’l skalyar kattalik. s – yo’l, [s]=m.
    Yo’l formulalari.
    Jismning boshlang’ch vaziyati bilan keyingi vaziyatini tutashtiruvchi yo’nalgan to’g’ri chiziq kesmasi kochish deyiladi.
    Ko’chish vektor kattalik. s – kochish, [s]=m.
    Shuni esda tutish kerakki ,jism faqat ilgarilanma harakatlangandagina uning ko’chishi traektoriya chiziq’i bilan ustma-ust tushadi Ya’ni bosib o’tilgan yo’l ko’chish moduliga teng bo’ladi. Egri chiziqli harakatda esa jism ko’chishi ,uning traektoriyasidan farq qiladi, ya’ni egri chiziqli harakatda hamisha ko’chish moduli yo’ldan kichik bo’ladi. Xatto ko’chish moduli nolga teng bo’lsa ham yo’lning uzunligi juda katta bo’lishi mumkin.
    Masalan:Ertalab avtobus yo’lga chiqib ,kechqurun avtobazadagi o’z o’rniga qaytib keldi. Shunda xisoblagich ko’rsatgichi 500 km ga oshdi. Bunda bosib o’tilgan yo’l 500 km ekanligini. Ko’chish esa avtobus o’z joyiga qaytganligi uchun nolga teng.
    Moddiy nuqtaning teng vaqtlar oralig’ida o’tgan masofasiga qarab harakatlar tekis va notekis harakatlarga ajraladi.

    Download 2,27 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




    Download 2,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma

    Download 2,27 Mb.