• P arallelogram usuli
  • Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma




    Download 2,27 Mb.
    bet2/54
    Sana23.01.2024
    Hajmi2,27 Mb.
    #143558
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
    Bog'liq
    Mexanika

    2 §. Vektorlar.
    Yo’nalishga ega bo’lgan kesma vektor deyiladi. Vektorlar ham yo’nalishga ham miqdor qiymatga ega.
    Teng vektorlar ham yo’nalish ham miqdor bo’yicha teng.
    Vektorning moduli yoki uzunligi bu uning son qiymatidir.
    Vektorlar quyidagi usullar bilan qo’shiladi: (uchburchak usuli) Bir vektorning uchiga ikkinchi vektorni boshini ko’chiramiz. Shunda birinchi vektorni boshidan ikkinchi vektorni uchiga qarab yo’nalgan vektor shu ikki vektorlar yig’indisi bo’ladi..
    P arallelogram usuli: vektornlari parallel ko’chirib boshlari bir nuqtaga qo’yiladi va so’ngra birinchi vektorni uchiga ikkinchi ni boshi va ikkinchi vektorni uchiga birinchi vektorni boshi parallel ko’chirildi.
    Ikki vektor boshlar turgan nuqtadan ikki vektor uchlari turgan nuqtaga o’tkazilgan vektor shu vektorlar yig’indisi bo’ladi.
    Ikki vektorning boshi bir nuqtaga ko’chirilganda ular orasidagi burchak ikki vektor orasidagi burchak deyiladi.

    Vektor ayirmasini topish uchun ikki vektorlarning boshi bir nuqtaga ko’chiriladi shunda ikki vektor uchini tutashtiruvchi vektor ayirma vektor bo’ladi, uning uchi kamayuvchiga yo’nalgan bo’ladi.



    3 ta hususiy hol mavjud:

    1. α=0°, (ya’ni bir tomonga yo’nalgan bo’lsa) c=b+a




    1. α =90°, (ya’ni tik (perpendikulyar) yo’nalgan bo’lsa)

    yoki



    1. α =180°, (ya’ni qarama-qarshi yo’nalgan bo’lsa)

    c=b-a

    Biror vektor k songa ko’paytirilganda:


    Agar k>0 bo’lsa uning moduli k ga ko’paytirilib yo’nalishi o’zgarmaydi.
    A gar k<0 bo’lsa uning moduli k ga ko’paytirilib yo’nalishi teskari tarafga o’zgaradi.
    Har qanday vektorni tashkil etuvchilarga ajratish mumkin. Amalda vektorlarni bir-biriga perpendikulyar bo’lgan tashkil etuvchilarga ajratiladigan hollar ko’p uchraydi.

    Bu hollardagi vektorlarni tashkil еtuvchilari vektorlarning proektsiyalari ham deb ataladi. Agar proektsiya o’q yo’nalishi bilan bir hil bo’lsa proektsiya musbat, o’q yo’nalishiga teskari bo’lsa proektsiya manfiy bo’ladi. Agar vektor o’qga perpendikulyar bo’lsa uning proektsiyasi nolga teng bo’ladi.
    Shuni esda tutish kerakki arifmetik yoki algebraik yig`indisi deganda ularning son qiymatlarini yig`indisi nazarda tutiladi, geometric yig`indisi deganda esa ularni vektor yig`indisi nazarda tutiladi.


    ??? 1)Vektor deb nimaga aytiladi? 2)Teng vektorlar deb qanday vektorlarga aytiladi? 3)Vektorlar qanday usullarda qo’shiladi? 4)Qo’shishning uchburchak usulini tushuntiring. 5)Qo’shishning parallelogram usulini tushuntiring. 6)Qaysi burchak vektorlar orasidagi burchak hisoblanadi. 7)Vektorlar yig’indisi qanday topiladi? 8)Vektorlar qanday ayriladi? 9)Vektorlar ayirmasi qanday topiladi? 10)Vektorlarni proeksiyasini tushuntiring.


    Takrorlash uchun masalalar.

    1. Uzunliklari 4 va 3 bo’lgan ikki vektor berilgan. Agar ular orasidagi burchak 600 bo’lsa natijaviy vektor qancha ? A)5 B) 6,08 C) 7 D) 3,61

    2. Uzunliklari 4 va 3 bo’lgan ikki vektor berilgan. Agar ular orasidagi burchak 600 bo’lsa vektorlar ayirmasi qancha ? A)5 B) 6,08 C) 7 D) 3,61

    3. O’zaro perpendikulyar bo’lgan uzunliklari 12 va 5 vektorlar qo’shilishi natijasida qanday uzunlikdagi vektor paydo bo’ladi? A) 13 B) 17 C) 7 D) 60




    Download 2,27 Mb.
    1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




    Download 2,27 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Do’stov Shuhratning daftaridan qisqacha ko’chirma

    Download 2,27 Mb.