|
To’g’ri chiziqli tekis harakatning tezligi
|
bet | 7/54 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 2,27 Mb. | | #143558 |
Bog'liq MexanikaTo’g’ri chiziqli tekis harakatning tezligi bir vaqtda ham oniy, ham o’rtacha tezlikdir.
Tezlik spidometr degan asbobda o’lchanadi. Spidometr xarakatlanayotgan avtomobilning oniy tezligini o’lchaydi.
Velosipedchi o’z soyasini quvib o’tishi mumkin, agar soya tushayotgan devor velosipedchi harakatiga parallel bo’lib, yorug’lik manbai velosipedchi harakat tezligidan kattaroq tezlik bilan harakat qilsa.
??? 1)O’rtacha tezlik deb nimaga aytiladi? 2)Oniy tezlik deb nimaga aytiladi? 3)Qanday harakatda oniy tezlik o’rtacha tezlikka teng bo’ladi? 4)Tezlik qanday asbob bilan o’lchanadi va u qanday tezlikni o’lchaydi?
Takrorlash uchun masalalar.
Avtomobil yolning birinchi 40 km ni 30 minutda bosib o’tdi. Keyingi 120 km ni 1 soatda va oxirgi 200km ni 3,5 soatda o’tgan bo’lsa, avtomobilning butun yo’ldagi o’rtacha tezligini toping (m/s). A) 24 B) 25 C) 20 D) 30
Avtomobil ma’lum yo’lni bosib o’tish uchun t vaqt sarfladi. U yo’lning birinchi yarimini o’zgarmas 20 tezlik bilan, ikkinchi yarimini 30 m/s tezlik bilan o’tdi. Avtomobilning butun yo’ldagi o’rtacha tezligini toping (m/s). A) 25 B) 24 C) 10 D) 50
Yo’lovchi butun yo’lga ketgan vaqtining birinchi yarimida 5 m/s tezlik bilan, ikkinchi yarimini 2 marta tezroq o’tgan bo’lsa uning butun harakat davomidagi o’rtacha tezligini aniqlang (m/s).
7,5 B) 15 C) 3,75 D) 6,67
6§. Tekis o`zgaruvchan harakat.
Hayotda to’g’ri chiziqli tekis harakat kam uchraydi Ko’pchilik harakatlanayotgan jismlarning tezligi vaqt o’tishi bilan uzliksiz ravishda o’zgarib turadi. Bunday harakatlar o’zgaruvchan deyiladi.
To’g’ri chiziqli tekis o’zgaruvchan harakat deb, traektoriyasi to’g’ri chiziqdan iborat va oniy tezligi tekis o’zgaradigan harakatga aytiladi.
O’zgaruvchan harakat-notekis harakatdir.
Tezlanish deb, jismning oniy tezligini o’zgarish tezligiga miqdor jihatdan teng fizik kattalikka aytiladi.
— tezlanish. a –tezlanish [a]=m/s2. υ-ohirgi tezlik [υ]=m/s.
υ0-boshlang’ich tezlik [υ0]=m/s. Δ-o’zgarishi -yig’indi const-o’zgarmas.
Tezlanish vektor kattalik.
— oniy tezlik yoki ohirgi tezlik formulasi.
Tekis o’zgaruvchan harakatdagi oniy tezlikni hisoblash uchun tezlanish, harakatlanish vaqti va boshlang’ich tezlikni bilish kerak.
1. tezlanuvchan harakat, 2. sekinlanuvchan harakat,
3. tekis tezlanuvchan harakat, 4. tekis sekinlanuvchan harakat.
5. to’g’ri chiziqli tekis harakat, ya’ni ,
To’g’ri chiziqli tekis tezlanuvcha harakatda tezlik vektorining moduli tekis oshib yo’nalishi o’zgarmasdan qoladi. To’g’ri chiziqli tekis sekinlanuvcha harakatda tezlik vektorining moduli tekis kamayib yo’nalishi o’zgarmasdan qoladi.
To’g’ri chiziqli tekis harakatda hech qanday tezlanishga ega bo’lmaydi.
Notekis harakatda tezlik va tezlanish vektori moduli va yo’nalishi o’zgarib turadi.
|
| |