|
??? 1)Tezlanuvchan harakat grafigini ko’rsating? 2)Tezlanish grafigidagi yuza nimani ifodalaydi?
Takrorlash uchun masalalar
|
bet | 10/54 | Sana | 23.01.2024 | Hajmi | 2,27 Mb. | | #143558 |
Bog'liq Mexanika??? 1)Tezlanuvchan harakat grafigini ko’rsating? 2)Tezlanish grafigidagi yuza nimani ifodalaydi?
Takrorlash uchun masalalar.
1) Rasmda 5 ta jism tezliklarining vaqtga bog’lanish grafiklari keltirilgan. Qaysi jismlar tekis harakat qilgan?
hammasi B) 1, 4 C) 1,2,4 D) 3,5
Rasmda jism tezlanishining vaqtga bog’lanishi berilgan. Vaqtning qaysi oralig’ida (s) jism tekis tezlanuvchan harakat qilgan?
0 -1 B) 1-2 C) 2-3 D) 0-1, 2-3
Quyidagi grafikdan foydalanib, jismning harakat tezligini aniqlang (m/s).
B) C) 3 D) 0,5
9§. Vertikal harakat.
Erkin tushish deb, tinch holatdagi jismning og’irlik kuchi ta’sirida havosiz joyda (vakuumda) Yerga tushishiga aytiladi.
Vakuumda hamma jismlar birday tezlanish bilan tushadi va bu tezlanish erkin tushish tezlanishi deyiladi. Buni biz quyidagi tajribada ko’ramiz.
Uzunligi 1, 5 m chamasida bo’lgan va bir uchi kavsharlangan ikkinchi uchiga esa ichidan havosi so’rib olish uchun jo’mrak mahkamlangan shisha nay olib, uning ichiga turli og’irlik va har hil shakldagi jismlarni, masalan qush pati, bir bo’lak po’kak, qo’rg’oshin sharcha solaylik. Nayni to’ntarib tik vaziyatga keltirib, quyidagi hodisani kuzatamiz. Nayning ichida havo bo’lganda har hil jismlar turli tezlik bilan tushadi, bunda qush pati qo’rg’oshin sharchadan sezilarli orqada qoladi. Nayning ichida havosi so’rib olib, tajribani takrorlasak, barcha jismlarning, ularning og’irligi va shakllaridan qat’iy nazar, nayning tubiga bir vaqtda tushadi.
Tekis o’zgaruvchan harakat tenglamalarida tezlanish a ni erkin tushish tezlanishi g=9,8≈10m/s2 bilan va yo’l S nibalandlik h yoki H bilan almashtirilsa erkin tushish tenglamalari hosil bo’ladi.
— erkin tushish tezlanishi. — oniy tezlik yuqoriga (-), pastga (+).
— balandlik yuqoriga (-), pastga (+).
— yuqoriga otilgan jismning maksimal ko’tarilish balandligi.
— boshlang`ich tezliksiz erkin tushayotgan jism balandligi. Bu formuladan t ni topsak:
— h balandlikdan tushayotgan jismning harakatlanish vaqti.
Yuqoridagi formulalarda havoning qarshilagi hisobga olinmaydi.
Yuqoriga otilgan jism maksimal balandlikka erishganda tezligi nolga teng bo’ladi.
Jismni yuqoriga tik otishda traektoriyasining ihtiyoriy nuqtasida ko’tarilish va tushish tezliklari teng bo’ladi, ya’ni jism qanday tezlik bilan yuqoriga tik otilgan bo’lsa, shunday tezlik bilan otilish joyiga qaytib tushadi.
Havoda tik otilgan jism havoning qarshiligi bo’lgani sababli maksimal balandlikka ko’tarila olmaydi va uning qaytib tushgandagi ohirgi tezligi otilgan vaqtdagi boshlang’ich tezlikdan kichik bo’ladi.
Jismni tik yiqoriga ko’tarilish vaqti erkin tushish vaqtiga teng bo’ladi, havoda esa ko’tarilish vaqti tushish vaqtidan kichik bo’ladi.
Jism yuqoriga otilganda tekis sekinlanuvchan, pastga tushayotganda tekis tezlanuvchan harakat qiladi.
— balandlik yuqoriga (-), pastga (+).
Bu formuladan foydalanib biror balandlikdan erkin tusha boshlagan ( ) jismning tezligini aniqlash mumkin: ,agar jism boshlang`ich tezliksiz ( ) tushayotgan bo`lsa formula quyidagi korinishga ega bo`ladi :
Bitta vertikal chiziqda joylashgan ikkita nuqtadan bir vaqtda 2 ta jism erkin tusha boshlasa ular orasidagi masofa o’zgarmaydi.
Jism vertikal yuqoriga otilganda harakat traektoriyasining hamma nuqtalarida tezlanishi birday bo’lib g ga teng (havoning qarshiligi hisobga olinmasa).
— erkin tushayotgan jismning istalgan vaqtdagi bosib o`tgan balanligi (yo`li).
Jism erkin tusha boshlaganda harakat boshlagan vaqtdan boshlab ketma-ket bir xil teng vaqtlar ichida bosib o`tilgan yo`llar mos ravishda toq sonlar kabi nisbatda ( h0; 3h0; 5h0; 7h0; 9h0 ) bo`ladi.
Erkin tushayotgan jism biror Δt vaqt ichida Δh bosib o`tgan jismning harakatlanish vaqtini quyidagi formula yordamida hisoblash mumkin:
??? 1)Erkin tushish deb nimaga aytiladi? 2)Erkin tushish tezlanishi nimaga teng? 3)Yuqoriga otilgan jismning maksimal ko’tarilish balandligida tezligi nimaga teng bo’ladi? 4)Havoning qarshiligi hisobga olinmaganda otilish tezligi katta bo’ladimi yoki ohirgi tushish tezligimi? 5)Havoning qarshiligi hisobga olinganda otilish tezligi katta bo’ladimi yoki ohirgi tushish tezligimi?
Takrorlash uchun masalalar.
Erkin tushish boshlanganidan 4 s o’tgan paytda jism tezligi necha m/s bo’ladi?
40 B) 30 C) 80 D) 4
Jism 45 m balandlikdan tushayotgan bo’lsa u necha sekundda tushadi?
5 B) 4,5 C) 3 D) 4
Balandligi 20 m bo’lgan ko’prikdan toshni tashlaganda u 1 s dan keyin suv betiga tegishi uchun unga qanday boshlang’ich tezlik berish lozim?
15 B) 10 C) 30 D) 20
|
|
Bosh sahifa
Aloqalar
Bosh sahifa
??? 1)Tezlanuvchan harakat grafigini ko’rsating? 2)Tezlanish grafigidagi yuza nimani ifodalaydi?
Takrorlash uchun masalalar
|