§. Aylanma harakatda tezlanish




Download 2,27 Mb.
bet15/54
Sana23.01.2024
Hajmi2,27 Mb.
#143558
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54
Bog'liq
Mexanika

13§. Aylanma harakatda tezlanish.
A ylana bo’ylab tekis harakatlanganda, tezlikning absolyut qiymati o’zgarmaydi. Ammo bu jism tezlanishsiz harakatlanmoqda degani emas. Darhaqiqat, bu yerda tezlik yo’nalishi uzluksiz o’zgarib turibdi, chunki uning vektori, trayektoriyaga urinma bo’ylab yo’nalgan. Bu esa, o’z vaqtida tezlanish bilan harakatlanayotganidan dalolat beradi.
A ylana bo’ylab tekis harakatlanayotgan moddiy nuqta tezlanish bilan harakatlanib, uning yo’nalishi tezlik vektoriga perpendikulyar bo’lib, radius bo’yicha markazga tomon yo’nalgan bo’ladi. Shuning uchun bu tezlanish normal yoki markazga intilma deyiladi. Demak markazga intilma tezlanish tezlik yo’nalishi (vektori) o’zgarganligi uchun hosil bo’ladi, va u tezlik vektoriga perpendikulyar ( ) bo`ladi.
Aylana bo’ylab tekis harakatda (markazga intilma) tezlanish va (chiziqli) tezlik vektorining moduli o’zgarmas bo’lib, yo’nalishi uzluksiz o’zgaradi.



— markazga intilma tezlanish (normal tezlanish) [a]=m/s2.

Egri chiziqli tekis harakatda o’rtacha tezlikning (oniy tezlikning) moduli o’z qiymatini o’zgartirmaydi.
Aylanma harakatda tezlik modulini o’zgarishi hisobiga tangentsial tezlanish hosil bo’ladi.
— tangentsial tezlanish. [aT]=m/s2.
Tangentsial tezlanish va chiziqli (oniy tezlik), markazga intilma tezlanishga perpendikulyar. Demak jismning tezlik va tezlanish vektori istalgan paytda o’zaro to’g’ri burchak hosil qilsa, jism aylana bo’ylab tekis harakatda bo’ladi.
Agar jism aylana bo’ylab tezlanuvchan harakat qilsa, u holda jism tezligi va tezlanishi o’tkir burchak hosil qiladi.
Agar jism aylana bo’ylab sekinlanuvchan harakat qilsa, u holda jism tezligi va tezlanishi o’tmas burchak hosil qiladi.
— Aylanma harakatdagi natijaviy tezlanish.

Download 2,27 Mb.
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   54




Download 2,27 Mb.