§. Aylanma harakat kinematikasi




Download 2,27 Mb.
bet14/54
Sana23.01.2024
Hajmi2,27 Mb.
#143558
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54
Bog'liq
Mexanika

12§. Aylanma harakat kinematikasi.
Traektoriyasi aylanadan yoki aylana yoyidan iborat harakat aylanma harakat deyiladi.
Aylanma harakat — egri chiziqli harakatning hususiy holidir.
Agar jism aylana bo’yicha teng vaqtlar ichida, teng yoylarni bosib o’tsa bunday harakat aylana bo’ylab tekis harakat deyiladi.
Vaqt birligidagi (1 sekunddagi) aylanishlar soni chastota deyiladi. Chastota skalyar kattalik.
Bir marta to’liq aylanishga (tebranishga) ketgan vaqt davr deyiladi. Davr skalyar kattalik.
T – davr [T]= s. ν – chastota [ν]=Gs=-1s= = Hz
Shuni esda tutish kerakki asosan chastotani hozirgi kunda ko’p ishlatiladigan birligi Hz bo’lgani uchun, keyin chastota birligi Hz deb aytib ketamiz.
— davr.
— chastota N-aylanishlar soni. t- aylanishga ketgan vaqt..
— burchakli tezlik yoki siklik chastota. .  - burchak []=rad
Burchak tezlik yo’nalishi vint yordamida aniqlanadi.
Burchakli tezlik vektor kattalik.
Tekis aylanma xarakat qilayotgan jismning ixtiyoriy nuqtalari barobar vaqtlar ichida burilish bir xil bo’ladi. Ya’ni burchakli tezliklari teng bo’ladi.
M oddiy nuqtaning aylana bo’ylab kattaligi o’zgarmas tezlik bilan harakatini tekis deb hisoblash kerak.
— chiziqli tezlik (oniy tezlik). [υ]=m/s.
R aylanish radiusi, [R]=m.
Chiziqli tezlik (oniy tezlik) harakat yo’nalishida o’tkazilgan urinma bo’yicha yo’nalgan bo’ladi.


??? 1)Aylanma harakat deb nimaga aytiladi? 2)Aylana bo’ylab tekis harakat deb nimaga aytiladi? 3)Chastota deb nimaga aytiladi? 4)Chastota skalyar kattalikmi yoki vektor? 5)Davr deb nimaga aytiladi? 6)Davr skalyar kattalikmi yoki vektor? 7)Chiziqli tezlik qanday yo’nalgan bo’ladi? 8)Burchakli tezlik skalyar kattalikmi yoki vektor?


Takrorlash uchun masalalar.

  1. Aylana bo’ylab tekis harakatda chizig’iy tezlik vektorining ...

    1. moduli o’zgarmas bo’lib, yonalishi uzluksiz o’zgarib turadi.

    2. moduli tekis ortib, yo’nalishi o’zgarmas qoladi.

    3. moduli tekis kamayib, yo’nalishi o’zgarmas qoladi.

    4. moduli va yo’nalishi uzluksiz o’zgarib turadi.

  2. Egri chiziqli tekis harakatda quyidagi kattaliklarning qaysi birio’zgarmaydi?

    1. Oniy tezlik moduli. B) tezlanish vektori. C) tezlanish moduli. D) tezlik vektori.

  3. Elektr dvigatelining aylanish chastotasi 1200 ayl/min bo`lsa uning aylanish davri (s) qanday?

    1. 20. B) 0,05. C) 1200. D) 83,33.




Download 2,27 Mb.
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   54




Download 2,27 Mb.