|
Mavzu: Moddiy nuqtaning aylanma harakati
|
bet | 1/5 | Sana | 09.02.2024 | Hajmi | 1,32 Mb. | | #153903 |
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universititeti PHY017-guruh talabasi Ubaydullayev Dilshodning Fizika I fanidan yozgan 1-mustaqil ishi. Mavzu:Moddiy nuqtaning aylanma harakati. Maruza rejasi: - Moddiy nuqtaning aylanma harakati.
- Aylana boʻylab harakatda burilish burchagi, burchak tezlik va burchak tezlanish.
- Moddiy nuqtaning egri chiziqli harakatidagi tangensial, normal va toʻla tezlanishlar.
- Aylanma va ilgarilanma harakatning kinematik xarakteristikalari orasidagi bogʻlanishlar.
- Xulosa.
- Foydalanilgan adabiyotlar.
Moddiy nuqta harakatini shu harakatni vujudga keltirgan sababisiz o’rganadigan mexanikaning bo’limiga kinematika deyiladi. Kinematikada mexanik harakatlarni o’rganish uchun trayektoriya, yo’l, ko’chish kabi tushunchalardan foydalaniladi. Moddiy nuqta harakati davomida chizgan chiziqqa trayektoriya deyiladi. Trayektoriya egri chiziqdan iborat bo’lsa, bunday harakat egri chiziqli harakat bo’ladi , agar trayektoriya aylanadan iborat bo’lsa bunday harakatga aylanma harakat deyiladi.
1.Moddiy nuqtaning aylanma harakati.
1-rasm. Moddiy nuqtaning aylana bo’ylab harakati.
r
ϕ
Moddiy nuqtaning aylana bo‘ylab harakati 1-rasmda keltirilgan. M moddiy nuqtaning holati o‘zgarmas OX o’qi bilan OM radius-vektor orasidagi burchak ϕ bilan belgilanadi.
Bu holda r radiusda yotgan har xil nuqtalarning chiziqli tezliklari har xil bo‘ladi (,,….va h.k.). Shuning uchun aylanma harakatda moddiy nuqtaning tezligi uchun alohida kattalik kiritiladi.
O‘zgarmas o‘qi bilan radius-vektor orasidagi burchakdan vaqt bo'yicha olingan birinchi tartibli hosila burchak tezlik deb ataladi(1-rasm).
, []
Agar burchak tezlik o‘zgarmas bo‘Isa, aylana bo‘ylab harakat tekis aylanma harakat deb ataladi. Moddiy nuqta bir marta to‘liq aylanishda =2 burchakka buriladi.
2 burchakka burilishga ketgan vaqt T aylanish davri deb ataladi.
|
| |