|
«tasdiqlayman»
|
Sana | 25.12.2019 | Hajmi | 24,44 Kb. | | #4915 |
«TASDIQLAYMAN»
o’quv ishlari bo’yicha direktor
o’rinbosari__________________
2 – D A R S R E J A S I.
Dars o’tish vaqti ___________________ Fan – Informatika 5 – sinf
Mavzu: Kompyuterning asosiy qurilmalari va vazifalari
Dars maqsadi:
a) Talimiyligi: O’quvchilarga kompyuter asosiy qurilmalari haqida ma’lumot berish
b) Tarbiyaviyligi: O’quvchilarning kompyuter savodxonlik malakasini oshirish
O’quvchilarga qo’yiladigan talablar
1. O’quvchi bilishi kerak: Kompyuterning asosiy qurilmalarini
2. O’quvchi bajara olishi kerak : 1 – 9 mashlar
3. Uyga vazifa : 10 – 11 mashqlar
Dars jihozi: kompyuterlar, disketalar ;
Oqituvchi:
Darsning borishi:
Insoniyat asrlar davomida to'plagan bilimlarini kelajak avlod uchun qoldirishga harakat qilib kelgan. Buning uchun u toshlar va terilarga rasmlar chizgan, biz harflar deb ataydigan belgilar va qog'oz o'ylab topib, ular yordamida bitiklar yozgan.
Avlodlarimizdan minglab qo'lyozmalar va kitoblar bizga qadar yetib kelganini siz yaxshi bilasiz. Ularni saqlash uchun juda katta kutubxonalar kerak bo'lmoqda.
Avvallari kam nusxadagi qo'lyozmalar va kitoblardan foydalanish uchun oylab yillab navbat kutishga to'g'ri kelardi. Ba'zan, chet mamlakat kutubxonalaridagi kitob yoki qo'lyozmalarni olishning umuman imkoniyati bo'lmagan.
Texnikaning rivojlanisrk natijasida bu kabi muammolar hal bo'ldi, deyish murakin. Hozirgi kunda kompyuterlar asosida tashkil etilgan Internet orqali dunyoning istalgan nuqtasidagi kutubxonadan kerakli kitob yoki qo'lyozmalar nusxasini olish, yangi kitob yoki maqolalarai o'qish, yangi filmlarni ko'rish, biror joyga xat jo'natish va boshqa zarur ishlarni amalga oshirish rmimkin. Umuman olganda, kompyuter imkoniyatlarini birma – bir sanab chiqish qiyin.
Demak, inson tafakkurining mahsuli bo'lgan kompyuter juda kerakli mashina ekan. Shuning uchun bu fanni qunt bilan chuqur o'rganish zarurdir.
Kompyuter qanday tuzilgan?
Kompyuter ko'rinishidan uch asosiy bo'lakdan iborat :
Monitor
Sistema bloki
Klaviatura
Monitor deb ataluvchi qurilma televizor ekraniga o'xshash vazifani bajaradi, ya'ni chizilayotgan rasm, yozilayotgan harflar, ko'rilayotgan film unda namoyon bo'lib boradi.
Klaviatura ustiga harf, son va boshqa belgilar yozilgan klavishlardan iborat. Uning yordamida kompyuterga turli ma'lumot va buyruqlar kiritiladi.
Sistema bloki himoya g'ilofiga o'ralgan elektron sxemalar va qurilmalardan iborat. Elektron sxemalar yaxlit asosga yig'ilgan bo'lib, asosiy plata deyiladi. Asosiy plataga kompyuterning boshqa qurilmalarini ulash mumkin.
Kompyuterning eng asosiy xususiyatini asosiy platada joylashgan protsessor deb ataluvchi elektron sxema belgilaydi. U kompyuterning barcha qurilmalari ishini borhqaradi. Protsessorning turiga qarab kompyuterga baho beribdi. Masalan, Intel Pentium 4 protsessori hozircha eng kuchli protsessor hisoblanadi.
Ma 'lumotlar qanday saqlanadi?
Biz ma'lumotlarni (kino, klip, qo'shiq, musiqa, rasmlar, hikoyalar, referatlar) daftarlar, kitoblar, magnit tasmalar va boshqa vositalar yordamida uzoq vaqt saqlay olamiz. Kompyuterda ham ma'lumotlarni uzoq vaqt saqlab qo'yish imkoniyati bor. Buning uchun asosan magnit disklar va kompakt disklar ishlatiladi. Magnit disklarning qattiq va egiluvchan turlari bor. Qattiq disklar vinchester deb atalib, odatda u sistema blokida joylashtiriladi.
Egiluvchan disklar disket deb atalib, asosan bir kompyuterdan boshqasiga ma'lumotlarni ko'chirish uchun ishlatiladi. Disketlarga ma'lumot yozish va undagi ma'luraotni o'qish diskyuritgich (diskovod) qurilmasi yordamida amalga oshiriladi. Vinchesterlarda disketlarga nisbatan bir necha ming marta ko'p ma'lumot saqlash mumkin.
Kompakt disklardagi ma'lumotlarni o'qish uchun CD-ROM qurilmasi ishlatiladi. Vinchester, kompakt disk va disketlardagi ma'lumotlar kompyuter elektr manbasidan uzilgan holda ham saqlanib qoladi. Shu sababli ularni umumiy nom bilan kompyuterning tashqi xotirasi deb ataymiz.
Kompyuterning yana qanday qurilmalari bor?
Kompyutemi qulay usulda boshqarish, ba'zi ishlarni osongina bajarish uchun "sichqoncha" deb ataluvchi qurilmani qo'llash mumkin. Odatda, sichqonchadagi chap tugma tanlash yoki buyruq berish, o'ng tugma yordamchi amallar ro'yxatmi ochish uchun ishlatiladi. Bu ro'yxat kontekst-menyu deb ataladi.
Kompyuterda tayyorlangan rasmlar va matnlar (hikoya, referat va boshqalar) "printer" deb ataluvchi qurilma yordamida qog'ozga chop etish mumkin. Kino, klip, qo'shiq, musiqalardagi tovushlarni tovush chiqarish qurilmalari deb ataluvchi karnay (kolonka) va quloqchin (naushnik)lar orqali eshitish mumkin.
|
| |