|
Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti Nukus filiali
|
bet | 1/8 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 111,41 Kb. | | #251491 |
Bog'liq Abdusalomov Xurshid
Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot
Texnologiyalar Universiteti Nukus filiali
“Kompyuter injiniring fakulteti” Kompyuter injiniring yo’nalishi, sirtqi ta`lim
1001-21 uzb guruh 3-kurs Abdusalomov Xurshidning
“Kompyuterni tashkil etish” fanidan
Mustaqil ishi
TOPSHIRDI: Abdusalomov Xurshid.
QABUL QILDI: Tureniyazova A.
2023 -yil
Mavzu: Kompyuterlar haqida umumiy tushuncha. Kompyuterning asosiy qurilmalari.
Reja:
1. Kompyuterlar haqida ma`lumotlar.
2. Kompyuterlarning asosiy vazifasi.
3. Kompyuterlarning asosiy qurilmalari.
4. Kompyuterning qo`shimcha qurilmalari.
Insoniyat asrlar davomida to'plagan bilimlarini kelajak avlod uchun qoldirishga harakat qilib kelgan. Buning uchun u toshlar va terilarga rasmlar chizgan, biz harflar deb ataydigan belgilar va qog'oz o'ylab topib, ular yordamida bitiklar yozgan.
Ajdodlarimizdan bizga qadar minglab qo'lyozmalar va kitoblar yetib kelganini siz yaxshi bilasiz. Ularni saqlash uchun juda katta kutubxonalar kerak.
Avvallari kam nusxadagi qo'lyozmalar va kitoblardan foydalanish uchun oylab, yillab navbat kutishga to'g'ri kelardi. Ba'zan, chet mamlakatlar kutubxonalaridagi Kitob yoki qo'lyozmalarni olishning umuman imkoniyati bo'lmagan.
Texnikaning rivojlanishi natijasida bu kabi muammolar hal bo'ldi. Hozirgi kunda kompyuterlarasosida tashkil etilgan Internet orqali dunyoning istalgan nuqtasidagi kutubxonadan kerakli kitob yokiqo'lyozmalar nusxasini olish, yangi kitob va maqolalarni o'qish, filmlarni ko'rish, biror joyga xat jo'natish va boshqa zarur ishlarni amalga oshirsh mumkin. Umuman olganda, kompyuter imkoniyatlarini birma-bir sanab chiqish qiyin.
Demak, inson tafakkurining mahsuli bo'lgan kompyuter juda kerakli mashina ekan. Shuning uchun bu fanni qunt bilan chuqur o'rganish lozim.
Kompyuter (inglizcha: computer — „hisoblayman“) — oldindan berilgan dastur boʻyicha ishlaydigan avtomatik qurilma. Elektron hisoblash mashinasi (EHM) bilan bir xildagi atama. Biroq, kompyuter hisoblash ishlarini bajarishdan tashqari uning funksiyasi ancha keng. EHMlarning rivojlanishida kompyuter ning bir necha avlodlarini koʻrsatish mumkin. Bu avlodlar element turlari, konstruktiv-texnologik xususiyatlari, mantiqiy tuzilishi, dastur taʼminoti, texnik tafsilotlari, texnikadan foydalanishning qulaylik darajasi bilan bir-biridan farq qiladi. Kompyuterning dastlabki avlodida (Ural-1, Minsk-2, BSEM-2) asosiy element elektron lampa boʻlgani uchun u juda katta joyni egallagan edi. Soʻngra bu lampa oʻrnida tranzistorlar ishlatilgan kompyuter (Razdan-2, M-220, Minsk-22 va boshqalar), integral mikrosxemalar ishlatilgan kompyuter (IBM-360, 1BM-370, (AQSh), YESEVM (Rossiya) va boshqalar, integratsiya darajasi katta boʻlgan integral sxemalar oʻrnatilgan shaxsiy kompyuterlar paydo boʻldi. Shaxsiy kompyuter (mikro va mikro EHM) tushunchasi XX asr 70-yillar oxiridan boshlab keng tarqala boshladi. Shaxsiy kompyuterning keyingi avlodlarida mikroelektron va biosxemalardan foydalanildi; ularning hajmi kitob kattaligidek hajmga kichraydi, massasi esa 3,5 kg gacha kamaydi. 1981-yil IBM shirkati shaxsiy kompyuterning yanada takomillashgan modellarini ishlab chiqara boshladi. Keyinchalik boshqa firmalar IBM bilan PC biriktirilgan kompyuterni, Apple shirkati esa Macintosh (talaffuzi: „Makintosh“) yoki oddiygina „maki“ deb ataladigan kompyuterni yaratishdi. XXI asr boshlarida dunyoda oʻnlab million shaxsiy kompyuterlar, 1 millionga yaqin EHM (shu jumladan, bir necha oʻn superEVM) boʻlgan. Kompyuterlar masalalarni yechishda foydalaniladigan komponentlar (tarkibiy qismlar) tarkibi va tavsifi jihatdan bir-biridan farq qiladi. Murakkab masalalarni yechishda kuchli qurilmalar oʻrnatilgan kompyuterdan, hujjatlarni bosishda harf bosish qurilmasi boʻlgan kompyuterdan foydalaniladi. Istalgan kompyuter tizimlar bloki, monitor va klaviaturadan iborat boʻladi. Kerak boʻlganda boʻlardan tashqari boshqa qurilmalar ham ulanadi. Tizimlar blokida kompyuterning ishlashi uchun zarur muhim qismlar (diskni yuritkich, vinchester — qattiq disk, mantiqiy amallarni bajaruvchi mikrosxemalar) boʻlib, unga qolgan qurilmalar ulanadi. Monitor (displey) matn va turli tasvir koʻrinishidagi axborotlarni ekranda aks ettiradi. Klaviatura kompyuterga buyruq va turli axborotlarni kiritadi. Koʻpincha, kompyuter tarkibiga „sichqoncha“ manipulyatori va printer kiritiladi. „Sichqoncha“ ikki yoki uchta knopkasi (tugmasi) boʻlgan qurilma boʻlib, uning yordamida kompyuter ishi osonlashtiriladi. Printer esa axborotlarni qogʻozga tushirish uchun xizmat qiladi. Zamonaviy kompyuterlar, asosan, toʻrt qurilma: boshqarish, protsessor, xotira va kiritish-chiqarish qurilmalaridan iborat. Boshqarish qurilmasi kompyuterning barcha qurilmalari ishini muvofiqlashtiradi va boshqaradi. Protsessor kompyuterning asosiy qurilmasi boʻlib, axborotlarga ishlov beradi, yaʼni hisoblash amallari, solishtirish va uzatish kabi arifmetik-mantiqiy amallarni bajaradi. Bu qurilma bajaradigan amallar dasturlar orqali belgilanadi. Xotira qurilmasi axborotlarga ishlov berish vaqtida uni saqlash uchun xizmat qiladi. Foydalanayotgan dasturlar ichki xotirada, uzoq, muddat saqlanadigan axborotlar tashqi xotira (disketalar)da saqlanadi. Ichki va tashqi xotiralarda axborot almashinuvi kiritish-chiqarish qurilmalari yordamida amalga oshiriladi.
Kompyuter oʻyinlari ham keng tarqalgan. Ularning mingdan ortiq xili mavjud; ular yordamida koʻp narsalarni amaliy bilib olish va amaliy tajribalarni orttirish mumkin. Kompyuterning universalligi axborotni aniq maqsad yoʻlida qayta ishlay olishiga, inson faoliyatining turli sohalarida ishlab chiqarishni tubdan oʻzgartirishga, kishilarning ishini osonlashtirishga imkon beradi. Ob-havoni oldindan aytib berishda meteostyalar va sunʼiy yoʻldoshlardan keladigan axborotlarni yigʻib va tahlil qilib, juda katta hisoblash ishlarini bajaradi va inson uchun qulay boʻlgan shaklda ifodalaydi.
Kompyuterlar insonlarning kundalik hayotida muhim vazifalarini bajarayotganligi tufayli unga ehtiyoj kundan kunga ortib bormoqda. Chunki kompyuterlar yordamida turli ko`rinishdagi axborotlarni izlash, to`plash, saqlash, qayta ishlash va uzatish kabi ishlar yengillik bilan tezda amalga oshirish mumkin.
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlarning bir necha turi mavjud:
Stol kompyuteri - (ingl. Desktop), portativ kompyuterlar – noutbook (ingl. Laptop), Netbook - Chontak kompyuteri.
Kompyuterlarning asosiy qurilmalari 4 ta bular: klaviatura, manitor, sichqoncha, sistema bloki.
|
| |