|
Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti Nukus filiali
|
bet | 4/8 | Sana | 23.05.2024 | Hajmi | 111,41 Kb. | | #251491 |
Bog'liq Abdusalomov XurshidKalonkalar haqida.
Agar biz audioadapter urnatgan bulsak, tabiiyki unga ovoz kuchaytirgichni kalonkalarini ulash kerak. Ovoz kalonkalarini 2 xil turi mavjud: passiv va faol . Ularning asosiy farki shundaki , passiv kalonkalarda kuchaytirgich bulmaydi va audioadapterning chikish kuchlanishi kalonkalar ovoz kuchaytirgichiga modifikaciyasiz keladi. Standart xolatda ishlash uchun bunday kalonkalar yaraydi.
Ayni xolatda ovozni sozlash uchun yoki audioadapterda tugridan tugri urnatish yoki damsturiy vosita yordamida foydalaniladi.
Faol kalonkalarda audioadapterdan keluvchi signal ichki uz kuchaytirgichi yordamida kuchaytiriladi. Passiv kalonkalar uchun ovoz kuchaytirgichlarning kuvvati audioadapterning kuchaytirgich kuvvati ,ilan belgilanadi.
Audioadapterda ovoz, musiqa yoki shovqin yozish uchun (MPC standarti talabi bo`yicha) mikrafonni ulash nazarda tutilgan .
Plotterlar haqida.
Plotterlar (plotter, grafik ko’ruvchilar) grafik axborotni (chizmalar, sxemalar, rasmlar, diagrammalar va b.) ЕHM dan qog’ozli yoki boshqacha ko’rinishdagi tashuvchiga chiqarish qurilmasidir.
DIGITAYZER
Digitayzer (digitaizer) yoki boshqachasiga grafikli planshet — bu asosiy vazifasi tasvirlarni raqamlab chiqish qurilmasidir. U ikki qismdan: asosdan (planshetdan) va asos yuzi bo’yicha siljiydigan ko’rsatish qurilmasidan (pero yoki kursordan) iborat. Kursor knopkasini bosilganda uning planshet yuzasidagi holati qayd qilinadi va koordinatalari kompyuterga beriladi.
Digitayzer foydalanuvchi yaratayotgan rasmni kompyuterga kiritish uchun ishlatilishi munin: foydalanuvchi perokursorni planshet bo’yicha olib yuradi, lekin tasvir qog’ozda paydo bo’lmasdan, balki grafik faylda qayd qilinadi.
Printerlar haqida umumiy ma`lumot.
Bosuvchi qurilmalar (printerlar) — bu qiymatlarni EHM dan chiqarish qurilmasi bo’lib, u ma’lumotning ASCII kodlarini ularga mos kelgan grafikli belgilarga (harflar, raqamlar, ishoralarga va sh.u.) o’zgartiradi va bu belgilarni qog’ozda qayd etadi.
Printer SHK TQ, sining eng rivojlangan guruhidir, ularning 1000 tagacha turli hil modifikatsiyalari bor. Printerlar o’zaro quyidagi tavsiflar bo’yicha farqlanadi:
— rangliligi (oq-qora va rangli);
— belgilarni shakllantirish usuli (belgilarni bosuvchi va belgilarni sintezlovchi);
— ish tamoyili (matritsali, termik (qizdirishga oid), purkagichli, lazerli);
— bosish (zarbli va zarbsiz) va satrlarni shakllantirish (ketma-ket va parallel) usullari;
— karetka kengligi (375 450 mm li keng va 250 mm li tor karetkali);
— bosish satri uzunligi (80 ta va 132-136 ta belgi);
— belgilarni terish (ASCII belgilarini to’liq terishgacha);
— bosish tezligi;
O’tkazish qobiliyati va h.k.
Bir qator guruhlarning ichida printerlarning bir nechta turlarini ajratish mumkin: masalan, SHK da keng ishlatiladigan belgilarni sintezlovchi matritsali printerlar ish tamoyili bo’yicha zarbli, termografikli, e’lektrografikli, e’lektrostatik, magnitografikli va b. bo’lishi mumkin.
Zarbli printerlar orasida ignali (matritsali) lar eng ko’p tarqalgan, lekin hali ham literli, shar ko’rinishli, gulbargli («moychechak» tipidagi) va b. uchrab turadi.
Printerlarda bosish belgi bo’yicha, satr va sahifa bo’yicha bo’lishi mumkin. Bosish tezligi sekundiga 10-300 ta ishoradan (zarbli printerlar) sekundiga 500-1000 tagacha va hattoki sekundiga bir necha o’nlab (20 tagacha) sahifalargacha (zarbsiz lazerli printerlar) oraliqda; o’tkazish qobiliyati millimetrda 3-5 nuqtadan millimetrda 30-40 nuqtagacha bo’ladi (lazerli printerlar).
Matnli bosish uchun umumiy holda turlicha bosish sifati bilan tavsiflanuvchi quyidagi rejimlar bor:
— homaki bosish rejimi (Draft);
— bosmahonanikiga yaqin bosish rejimi (NLQ – Near Letter Quality);
— bosmahonaniki kabi bosish rejimi (LQ- Letter Quality);
— yuqori sifatli bosish rejimi (SLQ- Supper Letter Quality).
Printerlar, odatda, ikki rejimda — matnli va grafikli rejimlarda ishlashi mumkin.
Matnli rejimda printerga bosilishi kerak bo’lgan belgilar kodi yuboriladi, shu bilan birga belgilar konturi printerning ishora generatoridan tanlab olinadi.
Grafikli rejimda printerga tasvir nuqtalarining ketma-ketligi va joylashgan joyini aniqlovchi kodlar yuboriladi.
Matnli rejimda printerlar odatda bir nechta shriftlarni va ularning turli ko’rinishlarini qo’llaydi, ularning ichida roman (yozuv mashinkasining mayda shrifti), italik (kursiv), boldface (yarim qora), expandent (cho’zilgan), elite (yarim siqilgan), condenced (siqilgan), pica (tug’ri shrift — sitsero), prestige elite (prestij-elita) va proportsionalli shrift (belgi uchun ajratiladigan maydon kengligi belgining kengligiga bog’liq bo’ladi) keng tarqalgandir.
Printerni ruslashtirilganligi (milliylashtirilishi) maqsadga muvofiqdir — o’zining vositalari bilan rus harflarini — kirillitsami bosishni ta’minlasin; aks holda SHK ga maxsus drayver-larni qo’shish talab etiladi.
Ko’pgina printerlar grafikli ma’lumotlarni samarali chiqarishni (psevdografika belgilari yordamida) amalga oshirish imkonini beradi; bosishning servis rejimlari: qalin bosish, ikkilangan kenglikdagi bosish, ostiga chizib bosish, yuqorigi va pastki indekslar bilan, ajratilgan bosish (har bir belgi ikki marta bosiladi) va ikki marta o’tib bosish (ikkinchi marta belgi ozgina surilib bosiladi); ko’p rangli bosish (100 tagacha turli xil rang va tuslar).
|
| |