Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti Nukus filiali




Download 111,41 Kb.
bet3/8
Sana23.05.2024
Hajmi111,41 Kb.
#251491
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Abdusalomov Xurshid

Monitorlar haqida.
Kompyuter monitori(monitor) — grafik, matnli ma’lumotlarni ekranga chiqarib berish uchun xizmat qiladigan qurilmadir, ekranga chiqarish monitor displeyi orqali amalga oshiriladi. Raqamli signallar (0 va 1) videokarta orqali video signallarga aylantirilib, monitor orqali odamlar tushunadigan ko‘rinishda namoyon bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, monitor mashina va odam orasidagi bog‘lovchidir.
Ma’lumotlarni ekranga chiqarish bo‘yicha monitor 2 xil ko‘rinishga ega:
— raqam-yozuv, simvollarni ko‘rsatuvchi monitor.
Bu monitor ekranga faqat yozuv yoki raqamlarni chiqarib beradi, grafikalarni chiqara olmaydi, misol qilib dastlab chiqarilgan monitorlarni, kalkulyatorlar, peydjerlarni olish mumkin.
— grafik ko‘rinishda ko‘rsatuvchi monitor. Bu tur monitorlar raqam, yozuv, simvollardan tashqari grafikani ham namoyon qila oladi.
Asosan monitorlar, ishlash texnologiyasi bo‘yicha quyidagi turlarga bo‘linadi:
1. Elektrnurli trubka asosida ishlaydigan monitor(CRT, ЭЛТ monitor). Bu turdagi monitor elektrnurli trubkadan chiqayotgan elektronlar asosida ishlaydi, elektronlar lominoform bilan qoplangan sloyga ichki tomondan urilib, 3 ta asosiy rang(qizil, yashil, ko‘k RGB) asosida qolgan ranglarni chiqaradi.
Hozirgi kunda bu turdagi monitor quyida keltirilgan kamchiliklari sababli, texnika bozorida o‘z o‘rnini yo‘qotdi:
— katta hajmdaligi;
— og‘irligi;
— elektro-magnit nurlanishning kuchliligi;
— elektr ta’minotni katta sarflashi.
Shunday bo‘lsa ham, bunday monitor rasm va boshqa ob’yektlarni aniq va tiniq ko‘rsata oladi, shu sababli arxitektor, dizayner va shunga o‘xshash kasb egalari CRT monitoridan voz kechishganligi yo‘q.
2. Suyuqkristallardan tashkil topgan monitor(LCD — Liquid Crystal Display). Bu monitor to‘liq suyuq kristallardan tashkil topgan. Dastlab bunday texnologiya kalkulyatorlarda, kvars soatlarda qo‘llanib ko‘rilgan, keyinchalik monitorlarga ham ishlatila boshlangan. Asosi suyuqlik bo‘lganligi sababli, bu hildagi monitorning ko‘rish burchagi bo‘lib, monitordagi ob’yektlar har xil burchak ostida har xil(har xil rangda desa bo‘ladi) namoyon bo‘ladi.
Hozirgi kunda bu turdagi monitor IT bozorini egallab olgan, bunga sabab:
hajmi kichik;
— yengil;
— elektro-magnit nurlanishlar kam;
— elektr toki kam sarflaydi.
3. Plazmali monitorlar(PDP — gas-plazma display panel).Bu tur monitorning asosi gaz bilan to‘ldirilgan oynali paneldir.
Sichqoncha haqida qiziqarli faktlar.
9 - dekabr kompyuter sichqonchasining “tug‘ilgan kuni” hisoblanadi. 1968- yilning aynan shu kuni Stenford tadqiqot instituti xodimi Duglas Engelbart sichqonchani San-Frantsiskodagi hisoblash texnikasi bo‘yicha anjumanda taqdim qilgan.
Quyida kompyuter sichqonchasi haqida qiziqarli faktlar keltirilgan:
Kompyuter sichqonchasiga NASA tomonidan buyurtma berilgan. Koinot agentligi hisoblash tizimlari bilan ishlashni soddalashtirish usulini izlagan. Biroq sichqoncha agentlik mutaxassislarini qoniqtirmagan, chunki u bilan vaznsizlikda ishlashning iloji bo‘lmagan.
Engelbart unda sichqonchani yaratish g‘oyasi paydo bo‘lishidan avval boshning harakatlariga monand kursorni harakatlantiruvchi maxsus niqobni qo‘llashni taklif qilgan.
Engelbart sichqonchaga patent olgan, biroq patent muddati uning ixtirosi ommaviy ravishda ishlab chiqarila boshlanishigacha tugab bo‘lgan. Biroq qahramon mukofotsiz qolib ketmagan. 1997-yilda Engelbart ixtirochilarga beriladigan Lemelson mukofoti (500 ming dollar) va “kompyuter sohasidagi Nobel mukofoti” deb e’tirof etiluvchi Tyuring mukofotini (250 ming dollar) olgan.
Engelbart o‘z sichqonchasiga bitta tugmani joylashtirgan, biroq uning o‘zi har bir barmoq uchun bittadan tugma joylashtirishni istagan.
Inglizcha mouse (sichqoncha) so‘zining ko‘plikdagi shakli mice ko‘rinishida yoziladi. Biroq gap kompyuter sichqonchalari haqida ketganda Oksford lug‘ati mouses so‘zini qo‘llashga ruxsat beradi.
Sichqoncha 1980-yillarda unga huquqni Apple kompaniyasi sotib olgandan keyin ommalashgan. Sichqoncha konstruksiyasi soddalashtirilib, “Makintosh” kompyuteri bilan birga ishlatila boshlangan.
Sichqonchani ishlatish mumkin bo‘lgan ilk kompyuter 1970-yilda ishlab chiqarilgan Xerox Alto bo‘lgan. Bu kompyuter shuningdek grafik interfeysga ega bo‘lgan birinchi kompyuter hisoblanadi.
Sichqoncha kursori nega vertikal yoki gorizontal emas, balki yonboshlatib tasvirlangani sababini bilasizmi? Chunki past ko‘rsatish sifatiga ega bo‘lgan ilk monitorlarda uni shunday shaklda topish oson bo‘lgan.
Ilk optik sichqoncha 1980-yilda paydo bo‘lgan, biroq 1999-yilda uning narxi cho‘ntakbop ko‘rinishga kelgandan keyingina keng qo‘llana boshlangan.
Sistema bloki.
Elektr ta‘minlovchi blok — Har bir kisimning o’ziga mos elektr-kuvvat extiyojini ta‘minlovchi blok. Sistema blokining tarkibi: oziqlanish bloki, sistema platasi, operativ hotira sxemalari, xotiraning boshqa turlari, portlar, kengaytirish slotlari, shinalar.
Komp’yuterning asosiy korpusidagi qurilma va vositalarni etarlicha energiya bilan ta`minlovchi moslama komp’yuterninig energiya blokidir.
Uning asosiy vazifasi aytilgan vositalarni energiya bilan ta`minlash, havo almashtirish va protsessor ichini sovutishdir, chunki ko`pgina komponentlar energiya bloki, protsessor va vinchester uzluksiz ish vaqtida qizib ketadi.
Agar ishonchli havo almashtirish ta`minlanmasa, komp’yuter ichki qismlari qizib ketishi va to`xtab qolishiga sabab bo`ladi.
Bundan tashqari kuchlanishlar tez-tez o`zgaradigan, katta kuchlanishli toklar o`tadigan joylarda energiya blokining ishonchliligi katta axamiyatga ega.
Komp’yuter sotib olishda energiya blokining quvvatini aniqlab oling. U kamida 200-250 vatt bo`lishi kerak, aks holda u qo`shimcha qattiq disk (vinchester), qo`shimcha platalar, yangi kuchliroq protsessor, mul’timedia vositalarini o`rnatishda tok etmay qolishiga sababchi bo`ladi.
Personal komp’yuterlarda tok manbai blokiga uchta asosiy funktsiya yuklangan:
— personal kompyuterni elektr energiyasi bilan taminlash ;
— ichki sistemalarni sovutish ;
— ichki komponentlarni himoyalash.
Tok manbai blokini asosiy masalasi personal komp’yuterni elektr energiyasi bilan taminlashdir. U 220 V o’zgaruvchi tokni 5 va 12 V o’zgarmas tokga aylantirib beradi.
AQH va boshqa ba’zi mamlakatlarda tarmoqda 120 V bo’lganligi sababli, 120 V ni 5 V yoki 12 V ga aylantiriladi. 5 va 12 V kuchlanishlar personal komp’yuter qurilmalarida foydalinadi. Komp’yuterga o’rnatilgan tok manbai bloki komp’yuter sistema blokini sovutishda muhim rol o’ynaydi chunki blokni vintelyatori komp’yuterni ichki havosini so’rib tashqariga chiqirishga mo’ljalangan.
Xajjatda olib qaralsa sistema blokida tok manbai korpusni yuqori qismida joylashgan. Ma’lumki komp’yuter sistema blokidagi qurilmalardan ajralib chiqayotgan issiqlik yuqoriga qarab ko’tariladi. Yuqoridagi tok manbai blokidagi vintilyator shu issiqlikni tashqariga uzatadi.
Personal komp’yuter agar normadagi elekt kuchlanishi bo’lmasa ishga tushmaydi. Chunki tok manbai bloki energiya bermaydi. Agar unga normadan ortiq kuchlanish ulansa, undan hid chiqib, kuyganini bildiradi.
Ona plata, u markaziy protsessor, tezkor xotira, vinchester, floppi-diskovod, ISA, PCI yoki AGP interfeysiga ega turli kengayish platalari, ikkita ketma-ket (COM1 va COM2) va bitta parallel (LPT1) portlarni bog‘lovchi bo‘g‘in sanaladi. Boshqacha qilib aytganda, ona platada barcha muhim komponentlar jamlangan bo‘ladi. (Bekorga «ona» plata deyilmaydi-da!)
Barcha amallarni bajaruvchi protsessor.
Kompyuter ishlab chiquvchi ma’lumotlarni monitorda aks etuvchi signalga aylantirib beruvchi videokarta.
Kompyuter ishlab chiquvchi tovushlarning eshittirilishini, shuningdek, tovushlarni raqamli shaklda kompakt-disklarga sifatli yozishni ta’minlovchi tovush kartasi.
Amaliyot tizimi, dasturlar, ilovalar, ma’lumotlar bazasi, o‘yinlar va boshqalarni saqlash joyi bo‘lmish Vinchester (qattiq disklarga yig‘uvchi). Tezkor xotiraga saqlovchi qurilma (OZU, «operativka») dan farqli o‘laroq, ozuqa manbaidan uzilganda vinchesterga yozilgan ma’lumotlar o‘chib ketmaydi.
Lazerli kompakt-disklarni o‘qishga (ijro etishga) mo‘ljallangan CD-ROM-diskovod (kompakt disklarni o‘qish diskovodi). Kompakt-disklarda kompyuter dasturlari va o‘yinlar, musiqali asarlar, videofilmlar va boshqalar yozilgan bo‘lishi mumkin.
Ona plata, kengayish platalari, vinchester, floppi-diskovod va boshqalarni elektr energiyasi bilan ta’minlovchi ozuqa bloki.
Sistema bloki, asosan, korpus, asosiy plata (ona plata yoki sistema platasi), protsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, quvvat blokidan iborat.
Asosiy plata yaxlit asosga yig’ilgan elektron sxemalar bo’lib, unga ba’zi qurilmalar axborot almashish sistema magistrali — shinalar (simlarning o’ramlari) yordamida bog’lanadi. Shinalar kompyuterning hamma qurilmalariga parallel holda ulanadi. Kompyuter ishida uch xil shina xizmat ko’rsatadi: berilganlar (berilgan ma’lumotlar) shinasi, Asosiy plata adreslar shinasi, boshqarish shinasi. Asosiy platada mikroprotsessor, xotira qurilmalari va mikrosxemalar, ovoz, video va tarmoq platalari ham joylashadi. Ular asosiy plataning maxsus slot (qirqim)lariga ulanadi.
Diskyurituvchi, printer, flash-xotira kabi qurilmalar portlar deb yuritiluvchi asosiy platadagi maxsus joylarga ulanadi. Bu qurilmalarni boshqarish uchun asosiy platada kontrollerlar deb ataluvchi elektron sxemalar mavjud. Portlar parallel (LPT), ketma-ket (COM) va universal ketma-ket (USB) turlarga bo’linadi. Ketma-ket port protsessordan ma’lumotlarni baytlarda oladi va qurilmalarga bitlarda uzatadi, parallel port esa baytlarda olib baytlarda uzatadi. Odatda, sichqoncha va modem ketma-ket portlarga, printer parallel portga ulanadi. Juda ko’p asosiy platalarda sichqoncha va klaviatura doiracha shaklidagi PS/2 bo’lmaga ulanadi. Hozirgi kunda universal ketma-ket portga sichqoncha, klaviatura va boshqa qurilmalarni ulash imkoni bor.
Odatda, asosiy plataning ajralmas qismi sifatida qaraladigan doimiy xotira qurilmasi (DXQ, ing. ROM — Read Only Memory — faqat o’qish uchun xotira) mikrosxema ko’rinishida tashkil etilgan bo’lib, quvvat manbaiga bog’liq bo’lmagan holda ma’lumotlarni saqlash uchun xizmat qiladi. Doimiy xotira qurilmasida kompyuterning kiritish- chiqarish asosiy sistemasi (BIOS — Basic Input-Output System) haqidagi doimiy axborot saqlanadi.
Protsessorni mikroprotsessor yoki CPU (ya’ni, Central Processing Unit — markaziy protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi, xotira bilan bog’lanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi.

Download 111,41 Kb.
1   2   3   4   5   6   7   8




Download 111,41 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Muxammad Al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot Texnologiyalar Universiteti Nukus filiali

Download 111,41 Kb.