• Mavzuning qisqacha mazmuni
  • Jihoz
  • Darsning maqsadlari Talimiy
  • Dars jarayoni va texnologiyasi Ishning nomi Bajariladigan ish mazmuni
  • Darsning borishi: 1- 2-bosqichlar
  • Togri chiziqli tekis harakat
  • Yangi mavzuni mustahkamlash
  • Mavzu: To`g`ri chiziqli tekis harakat haqida




    Download 192,15 Kb.
    Sana07.04.2020
    Hajmi192,15 Kb.
    #10184

    MAVZU: To`g`ri chiziqli tekis harakat haqida.

    Soatlar soni: 1

    Mavzuning qisqacha mazmuni: To`g`ri chiziqli tekis harakat haqida haqida bilim berish;

    O'quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:

    Metodik: Evristik, muammoli izlanish metodlaridan foydalanish.

    Shakl: Jamoa, gurah bilan va har bir o'quvchi bilan ishlash.

    Jihoz: Darslik, mavzu asosida ko'rgazmali materiallar.

    Nazorat: Og'zaki nazorat, savol-javob, kuzatish, o'z-o'zini nazorat qilish.

    Baholash: O'quvchilar 5 ballik reyting tizimida baholanadi.

    Darsning maqsadlari

    Ta'limiy:

    a) o'tilgan mavzu yuzasidan egallagan bilimlarini didaktik o'yinlar yordamida boyitib borish;

    b) To`g`ri chiziqli tekis harakat haqida bilim berish.
    Tarbiyaviy:

    a) o'quvchilaraing matematika faniga bo'lgan qiziqishini yanada orttirib borish;

    b) har bir fizik muammolarni ahillik, birodarlik, hamjihatlik, hozirjavoblik bilan bajarish fazilatlarini tarbiyalash.
    Rivojlantiruvchi:

    Fizik topshiriqlarni bajarish orqali o'quvchilarning mustaqil va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish.



    Kutilayotgan natija

    To`g`ri chiziqli tekis harakat haqida yuzasidan yangi bilimga ega bo'ladilar.

    Dars jarayoni va texnologiyasi

    Ishning nomi

    Bajariladigan ish mazmuni

    Metod

    Vaqt

    1-bosqich.

    Tashkiliy qism



    Darsni tashkil etish. O'quvchilar davomatini aniqlash. Sinfning darsga tayyorligi tekshiriladi.

    suhbat

    2 minut

    2-bosqich.

    Ehtiyojlami (refleksiya) aniqlash



    O'quvchilarning ehtiyojlari aniqlanib, mavzuga oid misol va masalalar yechiladi.

    javob, mustaqil ish

    2 minut

    3-bosqich.

    O'tilgan mavzuni mustahkamlash



    O'tilgan mavzuni mustahkamlash.


    aqliy hujum

    metodi


    2 minut

    4-bosqich.

    Yangi mavzu bayoni



    • Yangi mavzu yuzasidan yangi tushunchalar berish;

    tushuntirish muammoli

    izlanish


    30 minut

    5-bosqich.

    Baholash


    1. O'quvchining darsda ishtiroki hisobga olinib, reyting bali e'lon qilinadi.

    2. Dars yakunlanadi.

    musobaqa

    1 minut
    2 minut

    6-bosqich.

    Uyga vazifa



    Mavzu yuzsidan uyda mustaqil o`qish.

    tushuntirish

    2 minut


    Darsning borishi:
    1- 2-bosqichlar texnologik xarita asosida tashkil etiladi.
    3-bosqich. O'tilgan mavzuni mustahkamlash:
    4-bosqich.

    Yangi mavzuning bayoni.
    TO'G'RI CHIZIQLI H A R A K A T

    Tevarak-atrofdagi jismlar kovproq notekis harakatda boMib, ularning harakat trayek-toriyasi murakkabdir. Eng oddiy mexanik harakat — bu ularning to'g'ri chiziqli tekis harakatidir. Bu bobda Siz, awal jismlarning to'g'ri chiziqli tekis harakatini o'rganasiz, notekis harakat haqida qisqacha ma'Iumot olasiz. So'ngra to'g'ri chiziqli tekis o'zgaruvchan harakatni batafsilroq o'rganishga kinshasiz.

    TO'G'RI CHIZIQLI TEKIS HARAKAT HAQIDA TUSHUNCHA



    Tekis harakat

    Quyidagi tajribani qilib ko'raylik. Aravachaga 16-rasm-da ko'rsatilganidek tomizg'ich ovrnatilgan bo'lsin. Tomiz-g'ichdan bir me'yorda tomchi tomib tursin. Aravachani qo'yib yuborsak, u harakatlanadi. Bunda aravacha ortidagi tomgan tomchilar orasidagi masofa bir xil emasligini kuza-tish mumkin. Demak, aravacha bir xil vaqt oraliqlarida turlicha masofani bosib o'tgan, ya'ni u notekis harakat qilgan.

    Endi yuqoridagi tajribani biroz o'zgartiraylik. Bu gal osilgan yukni kamaytirib shunga erishaylikki, tomgan tom­chilar orasidagi masofa bir xil bo'lsin. Bu holda aravacha bir xil t'aqt oraliqlarida bir xil yo`lni bosib o'tgan deyish mumkin (17-rasm).



    Agar jism ixtiyoriy bir xil vaqt oraliqlarida bir xil yoini bosib o'tsa, bunday harakat tekis harakat deb ataladi.

    Masalan, avtomobil tekis harakatlanib, har bir minutda 1,5 km dan yo'l bosib o'tayotgan bo'lsa, 2 minutda 3 km, 5 minutda 7,5 km, 10 minutda 15 km, 30 minutda 45 km, 1 soatda 90 km yo'lni bosib o'tadi.

    Soat millari harakati ham tekis harakatga misol bo'la oladi.

    Siz maktabga borishingizda qay holda tekis, qay holda notekis harakat qilgan bo'lasiz?


    To'g'ri chiziqli harakat
    Tevarak-atrofimizdagi jismlarning aksariyat hollardagi harakat trayektoriyasi egri chiziqdan iborat bo'ladi. Ayrim hoilardagina jismlar yo'lning ma'lum bir qismida to'g'ri chiziqli harakat qilishi mumkin.

    Jism trayektoriyasi to'g'ri chiziqdan iborat bo'lsa, bunday harakat to'g'ri chiziqli harakat deyiladi.

    16- va 17-rasmlardagi aravachaning harakati tekis yoki notekis bo'lishidan qat'iy nazar, to'g'ri chiziqlidir.

    To'g'ri yo'ldan ketayotgan avtomobil harakatini, to'g'ri temir yo'lda poyezdning harakatini, ma'lum balandlikka ko'tarilib olgandan keyin samolyotning harakatini to'g'ri chiziqli harakat deb olish mumkin.



    To'g'ri chiziqli tekis harakat

    16-rasmdagi aravacha to'g'ri chiziqli, lekin notekis harakat qilmoqda. Shuning uchun uning harakatini to'g'ri chiziqli tekis harakat deb bo'lmaydi. Soat millari uchining harakati tekis harakat qiladi, lekin to'g'ri chiziqli emas. Shuning uchun soat millari uchining ha­rakati ham to'g'ri chiziqli tekis harakat emas. 17-rasmdagi aravacha esa ham to'g'ri chiziqli, ham tekis harakat qilmoqda. Shuning uchun uning harakati to'g'ri chiziqli tekis harakatdir.

    Agar to'g'ri chiziqli harakatlanayotgan moddiy nuqta ixtiyoriy teng vaqtlar oralig'ida bir xil masofalarni bosib o'tsa, uning harakati to'g'ri chiziqli tekis harakat deyiladi.

    Eng oddiy mexanik harakat — to'g'ri chiziqli tekis harakatga misollar:

    1. Tep-tekis to'g'ri yo'lda avtomobil harakatlanayotgan bo'Isin. Agar avtomobil bir me'yorda, tezligini o'zgartirmasdan harakatlansa, Siz tinch holatda o'zingizni qanday his qilsangiz, bu holatda ham shunday his etasiz.

    2. To'g'ri temir yo'lda poyezd bir me'yorda to'g'ri chiziqli tekis harakatlanmoqda. Bunday harakat qilayotgan poyezd vagonida Siz bemalol suhbatlashib, ovqatlanib ketishingiz mumkin. Bunda piyoladagi suv ham chayqalmaydi.

    3. Agar dengizda suv sokin, tinch bo'lsa, bir me'yorda to'g'ri chiziq bo'ylab suza-yotgan kemada hodisalar harakatsiz kemadagidek ro'y beradi. Kema oynasiga qarama-gan odam kema harakatini sezmasligi ham mumkin.

    Yuqorida keltirilgan misollardan xulosa qilish mumkinki. to'g'ri chiziqli tekis ha­rakat bilan tinchlikdagi holat orasida ajoyib umumiylik bor.

    Bu umumiylik shundan iboratki, mexanik harakatlar tinchlikdagi va to'g'ri chiziqli tekis harakatdagi sanoq jismlarda bir xil boladi.

    Mexanik harakat asosida sanoq jismning tinchlikdaligini yoki harakatdaligini aniqlashning iloji yo`q. Bu Galiley prinsipidir.
    Yangi mavzuni mustahkamlash:

    1. 16-va 17-rasmlarda tasvirlangan tajribani tushuntirib bering.

    2. Qanday harakat tekis harakat deb ataladi?

    3. To'g'ri chiziqli harakat deb nimaga aytiladi? Unga misollar keltiring.

    4. To`g`ri chiziqli tekis harakatni ta'riflab bering.

    5. Siz maktabga ketayotganingizda yo'lning qaysi qismida to'g'ri chiziqli tekis harakat qilasiz?



    Download 192,15 Kb.




    Download 192,15 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Mavzu: To`g`ri chiziqli tekis harakat haqida

    Download 192,15 Kb.