|
Kompyuter texnologiyalari yordamida o‘qituvchilarning kasbiy malakalarini oshirib borish
|
bet | 1/7 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 31,03 Kb. | | #129922 |
Bog'liq O‘qutuvchilarni kompyuter texnologiyalar KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI YORDAMIDA O‘QITUVCHILARNING KASBIY MALAKALARINI OSHIRIB BORISH
Tayanch tushunchala:
Zamonaviy axborot texnologiyalari; axborot resurslari; ilmiy – texnik taraqqiyot; modulli o‘qitish; axborotlashtirish; gipermant va mu- ltimedia; ma’lumotlar bazasi; kompyuter texnologiyalari; immitatsiya; kommunikatsiya; bilimlar bazasi; ta’limda veb–saytlar; tashxis va moni- toring; masofaviy o‘qitish; modulli tizim; o‘qituvchining axborot mada- niyati; internet resurslari; partal; diagnostika; internet tarmog‘i; elek- tron pochta; videoroliklar; animatsiya; axborot- ta’lim resurslari; inno- vatsiya; kompyuter vositalari.
Pedagogik mahoratni oshirishda zamonaviy axborot texnologiyalarining ahamiyati
Ta’lim jarayoniga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish va bunda o‘qituvchilarning ko‘nikma va malakalarini oshirish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida»gi 2005-yil 28- sentyabrdagi PQ-191 sonli Qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risi- da»gi 2002-yil 6-iyundagi 200-sonli, “O‘qituvchi kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini yanada takomil- lashtirish to‘g‘risida”gi 2006-yil 16-fevraldagi 25–sonli qarorlarining qabul qilinishi mazkur masalaga davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida e’tibor qaratilayotganligidan dalolat beradi.
O‘quv jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo‘llash ta’lim metodlarining samaradorligini oshirishga, o‘qituvchilar mehnat faoliyatining o‘zgarishiga, ularning pedagogik mahoratlarini takomil- lashtirishga, pedagogik tizimlarning tarkibiy o‘zgarishiga samarali ta’sir etadi. Bu esa pedagogik jarayonlarni axborotlashtirishni tashkil etish va boshqarishda o‘ziga xos vazifalarni qo‘yadi.
Pedagogik ta’lim jarayonlarini zamonaviy axborot texnologiyalari asosida samarali tashkil etish:
masofaviy o‘quv kurslarini va elektron adabiyotlarni yaratuvchi jamoa o‘qituvchilar, kompyuter dasturchilari, tegishli mutaxassislarning birgalikda faoliyat olib borishini;
o‘qituvchilar o‘rtasida vazifalarning bir maromda to‘g‘ri taqsim- lanishini;
ta’lim va tarbiya jarayonini yanada mukammal tashkil qilishni ta- komillashtirish va pedagogik faoliyatning samaradorligini oshirish monitoringini tashkil etish imkoniyatini yaratadi.
|
| |