|
KOMPYUTERNING O‘QITUVCHILIK VAZIFASINI
|
bet | 5/7 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 31,03 Kb. | | #129922 |
Bog'liq O‘qutuvchilarni kompyuter texnologiyalarKOMPYUTERNING O‘QITUVCHILIK VAZIFASINI BAJARISHI QUYIDAGI JARAYONLARDA NAMOYON
BO‘LADI:
o‘quv axborotining manbai (o‘qituvchini yoki darslikni qisman, ba’zan to‘la o‘rnini bosuvchi sifatida);
|
ko‘rsatmali qo‘llanmalar (multimedia-telekommunikatsiya imkoniyati bo‘lgan yangi sifat darajasida);
|
individual axborot fazosining yaratilganligi;
| |
o‘quvchi bilimi, ko‘nikma va malakasi tashxisi va nazorati muhiti.
|
Ishchi qurol sifatida kompyuter quyidagi vazifalarni bajaradi:
| | |
grafiklar quruvchi va ularning muharriri;
|
keng imkoniyatli hisoblash mashinasi (olingan natijalarni turli ko‘rinishda ifoda etuvchi);
|
modellashtirish vositasi.
|
Kompyuterning ta’lim obyekti sifatidagi vositachilik vazifasi:
|
dasturlashtirish (vazifali jarayonlar bo‘yicha kompyuter yordamida o‘qitish);
| |
turli axborot muhitidan foydalanish.
|
Kompyuter va internet yordamida keng auditoriya bilan bog‘lanish va uning natijasi sifatida o‘zaro muloqotlashuvchi jamoa muhiti yaratiladi.
Kompyuter texnologiyalari asosida o‘qituvchi o‘zining kasbiy mahora- tini oshirish uchun mustaqil faoliyatida quyidagi vazifalarni bajarishi lozim:
O‘quv jarayonini bir butun guruh va bir butun fan (o‘quv jarayo- nining grafigi, tashqi tashxis, joriy, oraliq va yakuniy nazorat va bosh- qalar) sifatida tashkil etish.
O‘quv jarayonida guruhni faollashtirish va muvofiqlashtirish, ish joylarini taqsimlash, ko‘rsatmalar, guruh ichida boshqarish va boshqalar.
O‘quvchilarni individual kuzatish, individual yordam ko‘rsatish, har bir o‘quvchi bilan individual muloqot olib borish. Kompyuter yorda- mida eshitish va ko‘rish imkoniyatlari, individual o‘qitishning eng sama- rali shakllariga erishiladi.
Axborot muhitini tashkil etuvchilari (shaxsiy kompyuter, o‘quv va namoyish qurilmalarining har xil turlari, dasturiy vositalar va tizimlar, o‘quv-metodik ko‘rsatma, qo‘llanmalar va boshqalar) ma’lum o‘quv kursining mazmuni bilan aniqlangan bog‘liqlik asosida Ta’limni jadallashtirishda axborot texnologiyalaridan foydalanish o‘quv jarayonining samaradorligini oshiradi, bunda:
o‘qituvchilar, ilmiy xodimlar jahonning salmoqli ilmiy, metodik adabiyotlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladilar;
uzoq hududlarda joylashgan yetakchi ta’lim muassasalarining il- miy laboratoriyalari bilan tanishadilar;
turli mavzularda videokonferensiyalar tashkil qilish va amalga oshirishga erishiladi;
o‘qituvchilarning o‘zaro seminar va treninglari o‘tkaziladi;
masofaviy ta’lim, axborotlar almashinish va shunga o‘xshash juda ko‘p imkoniyatlarga ega bo‘ladilar.
Zamonaviy axborot texnologiyalarini ta’lim muassasalari tizimiga tatbiq etish o‘quv jarayonida zamonaviy o‘qitish metodlarini qo‘llashga hamda o‘qituvchi pedagogik mahoratini namoyish etishga keng imkoniyatlar ochadi.
|
| |