|
Kompyuter texnologiyalari yordamida o‘qituvchilarning kasbiy malakalarini oshirib borish
|
bet | 3/7 | Sana | 04.01.2024 | Hajmi | 31,03 Kb. | | #129922 |
Bog'liq O‘qutuvchilarni kompyuter texnologiyalarZAMONAVIY AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARINI TA’LIM MUASSASALARI PEDAGOGIK FAOLIYATIDA QO‘LLASH
- ta’lim muassasasi hujjatlarini kiritish va shakllantirish;
|
dars jadvallarini tuzish;
|
- ta’lim muassasasi o‘qituvchilari hamda o‘quvchilar bo‘yicha ma’lumotlar bankini yaratish va undan foydalanish;
|
- o‘qituvchilar faoliyatining monitoringini yaratish;
|
- o‘quv muassasasi faoliyatini tezkor boshqarishning interfaol telekon- ferensiya, virtual maslahatlar, muhim axborotlarni o‘qituvchilarning
jamoaviy yoki shaxsiy kompyuterlari displeyi ekraniga tashlash orqali tez tashkil etish;
|
- ta’limni boshqarish yoxud boshqa mutasaddi tashkilotlar bilan elektron pochta orqali bog‘lanish sharoitini yaratish;
|
- boshqa o‘quv muassasalari, jumladan chet el muassasalari bilan
ijodiy bog‘lanishni tashkil etish;
|
- internet tizimi yordamida axborot izlash va uni tanlash.
|
TA’LIM MUASSASALARI O‘QUV FAOLIYATIDA ESA:
|
-axborot kommunikatsion va axborot texnologiyalarini majburiy o‘rganishni tashkil etish;
|
-barcha fanlar bo‘yicha o‘rgatuvchi dasturlardan foydalanish;
|
-kompyuterda yozilgan testlar yordamida o‘quvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish;
|
-kutubxonalar kataloglaridan foydalanish va ommabop kutubxona- lardagi kitoblarga internet orqali buyurtma berish;
|
-o‘qituvchilarning metodik ishlanmalari, ma’ruza matnlari va boshqa o‘quv qo‘llanmalarini nashrga tayyorlash;
|
-internet tizimidagi ma’lumotlardan foydalanib, o‘tilgan mavzu
asosida o‘quvchilar tomonidan ma’ruzalar va referatlarni mustaqil tayyorlashga erishish;
|
-O‘quv va badiiy adabiyotlarning elektron matnlaridan foydalanish;
|
-ko‘nikma va malakalarni oshirishda maxsus ensiklopedik lug‘atlardan foydalanish imkoniyatini yaratish lozim.
|
Kompyuter texnologiyalari (kompyuter savodxonligi)dan foydala- nishda, o‘qituvchi uning mazmuniga ko‘ra bir qancha vazifalarni baja- rishi mumkin. Faol foydalanish imkoniyatiga ega kompyuter texnologi- yalari quyidagi asosiy didaktik funksiyalarni bajaradi:
multimedia texnologiyasini qo‘llash evaziga o‘quvchilarda fanlarga qiziqishni rivojlantiradi;
- bunda ta’limning interfaolligi tufayli o‘quvchilarning fikrlash qobiliyatlari faollashadi va o‘quv materialini o‘zlashtirish samaradorligi oshadi;
real holatlarda namoyish qilinishi qiyin yoxud murakkab bo‘lgan jarayonlarni modellashtirish va ko‘rish imkoniyatini berishi bilan muhim ahamiyatga ega ;
o‘quv materiallarini o‘zlashtirilishi faqat darajasiga ko‘ra emas, balki o‘quvchilar erishgan mantiqan qabul qilishlarining darajasiga ko‘ra ham samarali hisoblanadi;
masofadan turib ta’lim olishni faqat o‘zlashtiruvchi o‘quvchilar yoki internet ta’limi uchun tashkil etilmaydi, balki sababsiz dars qol- dirgan o‘quvchilar uchun ham tashkil etish imkoniyatini beradi;
o‘quvchilarga mustaqil izlanish yo‘li bilan materiallarni izlash, to- pish hamda muammoli masalalarga javob berish orqali ma’lum tadqiqot ishlarini bajarish uchun imkoniyat yaratadi;
o‘quvchilarning yangi mavzuni o‘zlashtirishi, misollar echishi, insho, bayon yozish ishlarida, o‘quv materiallari bilan mustaqil tanishish, tanlash va axborot hamda ma’lumotlarni tahlil etish kabi masalalarni tez bajarish uchun sharoit yaratadi.
Ma’lumki ta’lim mazmunini takomillashtirishning bosh xususi- yatlaridan biri kompyuter bilan muloqot jarayonida uning doimiy muro- jaat qilinadigan «qo‘llab-quvvatlovchi axborot»ini ko‘paytirish, kompyu- ter axborot muhiti va hozirgi zamon talablariga javob bera oladigan darajadagi axborot bazasining yaratilganligi, gipermatn va multimedia, o‘qitishda immitatsiya, kommunikatsiya tizimlari qabul qilingan.
|
| |