|
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi pq-404-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”
|
Sana | 21.02.2024 | Hajmi | 15,24 Kb. | | #160339 |
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi PQ-404-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi
“2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404 sonli qarori hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2024-yil 19-yanvardagi 12-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida, buyuraman:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi “2024-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-404-sonli qarori hamda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining 2024-yil 19-yanvardagi 12-sonli buyrug‘i ijro uchun qabul qilinsin.
“Samarqand viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi” davlat muassasasi bosh muhandisi (A.Abdullayev), Texnik kuzatish va bajarilgan ishlarni qabul qilish bo‘limi boshlig‘i (R.Isakov) bosh pudratchi korxonalar rahbarlariga dasturning maqsadli ko‘rsatkichlari va manzilli ro‘yxatlarda belgilangan muddatlarda sifatli va to‘liq amalga oshirilishini, shuningdek, ajratilgan mablag‘arini maqsadli hamda samarali sarflanishini ta‘minlashga shaxsiy javobgarlik yuklatilsin.
“Samarqand viloyati avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi” davlat muassasasi bosh muhandisi (A.Abdullaev), Texnik kuzatish va bajarilgan ishlami qabul qilish bo‘limi boshlig‘i (R.Isakov), Moliya iqtisod bo‘limi boshlig‘i (Sh.Maxmudov), Ishlab chiqarish-texnik bo‘limi boshlig‘i (F.Eshmamatov) va Loyiha ta’minoti bo‘limi boshlig‘i (S.G‘aybullayev):
Bosh boshqarma umumiy bo‘limi (Sh.Xo‘jakeldiyev) ushbu buyruqni bosh boshqarmaning barcha tizimdagi bosh pudratchi korxonalariga yetkazilishini ta’minlasin.
Mazkur buyruqning ijro nazorati Bosh boshqarma bosh muhandisi A.Abdullayev zimmasiga yuklatilsin.
Boshliq A.Urakov
|
| |