• 5-sinfdan
  • Kompyuter injiniringi: Kompyuter injiniringi, at-servis




    Download 53,31 Kb.
    bet1/7
    Sana29.01.2024
    Hajmi53,31 Kb.
    #148063
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    kompyuter injiniringi suhbat uchun


    5330501 - Kompyuter injiniringi: Kompyuter injiniringi, AT-servis
    (o‘zbek guruhlari uchun)

    1. Mamlakatda o‘z sohasiga oid amalga oshirilayotgan islohotlarning

    mohiyati va ahamiyatini tushunish

    1. Bir million dasturchi loyihasi haqida ma’lumotga egamisiz?

    2019-yilning 21-noyabr kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida Katta Majlislar Zalida “Bir Million O`zbek Dasturchilari” loyihasini ishga tushirish marosimi bo`lib o`tdi. Marosimda O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, Birlashgan Arab Amirliklari sun`iy intellect texnologiyalari vaziri Umar bin Sulton al-Olama, O`zbekiston Respublikasi Xalq Ta`lim Vaziri Sherzod Shermatov, O`zbekiston Respublikasi Tashqi savdo va investitsiyalar vaziri Sardor Umurzoqov, O`zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakilllari ishtirok etishdi. “Bir Million O`zbek Dasturchilari”-“One Million Uzbek Coders” loyihasi Birlashgan Arab Amirliklari Dubai Future Foundation fondi, Toshkent shahridagi Inha universiteti va IT-Park qoshidagi IT-akademiya ko`magida ushbu loyiha tashkil etilgan.
    Loyiha maqsadi, o`zbek tilidagi onlayn platforma kurslari orqali o`zbek yoshlariga axborot texnologiyalarini o`rgatish, yosh dasturchilar yetishtirishdir. Onlayn platformada 4 ta`limy o`nalishi bo`yicha kurslar tashkil etiladi, bular:

    • Android dasturlash;

    • Full_Stack Development;

    • Fronted Development;

    • Ma`lumotlar tahlili.

    Bu kurslarda o`qish 120 soatni tashkil etilishi rejalashtirilgan bo`lib, har bitta bosqich yakunida o`quvchilar uy ishlari va laboratoriya ishlarini bajarib, onlayn topshirishadi va bunda ularga maxsus sertifikatlar topshiriladi.
    Onlayn kurslar 2012-yilda Amerikaning Stenford Universiteti axborot texnologiyalari, dasturlashni keng rivojlantirish uchun tashkil etilgan. Udacity kompaniyasi o`quv kurslari asosida tashkil etiladi. Ya`ni u yerdagi kurslar o`zbek tiliga tarjima qilingan bo`ladi.
    Ushbu onlayn kurslarni muvaffaqiyatli tugatgan o`quvchilar Udacity platformasidagi boshqa 100dan ortiq Nanodegree dasturlarida ta`limni davom ettira olishadi. Buning uchun kurslarni tamomlaganlaridan si`ng, yakuniy bitiruv imtihonlarini muvaffaqiyatli topshirishlari va iloji boricha yuqori ball to`plagan 150ta bitiruvchiga grantlar beriladi. Nanodegree dasturlarini tugatgandan so`ng, Udacity diplom topshiradi. Nanodegree diplomlari Amerikaning Autodesk, Salesforce, Google, AT&T va dunyoning boshqa yirik gigant kompaniyalari tomonidan tan olinadi va bitiruvchilar bilimlariga qarab ishga olinishlari mumkin.
    Bu louiha 1-bor BAAda “One Million Arab Coders” nomi ostida ishga tushirilgan edi. O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2019-yil mart oyida BAAga rasmiy tashrifi doirasida O`zbekiston Respublikasi va BAA bilan bir qancha sohalarda hamkorlik qilishga kelishib olingan edi. Shundan hamkorlik va kelishuvlaridan biri “One Million Arab Coders” loyihasini O`zbekistonda ham yo`lga qo`yish bo`yicha edi. Shu kelishuvlar asosida ushbu ta`lim platformasi ishga tushirildi.
    Shunga o`xshash loyiha bundan avval dunyoning ba`zi davlatlari, jumladan, Belarus Respublikasida ham yo`lga qo`yilgan edi.
    Loyiha rasmiy sayti: uzbecoders.uz


    1. Bir million dasturchi loyihasi nechta dasturlash tilini o‘z ichiga oladi?

    Bir million o`zbek dasturchilari - O`zbekistonda bir million mahalliy dasturchini tayyorlash bo`yicha loyiha bo`lib, loyihada 4 ta yo`nalish bo`yicha bepul onlayn kurslar tashkil etilgan. Onlayn kurslar BAA hukumati, O`zbekiston Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti va IT-Park qoshidagi IT-akademiya ko`magida tashkil etilgan. Barcha hohlovchilar unda Full-Stack Development, Android dasturlash, Frontend Development va Ma`lumotlar tahlilchisi yo`nalishlari bo`yicha ta`lim olishlari mumkin. Dasturommaviy ochiq onlayn kurslarni o`tkazadigan ta`lim platformasi hisoblanadi va o`zbek tilida amalga oshiriladi. Onlayn kurslar 2012-yilda Stanford universiteti informatika dasturining kengayishi natijasida tashkil etilgan “Udacity” ta`lim platforamasi ko`magida tashkillantirilmoqda.


    1. Bir million dasturchi loyihasida ro‘yhatdan o‘tish qanday amalga oshiriladi?

    Ro`yhatga o`tish louiha rasmiy sayti: uzbecoders.uz saytida amalga oshiriladi

    1. Bir million dasturchi loyihasi yoshlarga qanday imkoniyatlarni taqdim etadi?

    “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridi uchun kreditlar ajratiladi. Ularning foiz xarajatlari to'liq byudjetdan qoplab beriladi. Yaqinda “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida bitiruvchilar salmog'i bo'yicha yuqori natijalarni ko'rsatgan Karmana tumanidagi 2-maktab hamda Qo'ng'irot tumanidagi 39-maktabga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg'asi — “Spark” avtomobili topshirildi.

    1. Yurtimizda tashkil etilayotgan raqamli texnologiyalar markazi haqida bilasizmi?

    O‘zbekiston hududlarida raqamli texnologiyalar bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazi ochiladi. Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 8-iyun, dushanba kuni axborot texnologiyalari va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish borasidagi islohotlar ijrosi bo‘yicha o‘tkazilgan taqdimotda ma’lum qilindi.
    Taqdimotda IT infratuzilmasini yaxshilash, aholi, ayniqsa, yoshlarning bu boradagi savodxonligini oshirish davr talabi ekanligi ta’kidlandi.Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga barcha hududlarda raqamli texnologiyalar bo‘yicha kamida 100 ta o‘quv markazi ochish vazifasi qo‘yildi. Bu dargohlarda dasturlash asoslari, elektron savdo va grafikli dizayn kabi yo‘nalishlar bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etiladi.Mavzuga doir: O‘zbekiston maktablarida 5-sinfdan boshlab o‘qitilayotgan “Informatika” fani takomillashtiriladi
    Mazkur taqdimotda “Bir million dasturchi” loyihasining dastlabki bosqichida 62 mingdan ziyod o‘quvchi qamrab olinib, ularning 5400 nafariga malaka sertifikati berilgani ma’lum qilindi. 2020-yil yakuniga qadar 100 ming nafar va 2021-yilning birinchi yarmida yana 150 ming nafar o‘quvchini o‘qitish, talabalarning dasturiy ta’minot bo‘yicha malakasini oshirish vazifasi belgilandi.
    Eslatib o‘tamiz, davlat rahbari tashabbusi bilan 2020-yil — Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilingandi. Prezident Oliy Majlisga shu yil yanvardagi murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilangan edi. Shu asosda, O‘zbekiston maktablarida 7-sinfdan boshlab dasturlash asoslarini o‘qitishni yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.


    1. Mamlakatimizda Axborot texnologiyalariga oid qanday o‘quv yurtlarini bilasiz? Misol keltiring.

    2020 yilda 14 ta tayanch AyTi-maktablar ochilgan bo‘lsa, 2021 o‘quv yilidan yana 86 maktablar o‘z faoliyatini boshladi. Ularda axborot texnologiyalarini chuqurlashtirib o‘qitish uchun barcha zaruriy sharoitlar, moddiy-texnik baza bilan ta’minlandi.
    Ushbu maktablarga Davlat test markazi bilan hamkorlikda o‘quvchilar 5-sinfdan imtihonlar asosida saralab olindi. Bugungi kunda ularda 4 mingdan ortiq o‘quvchilar tahsil olmoqda.
    2023 yilda esa, ularning soni 205 taga yetkazilib30 mingdan ziyod o‘quvchilar raqamli texnologiyalarga chuqurlashgan holda o‘qitiladi.
    Shuningdek, 205 ta raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari orqali tinglovchilar kompyuter savodxonligi, dasturlash asoslari, robototexnika, veb va mobil ilovalar yaratish, raqamli tadbirkorlik asoslari va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha o‘qitilmoqda.
    Bundan tashqari, respublikaning 14 ta hududida “AyTi” texnikumlar faoliyati yo‘lga qo‘yilib, ularda dasturiy injiniring, kompyuter injiniring, axborot xavfsizligi, telekommunikatsiya texnologiyalari kabi yo‘nalishlar bo‘yicha 8 ming nafarga yaqin o‘quvchilar o‘qitilmoqda.
    Mazkur texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilari o‘z sohasiga mos bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kirish imtihonlarisiz yakka tartibdagi suhbat orqali oliy ta’lim muassasalarida 2-kursdan o‘qishini davom ettirish huquqiga ega bo‘lishadi.
    Bundan tashqari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning 6 ta hududiy (Nukus, Urganch, Qarshi, Samarqand, Farg‘ona, Nurafshon) filiallarida malakali oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlab kelinmoqda.
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 15 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 33 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
    Shuningdek, filiallarda 5 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 3 ta magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
    Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallarida bugungi kunda 1 000 nafarga yaqqin professor-o‘qituvchilar faoliyat yuritib, ularda jami 21 mingdan ortiq talabalar tahsil olmoqda.
    Raqamli texnologiyalarning rivojlanish tendensiyasidan kelib chiqib, joriy o‘quv yilda ushbu universitetda sun’iy intellekt, mexatronika va robototexnika, kiberxavfsizlik injiniringi kabi jami 10 dan ortiq yangi yo‘nalishlar tashkil qilindi.
    Shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari qoshidagi 6 ta akademik litseylarning “Aniq fan-1(texnika)” va “Aniq fan-2 (iqtisod)” yo‘nalishlarida 3 minga yaqin o‘quvchilar tahsil olmoqda.
    Shu bilan bir qatorda, “AyTi” soha uchun xorijiy oliy ta’lim muassasalari tomonidan ham kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yilgan.
    Toshkent shahridagi Inxa universitetida 2 ta (Kompyuter va dasturiy injiniring, Logistika) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 1 ta (Raqamli transformatsiya) magistratura mutaxassisligida jami 1709 nafar talaba taxsil olmoqda. Shu bilan birga ushbu talabalarga 36 nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim bermoqda.
    Toshkent shahridagi Amiti universitetida 5 ta (Iqtisodiyot, Turizm boshqaruvi, Biznes boshqaruvi, Axborot texnologiyalari, Kompyuter fanlari va injiniringi) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi hamda 1 ta (Axborot texnologiyalari) magistratura mutaxassisligida jami 1000 nafar yaqin talaba taxsil olmoqda. Shu bilan birga ushbu talabalarga 23 nafar professor-o‘qituvchilar ta’lim bermoqda.

    1. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning filiallari haqida nimalarni bilasiz?



    Download 53,31 Kb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 53,31 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Kompyuter injiniringi: Kompyuter injiniringi, at-servis

    Download 53,31 Kb.