|
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
|
bet | 2/7 | Sana | 29.01.2024 | Hajmi | 53,31 Kb. | | #148063 |
Bog'liq kompyuter injiniringi suhbat uchunToshkent axborot texnologiyalari universiteti (qisqartmasi TATU; 2002-yilgacha Toshkent elektrotexnika aloqa instituti) — Toshkentdagi oliy oʻquv yurti boʻlib, informatika va axborot texnologiyasi, pochta xizmati, radioeshittirish va televideniye, telekommunikatsiyalar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlaydi. Toshkent elektrotexnika aloqa instituti nomi bilan 1955-yilda tashkil etilgan. Toʻliq 2004-yildan hozirgi davrga qadar Toshkent axborot texnologiyalari universiteti nomi bilan ataladi. Universitetda va filiallarida 11,000 dan ortiq talabalar taʼlim oladilar. Universitet tashkil qilingandan beri 30 mingdan ortiq yuqori malakali mutaxassis tayyorlandi. Universitetda 9 yoʻnalish boʻyicha bakalavrlar va besh mutaxassislik boʻyicha magistrlar tayyorlanadi.
TATU filiallari
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Fargʻona filiali
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Qarshi filiali
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Samarqand filiali
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Urganch filiali
Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Nukus filiali
Mamlakatimizda Axborot texnologiyalariga oid qanday tashkilot va muassasalarni bilasiz?
Mamlakatimizda axborotlashtirish va raqamlashtirish sohasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda.
Global pandemiya boshlanishi bilan raqamli texnologiyalarning roli sezilarli darajada o‘sdi, bu esa raqamli transformatsiyaning, ayniqsa, rivojlanayotgan mamlakatlar, jumladan, O‘zbekiston uchun muhimligini ko‘rsatdi.Haqiqatan ham, raqamli transformatsiya jamiyatni yanada modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish salohiyatiga ega. Shu nuqtai nazardan, amalga oshirilayotgan islohotlar, shuningdek, Yangi O‘zbekistonning kelgusi besh yilga mo‘ljallangan Taraqqiyot strategiyasi doirasida barcha asosiy sohalarni raqamlashtirish hamda mamlakatda haqiqiy axborot jamiyatini barpo etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.O‘zbekiston 2000-yillarning boshlaridanoq axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ni rivojlantirish va raqamlashtirishga ustuvor ahamiyat bera boshladi. Jumladan, “2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish kompleks dasturi”, “2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” hamda “Raqamli O‘zbekiston – 2030” va “2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi”da milliy iqtisodiyot, sanoat va umuman jamiyatda raqamli transformatsiyani amalga oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar ko‘zda tutilgan.
Elektron hukumat deganda nimani tushunasiz?
|
| |