Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filiali Oziq ovqat texnilogiyasi yo’nalishi 15-22guruh




Download 78.82 Kb.
Pdf ko'rish
Sana29.03.2024
Hajmi78.82 Kb.
#180926
Bog'liq
Ismatova Nozima
Mustaqil ish 2 (1), Kitob 9953 uzsmart.uz, DAVOMAT DAFTARI - 8-A, File0008, File0011, File0007, Doc1, Reference-389201100006 (1), 1 Tursunova G ., 1-AMALIY KT, 5-MUSTAQIL ISHI PP, Mustaqil ta‘lim, 11-mavzu Abu Rayhon Beruniy, 1 Ma\'lumotlar bazasi haqida qisqacha tavsif 2 Ma\'lumotlar baza, Konstruksion materiallar texnologiyasi. Mirboboyev V.A


Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filiali 
Oziq ovqat texnilogiyasi yo’nalishi 15-22guruh 
talabasi Ismatova Nozimaning Analitik, fizik va 
kolloid kimyo fanidan mustaqil ishi. 
Mavzu; Dispers sistemalar. 
Erish jarayoni fizik-kimyoviy jarayon, eritmalar esa fizikkimyoviy
sistemalardir. 
Dispers sistemalar. „Dispers“ so‘zi lotincha bo‘lib,tarqalmoq ma’nosini
bildiradi. Bir modda zarrachalarining ikkinchi modda zarrachalari
orasida bir tekis tarqalishi dispers sistema deyiladi. 
Dispers sistema eritma kabi ikki qismdan iborat. Eritmada ko‘p qismi
erituvchi va kam qismi eruvchi, dispers sistemalarda esa ko‘p qismi
dispers muhit, kam tarqalgan qismi dispers faza deb yuritiladi.
(Masalan, tuproq zarrachalarining suvda tarqalib, loyqa suv hosil
qilishi. Bunda suv— dispers muhit, tuproq zarrachalari— dispers faza
hisoblanadi.) Dispers faza zarrachalarining katta-kichikligiga qarab
dispers sistemalar uch xil bo‘ladi. 
1. Chin dispers sistema — bunda faza zarrachalarining kattaligi 1
nanometrdan kichik bo‘ladi (1 nm — 10-7sm = 10-9mm).Chin dispers
sistema dispers fazani tashkil qiluvchi moddalarning xususiyatiga
qarab ikkiga bo‘linadi: Agar faza elektrolitmas moddalar (mochevina,
qand, glukoza, spirt va boshqalar) dan iborat bo‘lsa, molekulardispers
sistema deyiladi. Agar faza elektrolit moddalar (tuzlar, asoslar,
kislotalar va boshqalar) dan iborat bo‘lsa, ionli-dispers sistema deb 
ataladi. Chin dispers sistema tiniq, filtrlanadigan, pergament qog‘ozdan
o‘tadigan, gomogen, optik jihatdan bo‘sh, barqaror va eskirmaydigan
xossalarga ega. 
2. Kolloid dispers sistemada dispers faza zarrachalarining o‘lchami 1
nm dan 100 nm gacha bo‘ladi (masalan, gummiarabik, jelatina, oltin,
kumush va boshqa moddalar eritmalari). Kolloid dispers sistemalar— 
tiniq (tovlanadigan), filtr qog‘ozdan o‘tadigan, o‘simlik va hayvon
membranalaridan va pergament qog’ozdan o’tmaydigan, geterogen
yorug’lik o’tganda Tindal konusini hosil qiladigan, nisbatan barqaror va 
vaqt o’tishi bilan o’zgaradi. 
3. Dag‘al dispers sistema — bunda dispers faza zarrachalarining
o‘lchami 100 nm dan katta bo‘ladi.


Dag’al dispers sistemalarga emulsiya, ko‘pik, suspenziya, kukun va
aerozollar kiradi. Bu sistema tiniqmas, filtrlanganda qog‘oz filtrdan va
pergamentdan o‘tmaydigan, beqaror, geterogen, yorug‘likni qaytarish
va sindirish hamda o‘zgartirish xususiyatlariga ega. 
O‘simliklarning turli a’zolaridagi to‘qima suyuqliklari kolloid dispers
sistemadan iborat. Ular o‘simlikda suv almashinish va oziqlanish
jarayonlarida ishtirok etadi. 
Agar kolloid eritmalarning dispersion muhiti suv bo‘lsa —gidrozol,
benzol bo‘lsa — benzozol, spirt bo‘lsa — alkozollar va hokazolar deb
yuritiladi. Ayrim sharoitlarda kolloid dispers sistemalar suyuq
holatdan qattiq holatga o‘tib, Gellar hosil qiladi. Bu holatda zol
o‘rniga ularni gel deb ataladi. Masalan, gidrogel, benzogel,
alkogellar va hokazo. 
Shu bilan birga, kolloid dispers sistemada faza zarrachalari bilan
muhit molekulalari orasida ma’lum bog‘lanish va ta’sir kuchi
bo‘ladi. Agar faza zarrachalari atrofida muhit molekulalari kam
miqdorda bog‘langan bo‘lsa, bunday sistemalar liofob kolloidlar deb
ataladi. Lio — so‘zi grekcha bo‘lib, eritma ma’nosini bildiradi. Misol
qilib, oltin, kumush xlorid, temir va boshqa metall zollarining
suvdagi kolloid eritmalarini keltirish mumkin. 
Faza zarrachalari atrofida muhit molekulalari ko‘p to‘plansa, bunday
sistema liofil sistema deb ataladi. Fil — grekcha philia so‘zidan
olingan bo‘lib, yaxshi ko‘rish ma’nosini bildiradi. Masalan, kraxmal,
oqsil, o‘rik yelimi va boshqalarning suvdagi eritmalari. 
Kolloid eritmalar (zollar) zarracha o‘lchamlari bo‘yicha dag‘al
dispers va molekular sistemalar oralig‘ida joylashganligi sababli
ularni ikki xil usul bilan, ya’ni dispergirlash va kondensatsiya
usullari bilan olish mumkin. 



Download 78.82 Kb.




Download 78.82 Kb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Toshkent kimyo texnologiya instituti Shahrisabz filiali Oziq ovqat texnilogiyasi yo’nalishi 15-22guruh

Download 78.82 Kb.
Pdf ko'rish