• Kadastr
  • Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni




    Download 136,96 Kb.
    bet11/23
    Sana25.05.2024
    Hajmi136,96 Kb.
    #253366
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23
    Bog'liq
    Hudular davlat kadastri yakuniy javoblari

    10-variant



    1. Hayvonot dunyosi davlat kadastrining yuritishning asosiy prinsiplari ?

    Hayvonot dunyosining davlat kadastri yovvoyi hayvonlar soni, ularning geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsiflari, ulardan foydalanish hamda ulari iqtisodiy baholash to’g’risidagi uzluksiz yangilanadigan axborot tizimi. Tabiiy erkin holda yashovchi yovvoyi hayvonlar: sut emizuvchilar, parrandalar, sudralib yurivchi hayvonlar, ham suvda, ham quruqlikda yashovchi hayvonlar, baliqlar, umrtqasizlar hayvonot dunyosining davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi. Davlat kadastrini yurituvchi organlar, ov qilish va baliq ovlash xo’jaligini yurituvchi, xayvonlarni tabiiy muhitdan ajratib olib hamda ajratib olmasdan ilmiy, madaniy-ma‘rifiy, o’quv va tayyorlash maqsadlarida hayvonot dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaxslar hayvonot dunyosi davlat kadastrining sub‘ektlari hisoblanadi. Quyidagilar kadastrni yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: respublikaning butun hududida hayvonlarning barcha turlari yoki kichik turlarining imkoni boricha ko’p sonini qamrab olish; axborotni to’plash, qayta ishlash texnologiyasi va taqdim etish metodikasining yagonaligi; Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini ta‘minlash; kadastr axborotini to’ldirish va yangilashning ishonchliligi va uzluksizligi; davlat kadastrini yuritishni markazlashtirilgan tartibda boshqarish. Hayvonot dunyosining davlat kadastri ob‘ektlarni: ro’yxatdan o’tkazishni, ular sonini hisobga olish va foydalanish sifatini, iqtisodiy baholashni, kadastr axborotini tizimlashtirishni, saqlashni, yangilashni va uni manfaatdor foydalanuvchilarga tegishli shakllarda va hajmlarda belgilangan tartibda tezkor berishni o’z ichiga oladi. Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari kadastr axborotidan bepul foydalanadilar, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan miqdorlarda haq to’lab foydalanadilar. Kadastrni yuritish davlat byudjeti mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi. Hayvonot dunyosini davlat tomonidan hisobga olishni va davlat kadastrini yurituvchi barcha tashkilotlar mablaq bilan ta‘minlanishi kerak.
    O’zbekiston Respublikasining hayvonot dunyosini davlat kadastrida yovvoyi hayvonlarning har bir turi (kichik turi) bo’yicha ma‘lumotlar mavjud bo’ladi. Yovvoyi hayvonlar turlari quyidagi guruhlarga birlashtiriladi: a) Qizil kitobga kiritilgan hayvonlarning kamyob va yo’qolib ketayotgan turlari; b) muhofaza qilinadigan tabiiy hududlardagi hayvonlar turlari; v) ovlanadigan hayvonlar turlari; g) baliqlar; d) qishloq xo’jaligi zararkunandalari bo’lgan hayvonlar; e) o’rmon xo’jaligi zararkunandalari bo’lgan hayvonlar; j) odam va hayvonlarning alohida xavfli yuqumli kasalliklarini tarqatuvchi hayvonlar; z) hayvonlarning boshqa turlari. Turlar (kichik turlar)ning har bir guruhida quyidagi ma‘lumotlar mavjud bo’lishi kerak: tur (kichik tur)ning maqomi; tarqalishi (hududlar bo’yicha taqsimlanishi); soni; biologiyasi va tur (kichik tur)ning ommaviylashuvi; foydalanilishi; iqtisodiy baholanishi. O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi tomonidan tasdiqlangan Nizomga muvofiq yuritiladigan "O’zbekiston Respublikasi hayvonlarining genetik fondi kitobi" kadastrni tuzish uchun axborot manbai hisoblanadi. Hayvonot dunyosining davlat kadastri kadastr axborotini uzluksiz yangilashni ta‘minlovchi asosiy (birlamchi) va joriy turlarni o’z ichiga oladi. Hayvonot dunyosining davlat kadastri asosiy (birlamchi) turini yuritishda ob‘ektlar birlamchi ro’yxatdan o’tkaziladi (xatlanadi). Joriy turda asosiy tur o’tkazilgandan keyin yuz bergan barcha o’zgartirishlar qayd etiladi va kadastrga kiritiladi. Ro’yxatdan o’tkazish, hisobga olish va baholash axboroti hayvonot dunyosi to’g’risidagi jami kadastr axborotini tashkil etadi. Ushbu axborot harf-raqamli (matnlar, jadvallar) va chiziqli (haritalar, sxemalar) shakllarida, an‘anaviy va avtomatlashtirilgan variantlarda taqdim etiladi.
    Hayvonot dunyosining davlat kadastrini Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi yuritadi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akadamiyasi hayvonot dunyosining davlat kadastrini yuritish bo’yicha maslahat organi hisoblanadi.

    1. O’simlik dunyosi ob‘ektlari davlat kadastrini yuritishdan maqsad?

    O’simlik dunyosi ob‘ektlarining davlat kadastri yovvoyi o’simliklar turlari tarkibi, soni, geografik tarqalishi, miqdoriy va sifat tavsifi, ulardan fodalanish, iqtisodiy baholash, ular o’sadigan muhitning tavsifi to’g’risidagi uzluksiz yangilanib turadigan axborot tizimi.
    Kadastr foydalaniladigan, mintaqadagi ekologik muhitga ta‘sir ko’rsatadigan yoki kamyob va turi yo’qolib ketish xavfi bo’lgan yovvoyi holda o’suvchi ildizli o’simliklar va qo’ziqorinlarning hamma turlarini hisobga oladi. Bu kadastrni yurituvchilar, o’simlik dunyosidan foydalanuvchi yuridik shaxslar: qishloq xo’jaligida band bo’lgan yerlarda qishloq xo’jaligi korxonalari, muassasalar va tashkilotlar; davlat o’rmon fondi yerlarida o’rmon xo’jaligi korxonalari; zahira yerlarda korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, joylardagi davlat hokimiyatining vakolatli organlari o’simliklarning kamyob va yo’qolib borayotgan, dorivor oziqbop va manzarali turlari bo’yicha respublikaning butun hududida O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi o’simlik dunyosi ob‘ektlarining davlat kadastri sub‘ektlari hisoblanadilar. Kadastr davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni kadastr axboroti bilan ta‘minlashga mo’ljallanilgan. Quyidagilar o’simlik dunyosi ob‘ektlarining davlat kadastrini asosiy prinsiplari hisoblanadi: respublikaning butun hududida o’simlik dunyosining barcha ob‘ektlarini davlat kadastri bilan qamrab olish; axborotni to’plash, qayta ishlash texnologiyasi va taqdim etish usulining yagonaligi; davlat kadastrini yuritishni markazlashtirilgan tartibda boshqarish; Davlat kadastrlari yagona tizimi talablarini ta‘minlash; kadastr axborotini to’ldirish va yangilashning ishonchiligi va uzluksizligi. Kadastr ob‘ektlarining har bir guruhida quyidagi ma‘lumotlar mavjud bo’lishi kerak: ob‘ektlar guruhlarining maqomi; o’simliklar dunyosi (yaylovlarning turlari); keng tarqalishi (hududiy taqsimlanishi); mahsuldorligi; iqtisodiy baholanishi; foydalanilishi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan ishlab chiqilgan "O’zbekiston oliy o’simliklarining ta‘rifnomasi", shuningdek dalani tekshirish ma‘lumotlari o’simlik dunyosi ob‘ektlarining davlat kadastrini tuzish uchun axborot manbai hisoblanadi. O’simlik dunyosi ob‘ektlarining davlat kadastri kadastri axboroti uzluksiz yangilashini ta‘minlovchi axborotning asosiy va joriy turlarni o’z ichiga oladi. Asosiy (birlamchi) turini yuritishda ob‘ektlar birlamchi ro’yxatdan o’tkaziladi (xatlanadi). Joriy turda asosiy tur o’tkazilgandan keyin yuz bergan barcha keyingi o’zgartirishlar qayd etiladi va kadastrga kiritiladi. Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi 2001 yildan boshlab har yili o’simlik dunyosi ob‘ektlarining zarur axborotni hisobot yilidan keyingi yilning 1 aprelgacha Davlat kadastrlarining yagona tizimiga taqdim etadi. Kadastr ma‘lumotlarini Davlat kadastrlarining yagona tizimiga taqdim etish shakli Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi tomonidan tasdiqlanadi va "Davyergeodezkadastr" qo’mitasi bilan kelishiladi.

    1. Kadastr so‘zining ma‘nosi va maqsadi vazifalari?

    «Kadastr» lotincha sо‘z bо‘lib, «soliqqa tortiladigan ashyolar rо‘yxati» ma’nosini anglatadi. Dastlab kadastr yer solig‘i manbaiga doir kitob (reyestr) sifatida tushunilgan, keyinchalik u davlatning hisobga olish-baholash tadbirlari tizimini ifodalaydigan bо‘ldi. Har bir mamlakatda kadastr rivoji о‘z sharoitlari va an’analariga asoslanadi, shuning uchun jahonda aynan bir xil kadastr tizimini topish mumkin emas. Shunisi qiziqki, mamlakatimiz hududida о‘tgan asrda shariatda qabul qilingan «temir daftar» termini ham kadastr tushunchasiga tо‘g‘ri keladi. Davlat yer kadastrini yuritishga tegishli barcha munosabatlar 1998 yil 28 avgustda qabul qilingan О‘zbekiston Respublikasining yer kodeksi, «Davlat yer kadastri tо‘g‘risida»gi qonuni va boshqa bir qator qonun osti hujjatlari bilan tartibga solinadi.

    1. Aloqa ob’ektlari davlat kadastri;

    Aloqa ob‘ektlari davlat kadastri ob‘ektlarni, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to’g’risidagi yangilab boriladigan ishonchli ma‘lumotlar tizimidir.
    Quyidagilar Aloqa ob‘ektlari davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi: xalqaro, shaharlararo, viloyat va tuman ahamiyatiga ega bo’lgan telefon-telegraf stansiyalari, shu jumladan turg’un aloqa asbob-uskunalari va magistral liniyalari; aloqaning tarmoq uzellari; shahar aloqa telefon uzellari, shu jumladan stansiyalari va chiziqli inshootlari; tuman telekommunikatsiya uzellari, shu jumladan stansiya asbob-uskunalari, hududiy va qishloq chiziqli inshootlari; aloqa radiorele chiziqlari stansiya va inshootlari; yo’ldoshli aloqa stansiyalari; qabul qilish-uzatish radiostansiyalari; ko’chma ob‘ektlarga ega bo’lgan quruqlikdagi radioaloqa stansiyalari (shaxsan radiochaqiruv, radial tizimlar, uyali telefonlar); radiotelevizion stansiyalar va rentranslyatorlar; simli eshittirish stansiyalari va tarmoqlari; pochta va maxsus aloqa ob‘ektlari. O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Kadastr davlat hokimiyati va boshqaruv organlarini, O’zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni aloqa ob‘ektlari to’g’risidagi ishonchli kadastr ma‘lumotlari bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan. Quyidagilar Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasi hududidagi barcha aloqa ob‘ektlarini qamrab olish; makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qo’llanish; barcha ob‘ektlar bo’yicha kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining ochiqligi. Aloqa ob‘ektlari davlat kadastrini yuritish bu ob‘ektlarni ro’yxatdan o’tkazishni ta‘minlaydi, yer kadastri hamda bino va inshootlar davlat kadastrlari ma‘lumotlaridan majburiy foydalanishni nazarda tutadi.



    Download 136,96 Kb.
    1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   23




    Download 136,96 Kb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni

    Download 136,96 Kb.