Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni




Download 136,96 Kb.
bet20/23
Sana25.05.2024
Hajmi136,96 Kb.
#253366
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Hudular davlat kadastri yakuniy javoblari

18-variant



  1. Madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri kim tomonidan yuritiladi?

Madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastri madaniy meros ob‘ektlarining davlat muhofazasini hamda ulardan oqilona foydalanishni ta‘minlash maqsadida yuritiladi. Ushbu kadastr madaniy meros ob‘ektlarining geografik joylashishi, huquqiy maqomi, miqdoriy, sifat tavsiflari va bahosi to’g’risidagi yangilab turiladigan ma‘lumotlar va hujjatlar tizimini ifodalaydi.
Quyidagilar Davlat kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi:
respublikaning butun hududida madaniy merosning barcha ob‘ektlarini kadastr bilan qamrab olish; kadastr axborotini shakllantirishning yagona metodologiyasi; kadastr yuritishni markazlashtirilgan tarzda boshqarish; kadastrlar yagona tizimi talablarini ta‘minlash; kadastr axborotining ishonchliligi hamda uni to’ldirish va yangilab borishning uzluksizligi; kadastr axborotidan foydalanish mumkinligi. Davlat kadastrini yuritish madaniy meros ob‘ektlariga mulkchilik huquqini va boshqa huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni, madaniy meros ob‘ektlarini miqdoriy va sifat tavsiflarini hisobga olishni, madaniy meros ob‘ektlarini sifat va qiymat jihatidan baholashni, kadastr axborotini turkumlashtirish, saqlash va yangilashni, madaniy meros ob‘ektlarining holati to’g’risidagi hisobotlarni tuzishni, Davlat kadastrlari yagona tizimiga kiritish uchun tegishli axborotni taqdim etishni, foydalanuvchilarni kadastr axboroti bilan ta‘minlashni o’z ichiga oladi. O’zini tarixiy, ilmiy, badiiy yoki o’zga madaniy qimmatiga ega bo’lgan yodgorliklar, ansambllar va diqqatga sazovor joylar Davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi.
Ushbu kadastrni O’zbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligining Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati, shuningdek Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish mintaqaviy davlat inspeksiyalari tomonidan yuritiladi. Madaniy meros ob‘ektlarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish bo’yicha ilmiy-ishlab chiqarish bosh boshqarmasining kadastr xizmati: madaniy meros ob‘ektlari davlat kadastrining yuritilishini muvofiqlashtiradi; normativ-metodik hujjatlarni ishlab chiqadi; kadastr yuritilishini nazorat qiladi; mintaqaviy inspeksiyalar kadastr hisobotlarini turkumlashtiradi; kadastr xizmatlarini moddiy-texnik ta‘minlaydi; madaniy meros ob‘ektlarining davlat kadastri avtomatlashtirilgan axborot tizimini ishlab chiqadi; manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan kadastr materiallaridan foydalanish tartibi va shartlarini belgilaydi; Davlat kadastrlari yagona tizimiga zarur kadastr axborotini beradi. Mintaqaviy inspeksiyalar: madaniy meros ob‘ektlari, mulkchilik ob‘ektlari va sub‘ektlari, madaniy meros ob‘ektlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ular ijarasi, ulardan maqsadli foydalanish to’g’risidagi ma‘lumotlar hisobini hamda ulardan foydalanish rejimini yuritadi; madaniy meros ob‘ektlari to’g’risidagi miqdor va sifat axborotini to’playdi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bo’yicha madaniy meros ob‘ektlari ro’yxatini tuzadi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniy meros ob‘ektlari bo’yicha kadastr daftarini yuritadi; Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri madaniy meros ob‘ektlarining joylashishi sxemasini tuzadi. Davlat kadastrini yuritish ishlari davlat byudjeti hisobiga mablag’ bilan ta‘minlanadi va unda respublika hududidagi barcha madaniy meros ob‘ektlari to’g’risidagi ma‘lumotlar yig’iladi.



  1. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritishdan maqsad?

Davlat shaharsozlik kadastri - ushbu kadastr ob‘ektlari, ularning geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to’g’risidagi yangilab boriladigan ishonchli ma‘lumotlar tizimidir.
Davlat shaharsozlik kadastri Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va shaharlar, aholi punktlari hamda qishloqlar orasidagi hududlarni rivojlantirishni, ular to’g’risidagi shaharsozlik hujjatlari talablariga rioya qilish asosida hayotiy faoliyatning qulay muhitini, muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilmalari faoliyatini muvofiqlashtirishni axborotlar bilan ta‘minlash maqsadida yuritiladi. Shaharsozlik faoliyati amalga oshiriladigan aholi punktlari, qishloqlar va ular orasidagi qismlari Davlat shaharsozlik kadastrining ob‘ektlari hisoblanadi. Shaharsozlik faoliyati deyilganda davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslarnishahar va aholi punktlarini rivojlantirishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish faoliyati, yer uchaskalaridan foydalanish turlarini belgilash, fuqarolar, jamoatchilik va davlat manfaatlarini, shuningdek hududlar va aholi punktlarining milliy, tarixiy-madaniy, ekologik, tabiiy xususiyatlarini hisobga olgan moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, binolar, inshootlar va boshqa ob‘ektlarni loyihalash, qurish va rekonstruksiya qilish tushuniladi. O’zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo’mitasi (keyingi o’rinlarda "Davarxitektqurilish" qo’mitasi deb yuritiladi) Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Davlat shaharsozlik kadastri davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni kadastr ob‘ektlari to’g’risidagi ishonchli ma‘lumotlar bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan.
Quyidagilar Davlat shaharsozlik kadastrini yuritishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasining butun hududini to’liq qamrab olish;
makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qo’llash; kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanish qulayligi. Hududlardan foydalanilish, foydalanish shartlari, shaharsozlik qoidalari va hududda amal qiladigan shaharsozlik reglamentlari to’g’risidagi ishonchli ma‘lumotlar Davlat shaharsozlik kadastrining asosini tashkil qiladi. Shaharsozlik reglamenti deyilganda aholi punktlari va hududlarni qurish qoidalari bilan belgilangan shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda yer uchaskalaridan hamda aholi punktlari va qishloqlar orasidagi hududlarning ko’chmas mulki boshqa ob‘ektlaridan foydalanish parametrlari va turlari yig’indisi tushuniladi. Davlat shaharsozlik kadastri material va ma‘lumotlari quyidagilardan iborat bo’ladi: topografiya-geodeziya va kartografiya materiallari; hududlarning ekologik, muhandislik-geologik, seysmik, gidrogeologik holati to’g’risidagi ma‘lumotlar; muhandislik, transport va ijtimoiy infratuzilma ob‘ektlari, shuningdek hududlarning obodonlashtirilganligi to’g’risidagi ma‘lumotlar; hududlarni, aholi punktlarini rivojlantirishni va ularni qurishni shaharsozlik jihatidan rejalashtirish to’g’risidagi ma‘lumotlar; hududlarni zondlash va hududiy zonalarning shaharsozlik reglamentlari to’g’risidagi ma‘lumotlar; uy-joy fondining texnik holati to’g’risidagi ma‘lumotlar; shaharsozlik faoliyati ob‘ektlari monitoringi ma‘lumotlari. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish hududiy arxitektura va qurilish hamda mahalliy davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan kadastr ob‘ektlari to’g’risidagi ma‘lumotlarni majburiy ravishda tekin berishni nazarda tutadi.
Kadastr hujjatlari Davlat shaharsozlik kadastri ob‘ektlari to’g’risidagi huquqiy, iqtisodiy, texnik va rejalashtirish ma‘lumotlarining boshlang’ich manbai sifatida qabul qilinadi va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirishda barcha davlat boshqaruvi organlari, boshqa yuridik va jismoniy shaxslar uchun majburiy kuchga ega bo’ladi.
Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish qog’oz vayoki elektron manbalarda amalga oshirilib kadastr ob‘ektlari to’g’risidagi tizimlashtirilgan axborotlar belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi. Ushbu kadastrni yuritish ishlarini moliyalashtirish davlat byudjeti hisobiga amalga oshiriladi. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish "Davarxitektqurilish" qo’mitasining quyidagi tarkibiy bo’linmalari tomonidan amalga oshiriladi: "Davarxitektqurilish" qo’mitasining vakolatli tashkiloti; hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli idoralari. Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish ishlariga umumiy rahbarlik va metodik ta‘minlash "Davarxitektqurilish" qo’mitasi tomonidan amalga oshiriladi. "Davarxitektqurilish" qo’mitasining vakolatli tashkiloti: Davlat shaharsozlik kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni va uning faoliyatini ta‘minlaydi; ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, uni hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli bo’linmalariga berishni amalga oshiradi, ma‘lumotlar bazasining to’g’ri to’ldirilishini nazorat qiladi; hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalarining vakolatli bo’linmalari xodimlarini Davlat shaharsozlik kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o’qitishni tashkil qiladi; hududiy arxitektura va qurilish bosh boshqarmalari tomonidan taqdim etilgan kadastr axborotlarini tizimlashtirishni va kadastrining avtomatlashtirilgan axborot tizimiga kiritishni amalga oshiradi; Kadastrni yangi ob‘ektlari to’g’risidagi hisobga olish va baholash axborotlarini nazorat qiladi; kadastr axborotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berishni amalga oshiradi; Kadastr ob‘ektlarining holati va ulardan foydalanish to’g’risidagi hisobotni Davlat kadastrlari yagona tizimiga har yili belgilangan tartibda taqdim etadi.



  1. Qaysi tashkilot davlat shaharsozlik kadastrini yuritish boyicha vakolatli organ hisoblanadi?

O’zbekiston Respublikasi Arxitektura va qurilish qo’mitasi (keyingi o’rinlarda "Davarxitektqurilish" qo’mitasi deb yuritiladi) Davlat shaharsozlik kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi

  1. Chiqindilarni ko‘mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri;

Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastri - bu chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylarini, geografik holati, huquqiy maqomi, miqdor va sifat tavsiflari hamda iqtisodiy bahosi to’g’risidagi yangilab boriladigan ishonchli axborotlar tizimidir.
Ushbu kadastr Davlat kadastrlari yagona tizimining tarkibiy qismi hisoblanadi va O’zbekiston Respublikasining butun hududida chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari to’g’risidagi axborotlarni to’plash, ishlash, saqlash va tahlil qilishni ta‘minlash maqsadida yuritiladi.
Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylarining barcha turlarini ro’yxatga olishni, ob‘ektlarning miqdor va sifat tavsiflarini, iqtisodiy bahosini, shuningdek kadastr axborotlarini to’plash, tahlil qilish, ishlash, tizimlashtirish, saqlash, yangilash va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda manfaatdor foydalanuvchilarga berishni o’z ichiga oladi. Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish uchun maxsus ajratilgan va uskunalangan joylar: sanoat yoki maishiy chiqindilar poligonlari, xavfli chiqindilarni ko’mish joylari, chiqindixonalar, kul-shlak tashlash joylari, foydalanib bo’lingandan keyin ko’mib tashlanadigan shlam to’plash joylari ushbu davlat kadastri ob‘ektlari hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish bo’yicha vakolatli organ hisoblanadi. Bu kadastr davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarini, manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslarni Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari to’g’risidagi ishonchli kadastr axborotlari bilan ta‘minlash uchun mo’ljallangan. Quyidagilar Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yurtitishning asosiy prinsiplari hisoblanadi: O’zbekiston Respublikasi butun hududidagi chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylarini to’liq qamrab olish; makon koordinatlari yagona tizimini va yagona topografik asosni qo’llanishi; barcha ob‘ektlar bo’yicha kadastr axborotlarini shakllantirish metodologiyasining yagonaligi; kadastr axborotlarining ishonchliligi, ko’rgazmaliligi va hujjatliligi; kadastr axborotlarining qonun hujjatlarida belgilangan tartibda foydalanishga qulayligi; Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylarini xatlovdan o’tkazish, hisobga olish, baholash yo’li bilan ta‘minlanadi va Davlat yer kadastri hamda Binolar va inshootlar davlat kadastri axborotlaridan majburiy ravishda foydalanishni nazarda tutadi. Kadastr ob‘ektlariga taalluqli bo’lgan yer uchastkalari, binolar va inshootlarga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazish vakolatli organlar tomonidan, ko’chmas mulkka huquqlarni ro’yxatdan o’tkazish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Davlat yer kadastridan Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastriga beriladigan yer uchastkalari to’g’risidagi yer-kadastr axborotida maqsadli foydalanilishi bo’yicha yerlarning tuzilmasi, yer uchastkalariga huquqlarning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi (shu jumladan yerlardan foydalanishda belgilangan servitutlardagi mavjud cheklashlar va zo’riqishlar to’g’risidagi ma‘lumotlar), yerlarning miqdori va sifati to’g’risidagi ma‘lumotlar mavjud bo’lishi kerak. Binolar va inshootlar davlat kadastridan Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastriga beriladigan ushbu kadastr ob‘ektlariga taalluqli binolar va inshootlar to’g’risidagi kadastr axborotlarida ulardan maqsadli foydalanilishi, huquqlarning davlat ro’yxatidan o’tkazilganligi, asosiy miqdor va sifat tavsiflari to’g’risidagi ma‘lumotlar mavjud bo’lishi kerak, kadastrni yuritish qog’oz va yoki elektron manbalarda amalga oshiriladi. Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari to’g’risidagi tizimlashtirilgan kadastr axborotlari belgilangan tartibda Davlat kadastrlari yagona tizimiga beriladi. Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritish Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining quyidagi tarkibiy bo’linmalari: respublika darajasida - Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining yer-suv resurslari bosh boshqarmasi; hududiy darajada - Qoraqalpog’iston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar tabiatni muhofaza qilish qo’mitalari tomonidan amalga oshiriladi. Chiqindilarni ko’mish va utilizatsiya qilish joylari davlat kadastrini yuritishni metodik ta‘minlash Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi Yer-suv resurslari bosh boshqarmasi tomonidan amalga oshiriladi. Kadastrning avtomatlashtirilgan axborot tizimini joriy etishni va uning faoliyatini ta‘minlaydi; ma‘lumotlar bazasi tuzilmasini ishlab chiqadi, ularni Davlat tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining tarkibiy bo’linmalariga berishni amalga oshiradi, ma‘lumotlar bazasining to’g’ri to’ldirilishini nazorat qiladi; kadastr xodimlarini kadastrni avtomatlashtirilgan axborot tizimi bilan ishlashga o’qitishni tashkil qiladi; kadastr axborotlarini tizimlashtiradi va ularni kadastrning avtomatlashtirilgan axborotlar tizimiga kiritadi; kadastr yangi ob‘ektlari to’g’risidagi hisobga olish va baholash axborotlarini to’plashni nazorat qiladi; kadastr axborotlarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga tezkorlik bilan berilishini amalga oshiradi; kadastr ob‘ektlariholati va ulardan foydalanish to’g’risidagi hisobotni Davlat kadastrlari yagona tizimiga har yili belgilangan tartibda taqdim etadi.

Download 136,96 Kb.
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Download 136,96 Kb.

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Variant Yer kadastrining mazmuni: Davlat kadastri tushunchasi va uning mazmuni

Download 136,96 Kb.